Psixologik tadqiqotda ob’ekt aktiv bo`lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo`lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub’ekti bo`ladi. Empirik psixologik metodlarni tasnifida shu narsani hisobga olish kerak. Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma’noda o`lcham jarayoniga qarama - qarshidir. O‘lchashda tadqiqot natijalarini ob’ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma’naviy o`lchamlarida qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |