Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o`lchamli kenglikda joylashtirish qulay, qaysi o`qlari psixologik tadqiqotning 2-ta spetsifik belgilarini bildiradi. Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni borligi yoki yo`qligi yoki bu munosabatlarning intensivligi. U klinik eksperimentda eng katta va o`zini-o`zi ko`zatishda eng kamhisoblanadi. Ikkinchisi protseduralarning ob’ektlashuvi va sub’ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamni xulq-atvorini uning xatti – harakatini «sezish», empatiya, birga tugashi, shaxsiy interpretatsiyasini «toza» tushunish nazarda tutiladi. Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual ma’nolari, interpretatsiya priyomlari va boshqalar. Tadqiqotchi o`lchamda ishlatadigan ashyolari tashqi bo`ladigan, boshqacha ham atash mumkin. Birnchisi koordinata o`qini tashkil qilib «ikkita sub’ekt – bir sub’ekt» yoki «tashqi» dialog – «ichki» dialog. Ikkinchisi «tashqi» ashyolar – «ichki» ashyolar, yoki «o`lchash interpretatsiyasi» o`qini keltirib chiqaradi. Bu o`qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa bo`ladi. Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo`lgan o`vzaro munosabat, uning xulq - atvorining ob’ektiv registratsiyasi bilan moslashadigan metoddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |