3-4-ma’ruza. Tarmoq arxitekturalari. Reja
Dinamik topologiyali tizimlarning ulash elementlari
Download 25.92 Kb.
|
3-4-ma\'ruza
Dinamik topologiyali tizimlarning ulash elementlari.
Topologiyaning bu turi ko’p bosqichli topologiya bo’lgani uchun, bunday tizimlarning ulash bosqichlarida qo’llaniladigan ulash elementlarining turini aniqlab olish kerak. Tizim bu alomatiga qarab ikki guruhga bo’linadi: kesishuvchi kommutasiya asosidagi tizimlar; tayanch kommutasiya elementlari asosidagi tizimlar. Birinchi guruhdagi tarmoqlarda tayanch ulash elementi sifatida nxm kommutatorlari qo’llaniladi. Ikkinchi guruhda ulash elementining vazifasini 2x2 to’liq kommutator bajaradi. Bunday kommutator potensial to’rt razryadlik ikkilik kodi bilan boshqariladi va ulanishning 16 ta variantini ta’minlaydi, shundan 12 tasini foydali deb hisoblash mumkin. Odatda, amalda 2x2 kommutatorning ikki razryadli boshqarish kodi bilan aniqlanadigan faqat to’rtta holatidan foydalaniladi (3.6,v-rasm). Bunday kommutator tayanch kommutasiyalash elementi (TKE) deb ataladi. TKEning birinchi ikkita holati asosiy bo’lib hisoblanadi: ularda kirish axboroti chiqishda to’g’ridan – to’g’ri yoki kesishgan bo’lib uzatiladi. Keyingi ikkita holati keng eshittirishli ish tartibi uchun mo’ljallangan, bunda xabar bitta bog’lamadan bir vaqtning o’zida unga ulangan qolgan hamma bog’lamalarga uzatiladi. Keng eshittirishli rejim kamdan – kam ishlatiladi. Aniq holatga TKEni o’chirib – yoqish uchun signallar boshqarish qurilmasi bilan shakllantiriladi. TKEning nisbatan murakkab variantlarida bu signallar kirish xabarlarining tarkibida bo’lgan belgilangan nuqtaning manzilidan kelib chiqib, elementni o’zining ichida shakllantiriladi. Download 25.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling