3-4-ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari. Reja


Download 25.92 Kb.
bet4/7
Sana21.10.2023
Hajmi25.92 Kb.
#1714402
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-4-ma\'ruza

Yulduzsimon topologiya.
Yulduzsimon tarmoq birinchi tartibli (d=1) bog’lamalarni maxsus markazlashtirilgan bog’lama - konsentrator yordamida birlashtiradi (3.4,v-rasm). Topologiya D=2; d=N; I=N- 1; V=1 ko’rsatkichlari bilan ta’riflanadi.
Bog’lamalarning yulduzsimon tashkil qilinishi va ulanishi ko’p prosessorli tizimlarda prosessorlarni bog’lash uchun kamdan-kam ishlatiladi, biroq axborot oqimi bitta birlamchi bog’lamaga birlashgan bir nechta ikkilamchi bog’lamadan kelayotganda, masalan terminallar qo’shilganda, yaxshi ishlaydi. Odatda, bir shinali topologiyalarda tutib turuvchi element sifatida shina bo’lganga o’xshab, tizimning umumiy o’tkazish xususiyati ham konsentratorning tezligi bilan chegaralanadi. Unumdorligi bo’yicha ham bu topologiyalar o’xshashdir. Yulduzsimon ulanishning asosiy afzalligidan biri oxiridagi bog’lamalarning juda sodda konstruktiv bajarilishidir.
Daraxtsimon topologiyalar.
Tizimlarning yana bir tuzilishiga daraxtsimon topologiyani misol qilib (1.7,g-rasm) keltirishimiz mumkin. Tizim qat’iy ravishda ikkilamchi daraxt deb ataluvchi sxema bo’yicha quriladi, bunda yuqori pog’onadagi har bir bog’lama o’zidan keyingi tartibda joylashgan quyi pog’onadagi ikkita bog’lama bilan bog’langan bo’ladi. Yuqori pog’onada joylashgan bog’lamani otalik, unga bog’langan quyi joylashgan bog’lamani bolalik, deb atash qabul qilingan. O’z navbatida, har bir bolalik bog’lama keyingi, nisbatan quyi pog’onadagi ikkita bog’lama uchun otalik sifatida bo’lib chiqadi. Ta’kidlab o’tish kerakki, har bir bog’lama faqat ikkita bolalik va bitta otalik bog’lama bilan bog’lanadi. Agar, max[logN] bo’lib aniqlanuvchi h ni daraxtning balandligi (daraxtsimon tarmoqdagi pog’onalar soni), deb hisoblasak, unda bu tarmoq D=2(h-1); d=3; I=N-1; V=1 ko’rsatkichlar bilan ta’riflanadi. 262 144 bog’lamadan tashkil topgan panjarali topologiya (oldinga o’tib ketdik) tuzilishidagi hisoblash tizimi 512 ta bog’lama bo’ladi, qat’iy qo’sh daraxt holatida esa faqat 36 ta bog’lama bo’ladi.

Download 25.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling