3- mavzu: Kimyo va oziq ovqat sanoati korxonasining asosiy kapital va ishlab chiqarish quvvati reja
Download 62.72 Kb.
|
3-мавзу маъруза
3.3.-chizma. Asosiy fondlarning eskirish turlari
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, yani jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizasiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik harajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi. Amortizasiya ajratmalari quyidagi formula asosida aniqlanuvchi amortizasiya normalari (Na) asosida amalga oishiriladi:
Bu yerda: P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati. Yillik amortizasiya ajratmalari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi: Bu yerda: Rk – asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta’mirlashga sarflangan harajatlar; M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizasiya qilishga sarflangan harajatlar; O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidasion) qiymati; T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil. Amalda amortizasiya mablag’lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovasiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizasiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. Bundan kelib chiqqan holda amortizasiya normasi ikki qismdan - fondlarni renovasiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizasiya qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag’dan iborat bo‘ladi. Birinchi holda amortizasiya normasi quyidagi formula: ikkinchi holda esa: asosida aniqlanadi Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. O‘z vaqtida ta’mirlash asosiy fondlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag’larga ko‘ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi. Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to‘liq qismlarga bo‘linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko‘ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi. Download 62.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling