3-4-ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari. Reja
Download 25.92 Kb.
|
3-4-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halqa topologiyasi
Chiziqli topologiya.
Eng oddiy chiziqli topologiyada tizim bog’lamalari bir o’lchamli massivni hosil qiladi va zanjirga ulanadi (3.4,a-rasm). Chiziqli topologiya quyidagi ko’rsatkichlar bilan tariflanadi: D=N-l; d=2; I=N-1; V= 1, bunda: D – tizimning xabar o’tadigan ikkita bir–biridan eng uzoq joylashgan bog’lamalari orasidagi minimal yo’l; d – berilgan bog’lamaning to’g’ridan–to’g’ri bog’langan tarmoqdagi bog’lamalari soni; I – tizimning hamma bog’lamalari orasidagi jami kanallar soni; N – tizimda bog’langan bog’lamalar soni; V – bir vaqtning o’zida to’qnashuvsiz, uzatilishi mumkin bo’lgan xabarlar sonining baholanishi. Zanjirning oxiridagi bog’lamalar bitta kommunikasiya chiziqlariga ega bo’lgani uchun, chiziqli topologiya to’liq simmetriklik xossasiga ega emas, ya’ni ularning tartibi 1 ga (d=1) teng. Xabarlarni jo’natish vaqti bog’lamalar orasidagi masofaga bog’liq, bog’lamalardan birining ishdan chiqishi xabarni jo’natish imkoniyatidan mahrum qiladi. Shuning uchun chiziqli topologiyalarda yaroqsiz holga kelganda o’zini tarmoqdan yakkalaydigan, ya’ni xabarga nosoz bog’lamani aylanib o’tish imkonini yaratib beradigan ishonchli bog’lamalardan foydalaniladi. Halqa topologiyasi. Standart halqa topologiya o’zaro bog’langan chiziqli zanjirdan tashkil topgan (3.4,b-rasm). Ikkita qo’shni bog’lamalar orasidagi kanallar soniga qarab, bir yo’nalishli va ikki yo’nalishli halqalar bo’ladi. Halqa topologiyasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan ta’riflanadi: Halqa topologiyasi chiziqli topologiyaga qaraganda mashhur emas, chunki tizimga biror – bir bog’lamani qo’shish yoki olib tashlash demontajni talab qiladi. Halqa tarmog’ining katta diametr muammosining yechimi - halqaning aniq bog’lamalarini ulovchi vatar ko’rinishidagi aloqa liniyalarini qo’shishdir. Bog’lamalar tartibini (d) oshirib borish, xabarlarni uzatish yo’lini yana ham qisqartirishga olib keladi. Bunday topologiyaga misol qilib, 3.4,b-rasmda ko’rsatilgan topologiyani keltirish mumkin. Bunda N-bog’lamali standart halqa topologiya bog’lamalar orasidagi ikki qadam oraliqda bog’lanish bilan to’ldirilgan. Download 25.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling