3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi


Download 14.47 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi14.47 Kb.
#1792168
Bog'liq
312-qaror haydovchilik guvohnomasi


3-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi
19. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursining xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan davlat va nodavlat ta’lim tashkilotiga subsidiya ajratiladi.
O‘qish xarajatlarining qolgan qismi ariza beruvchi tomonidan ta’lim tashkilotiga to‘lab beriladi.
20. Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursida o‘qish istagida bo‘lgan ariza beruvchi o‘qitish kurslari xarajatlari uchun subsidiya ajratishni so‘rab Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.
Shartnomada ta’lim tashkilotining nomi, STIR, o‘qitiladigan toifa nomi, o‘quv kursining bir oylik to‘lovi miqdori va umumiy muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va haqqoniyligi uchun ariza beruvchi javobgar hisoblanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng Vasiylik kengashi uch ish kuni ichida murojaatni unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi besh ish kuni ichida murojaatni ko‘rib chiqadi va o‘qish xarajatlarini qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish to‘g‘risidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslanishi talab etiladi.
Agar mahalladagi yoshlar yetakchisi murojaatni unga tushgan paytdan boshlab besh ish kuni ichida ko‘rib chiqmasa yoki o‘qish xarajatlarini qoplashni asossiz rad etish haqida xabarnoma bersa, ariza beruvchining murojaati ushbu paragraf talablariga muvofiq bo‘lganda Vasiylik kengashi uning murojaatini qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.
21. Murojaatni o‘rganish natijalari bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan o‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni ichida o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘lar ariza beruvchining o‘qiganligini tasdiqlovchi hisob-faktura va dalolatnomaga asosan ta’lim tashkilotining hisob raqamiga o‘tkazib boriladi.
22. Mahalladagi yoshlar yetakchisi ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini har oyda kamida bir marta monitoring qilib boradi.
O‘rganish jarayonida ariza beruvchi o‘quv kursida o‘qimayotganligi aniqlangan taqdirda, yoshlar yetakchisining taqdimnomasiga asosan o‘quv kursi xarajatlarini qoplash to‘xtatiladi va to‘langan summa belgilangan tartibda undiriladi.
Download 14.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling