3. 3-ma’ruza. Logistik tizim tushunchasi, turlari va uning konsepsiyasi va logistik tizim faolyatini baxolash


Download 130.76 Kb.
bet1/6
Sana26.10.2023
Hajmi130.76 Kb.
#1724467
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3.3-mavzu


3.3-ma’ruza. Logistik tizim tushunchasi, turlari va uning konsepsiyasi va logistik tizim faolyatini baxolash.

Hayotda, kundalik turmushda «tizim» iborasi tez-tez ishlatiladi. Masalan, bozor tizimi, kadrlar tizimi, boshqaruv tizimi, iqtisodiy tizim, kibernetik tizim chiziqli tenglamalar tizimi, tengsizliklar tizimi va h.k. Logistik tizim tushunchasi umumiy tizim tushunchasining xususiy holidir. Shu sababli tizim tushunchasi mazmun-mohiyatini anglab olish uchun dastlab uning ta’rifini beramiz.


Tizim deb ma’lum bir maqsadga erishish uchun bir birlari bilan aloqada, bog’liqlikda bo’lgan, ma’lum darajada yaxlitlikni yoki tashkiliy birlikni hosil qiluvchi elementlar to’plamiga aytiladi. Element qaralayotgan tizim doirasida boshqa bo’laklarga bo’linmaydigan eng kichik obyekt hisoblanadi. Elementning asosiy xususiyati uning bir butunligidir. Maqsad deganda tizim uchun belgilangan vazifalar kompleksi tushuniladi. Maqsadning mavjudligi tizim elementlarining o’zaro munosabatda bo’lishligining kafolati hisoblanadi. Tizimning har bir elementi boshqa elementlar bilan o’zaro bog’liq bo’lganligi uchun mazkur tizimga tegishli bo’ladi. Bir tizim elementlaridan o’zaro bog’liq bo’lmagan ikki yoki undan ortiq to’plamni hosil qilish mumkin emas. Tizimdan biror bir element yoki elementlar to’plami chiqishi shubhasiz. Tizim xususiyatining o’zgarishiga, pirovard natijada esa tizim maqsadining o’zgarishiga olib keladi.
Shu sababli turli tizimlarni tadqiq qilish va loyihalash avvalo ularning funksiyalarini o’rganish va tarkibiy qismlarini aniqlab olishdan boshlanadi.
Tizim funksiyasi deganda ushbu tizim maqsadida belgilangan natijalarga erishishning yo’li, algoritmi yoki qoidasi tushiniladi.
Tizim strukturasi (tarkibi) tizim funksiyasining amalga oshishini ta’minlovchi elementlar to’plami va ular o’rtasidagi aloqalarning tashkillashtirilishini o’z ichiga oladi. Tashkillashtirish yuqori darajadagi murakkab tushuncha hisoblanadi.
Tashkillashtirish shunday modelki, uning asosida ma’lum bir tizim loyihalanadi, ishlab chiqiladi va yaratiladi. Tizim tushunchasi ham uni tashkil qilish nuqtai nazaridan yuqori darajadagi murakkab tushuncha hisoblanadi. Uning tashkil etilishida juda ko’p obyektiv va subyektiv omillar hisobga olinadi. Bu omillarga tizimning maqsadi, maqsadni amalga oshirish uchun bajariladigan funksiyalar, tizim tarkibiy qism (element)larining tizim funksiyalari bilan o’zaro birligi, tarkibiy qismlarning aloqadorligi, tizim tashkil etishning tamoyillari va mezonlari kabilar kiradi.
Tizimning xususiyatlari. Har qanday elementlar to’plami ham tizim bo’lavermaydi. Elementlar to’plami tizim bo’la olishi uchun ularda quyidagi to’rt xususiyat mavjud bo’lishi lozim.

  1. Yaxlitlik va qismlarga bo’linishlik, ya’ni tizim o’zaro bog’liq bo’lgan elementlarning yaxlit to’plami. Elementlar mazkur qaralayotgan tizim ichida elementdir, ushbu tizimdan tashqarida esa ularning o’zlari tizim tashkil etish imkoniyatiga va xususiyatiga egadir.

  2. Bog’liqlik (aloqadorlik). Tizim elementlari o’rtasida yetarli darajadagi bog’liqlikning mavjudligi. Ushbu xususiyat mazkur tizim sifat darajasini umumlashgan holda aniqlaydi. Aloqadorlik moddiy ashyolar yoki axborotlar almashuvi tarzida ro’y berishi mumkin. Elementlarning tizim ichidagi bog’liqligi, tashqi muhit bilan bo’ladigan aloqalarga nisbatan ancha kuchlidir.

  3. Tashkiliylik. Elementlarda ularni bir tizimga umumlashtirish uchun asos bo’ladigan omillarning mavjudligi. Elementlar o’rtasida izchil tartiblangan aloqalarni o’rnatish, ya’ni tizimning tarkibi va strukturasini aniqlashning mumkinligi.

  1. Umumiylik (yig’indi-integrativ). Ya’ni, faqatgina tizimning o’zigagina taalluqli bo’lgan, ammo alohida olingan elementlarning birortasiga ham xos bo’lmagan sifatning mavjudligi.

Ushbu xususiyatlar bilan tavsiflanuvchi elementlar to’plami, ya’ni tizimlarga juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Misol tariqasida oddiy sharikli ruchkani olib qaraylik. U tizim bo’lishning yuqorida bayon qilingan to’rt xususiyatiga javob beradimi? Ha beradi:

    • birinchidan ruchka alohida elementlar: korpus, qapqoq, sterjen, prujina va h.k.lardan tashkil topadi va ruchka sifatida yaxlit predmet hisoblanadi;

    • ikkinchidan ruchkaning alohida-alohida qismlari bir-biri bilan bog’langan, bog’lanmagan taqdirda qismlarga tarqalib ketardi;

    • uchinchidan tashkiliylik ya’ni aloqalar ma’lum darajada tartiblangan, tartib buzilsa ularni yaxlit ruchka holiga keltirib bo’lmaydi;

    • to’rtinchidan ruchka umumiy yig’indi sifatga ega, bu sifat uning yozish xususiyatidir.

Ana shunday fikr yuritish, tahlil qilish orqali avtomabil, talabalar guruhi, fermer xo’jaligi va atrofimizdagi boshqa obyektlarni ham tizim ekanligini izohlash mumkin.
Masalan: 1) avtomobil yuzlab qismlardan iborat, yaxlit harakatlanuvchi mexanizm; 2) yuzlab qismlar bir birlari bilan boltlar va vintlar vositasi orqali bog’langan; 3) bu bog’liqlik tartiblangan, masalan, kabinaning teppasiga balonlarni yoki rulni o’rnatib bo’lmaydi; 4) avtomobil umumiy xususiyatga ya’ni harakatlanish, yo’lovchilar va yukni manzilga yetkazish xususiyatiga ega. Bu xususiyatga uning alohida olingan biror bir qismi ham alohida qaralganda ega emas.
Demak, tizim deganda, tabiat yoki inson tomonidan yaratiladigan, ma’lum bir maqsadga yo’naltiriladigan, o’zaro aloqadorlikda bo’lgan elementlardan tashkil topgan, mustaqil yashay oladigan, tashqi muhit o’zgarishlariga moslasha oladigan obyekt tushuniladi. Tizim tashqi muhit o’zgaruvchanligiga moslashuvchan bo’lishi kerak. Tizim tashqi muhit o’zgarishlariga mos tarzda, doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib boradi.
Logistik tizim(LT) tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Logistik tizimlarni o’ziga xosligini boshqa tizimlardan farqini ko’rsatuvchi asosiy belgisi unda oqimlarning mavjudligidadir.
Logistik tizim deb, moddiy, moliyaviy, axborot va servis oqimlarni boshqarish jarayonida o’zaro munosabatda bo’lgan elementlar (bo’g’inlar) to’plamiga aytiladi. Logistik tizim tashkiliy jixatdan tugal, murakkab iqtisodiy tizim bo’lib, uning bo’g’inlari oldiga qo’yilgan vazifalar esa tizim maqsadiga yo’naltirilgan bo’ladi.
Logistik tizim tarkibiga ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik elementlar kiradi. Tizimlar nazariyasiga ko’ra logistik tizim, bu logistik funksiyalarni amalga oshiruvchi tashqi muhit o’zgarishlariga tez moslasha oladigan tizimdir. Logistik tizim bir nechta quyi tizimlardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan ham ma’lum bir aloqalarga ega bo’ladi.
Har qanday LT bir nechta elementlar, bo’g’inlar to’plamidan iborat bo’lib, ular o’rtasida ma’lum bir funksional aloqalar va munosabatlar o’rnatilgan bo’ladi.
Logistik tizim elementlariga transport korxonalari, ombor xo’jaliklari, ulgurji va chakana savdo korxonalari, yuklash, tushirish ishlarini bajaruvchi korxonalar kiradi. Logistik tizim elementlarini mikro va makro darajalarda alohida-alohida qarash va o’rganish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Elementlar o’rtasidagi aloqalar makro darajada shartnomalar ko’rinishida aks etsa, mikro darajada ichki ishlab chiqarish munosabatlari, (buyruq, qaror, topshiriq) ko’rinishida bo’ladi.
Logistik tizim bo’g’ini (LTV) deb, ma’lum bir funksional vazifani bajaruvchi shunday iqtisodiy-tashkiliy subyektga aytiladiki, u mazkur tizim doirasida o’ziga biriktirilgan logistik operasiyalar yoki funksiyalarga mos keluvchi o’zining lokal vazifasini bajaradi. LTBlariga misol sifatida xom ashyo, tovar moddiy boyliklar bilan ta’minlovchi korxonalar, ishlab chiqarish korxonalari va ularning sexlari, bo’limlari turli darajadagi savdo, konsalting va vositachilik tashkilotlari, transport va ekspeditorlik korxonalari, birjalar, banklar va boshqa moliyaviy muassasalar, aloqa va axborot-kompyuter xizmati korxonalarini kiritish mumkin.
Tizimlarning to’rt asosiy xossasi, logistik tizimlar uchun ham xos xossalar hisoblanadi:
1. Yaxlitlik va qismlarga bo’linishlik xususiyati. Makro darajada logistik tizimning elementlari sifatida turli-tuman iste’molchi va yetkazib beruvchi korxonalar hamda yetkazib berish zanjirini tashkil qiluvchi turli vositachilar qaralsa, mikro darajada elementlar sifatida quyidagi bo’g’inlar qaraladi:

  • xarid bo’g’ini (bo’limi), ushbu bo’g’in moddiy oqimning logistik tizimga kirishini ta’minlaydi;

  • ombor bo’g’ini, tovar-moddiy resurslarni vaqtincha saqlaydi;

  • transport bo’g’ini, tovar-moddiy resurslarning yetkazib berilishini ta’minlaydi;

  • ishlab chiqarish bo’g’ini, moddiy oqimni iste’mol qilib, tovar-tayyor mahsulot ishlab chiqaradi;

  • sotish bo’g’ini, moddiy oqimning logistik tizimdan chiqishini ta’minlaydi.

2. Logistik tizim elemenlari (bo’g’inlari) o’rtasida o’zaro bog’iliqlik mavjud. Makrologistik tizimlarda elemenlar o’rtasidagi bog’liqlik (aloqa)ning asosini shartnoma va kontraktlar portfeli tashkil qiladi. Mikrologistik tizimlarda bunday aloqalar ichki ishlab chiqarish munosabatlari (buyruqlar, topshiriqlar, qarorlar va nizom moddalari) shaklida bo’ladi. Shartnoma, buyruq, topshiriq, qarorlarning bajarilishi logistik tizim elementlari (bo’g’inlari) o’rtasida moddiy, axborot, moliyaviy va servis oqimlarning ro’y berishini ta’minlaydi. Bunda moddiy oqim quyidagi ko’rinishlarda ro’y beradi: moddiy resurslar iste’molchiga to’g’ridan-to’g’ri (vositachilarsiz) yetkazib beriladi; moddiy oqimni yetkazishda kamida bitta vositachi ishtirok etadi; moddiy oqim to’g’ridan-to’g’ri va vositachilar yordamida yetkazib beriladi.
3. Tashkiliylik xususiyati. Logistik tizim element (bo’g’in)lari texnik, texnologik va iqtisodiy-tashkiliy jihatdan ma’lum bir tartib yoki qoidaga muvofiq tashkillashtiriladi, ya’ni logistik tizim tashkilot (bo’lim) maqomiga ega.
4. Umumiylik (internativ) xususiyati. Logistik tizim, uning alohida olib qaralgan elementlaridan hyech birida mavjud bo’lmagan integrativ xususiyatga ega. Bu xususiyat kerakli moddiy resursni, ushbu resurs kerak bo’lgan joyga yetarli miqdorda, talab qilingan vaqtda, sifatini buzmagan holatda, eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish xususiyatidir.
Chet el iqtisodiy adabiyotlarida logistik tizim tushunchasi bilan bir qatorda logistik zanjir (LZ) va yetkazib berish zanjiri (YeZ) tushunchalari ham ishlatiladi.
LTBlarining moddiy (axborot, moliyaviy) oqimlar bo’yicha chiziqli tartiblangan to’plamiga LZ deyiladi. LZ logistik funksiyalarni tahlil qilish yoki bo’lmasa ularni loyihalash maqsadida ishlab chiqiladi. LZ ta’rifini bunday ifodalashdan asosiy maqsad shundan iboratki, ma’lum bir logistik funksiyalar guruhini ajratib olish, ular bo’yicha sarf xarajatlarni baholash, optimallash va pirovard natijada logistik menejment samaradorligini oshirishdan iborat.
Bir xil turda tovar ishlab chiqaruvchi korxona, bittadan iste’molchi va vositachi firmalardan tarkib topgan va faqat moddiy resurslar oqimi qaralayotgan oddiy LZ 2-rasmda tasvirlangan.
Aslida ushbu LZ ishlab chiqarish korxonasining tayyor mahsulotini taqsimlash (distribyusiya) tizimi hisoblanadi. Unda ishlab chiqaruvchi korxona, tashuvchi va xaridorlar LT ning o’zaro chiziqli bog’liq bo’g’inlarini tashkil qiladi. Tovarni xaridorga yetkazib berish jarayonida ushbu LZ doirasida buyurtmani qabul qilish va unga ishlov berish, tashish uchun yetarli miqdordagi tovarni hozirlash, qoplash, qadoqlash, yuklash, tashish, tushirish, tayyor mahsulotni xaridorga topshirish, tovar-transport xujjatlarini rasmiylashtirish, to’lovni amalga oshirish, tayyor mahsulotga egalik huquqini xaridorga o’tkazish kabi logistik operasiyalar bajariladi. Bu logistik operasiyalarni bajarish uchun LZ bo’g’inlari ishtirokini turli variant va kombinasiyalarda tashkil qilish mumkin. Masalan logistik operasiyani bajarish: a) faqat sotuvchi; faqat vositachi; faqat xaridor tomonidan; b) uchala bo’g’in ishtirokida, d) ikkita bo’g’inning turli kombinasiyalari ishtirokida tashkil qilinishi mumkin.
Logistik operasiya va funksiyalarni bajarish jarayonida ko’p variantli vaziyatning vujudga kelishi logistika menejmenti oldiga ma’qul variantni tanlash masalasini qo’yadi.


TM TM


Download 130.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling