3 – Мавзу Янги ва энг янги давр фалсафаси


Tasavvuf va uning tariqatlari


Download 0.62 Mb.
bet3/3
Sana13.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1455596
1   2   3
Bog'liq
MIRKOMIL MUSTAQIL ISH

Tasavvuf va uning tariqatlari. Tasavvuf falsafiy oqim va diniy-ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko‘pgina ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian tarkidunyochiligi, neoplatonizm kabilarning ta’siri ostida) paydo bo‘ldi.
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir (1166 yilda vafot etgan). U Turkistonning Sayram muzofotida tug‘ilgan, mashhur mutasavvif Yusuf Hamadoniyning (1140 yilda vafot etgan) ta’lim-tarbiyasi bilan voyaga yetgan, orif maqomiga erishgan.
Falsafa, tabiatshunoslik va tibbiyot tarixini Forobiy, Beruniy va Ibn Sinosiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Markaziy Osiyoda ilk o‘rta asrlar davrida keng tarqalgan tasavvuf ta’limotidagi komil inson maqomi, nafsni tiyish, bag‘rikenglik, diniy donishmandlik, Muso al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniy tadqiqotlarida ilgari surilgan tabiiy-ilmiy g‘oyalar, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, fandagi yangi yo‘nalishlar birinchi galda musulmon Sharqi, qolaversa, butun jahon tabiiy-ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh ta’sir o‘tkazib keldi.
Muhammad al-Xorazmiy (783-850) va Ahmad al-Farg‘oniy (taxm. 797-865) butun musulmon Sharqi va jahonda tabiiy va aniq fanlar rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk allomalardir.
Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq xalqlari, arab madaniyati va islom falsafasi rivojiga ta’siri nihoyatda katta bo‘lgan.
XIV asrning oxiri-XV asrning boshlarida Amir Temur amalga oshirgan harbiy yurishlar natijasida o‘lka mustaqilligi qo‘lga kiritildi. Temur va temuriylar davrida uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo‘ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‘bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir.
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling