3-4-tajriba ishi bir bosqichli markazdan qochma va ko᾽p bosqichli markazdan qochma nasoslarning konstruktiv tuzilishlarini va ish prinsipini
Download 164.84 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-4-tajriba c8864efcc5a4feb75e22290b8fee6c91
3-4-TAJRIBA ISHI Bir bosqichli markazdan qochma va ko᾽p bosqichli markazdan qochma nasoslarning konstruktiv tuzilishlarini va ish prinsipini o’rganish Nasoslar karьer va shaxtalarda yig’ilib qolgan suvlarni yer satщiga chiqarish uchun xizmat qiladi. Konstruktiv tuxzilishi bo’yicha markazdan qochma nasoslar ikki gurux ya’ni bir bosqichli va ko’pbosqichli nasoslarga bo’linadi. Birbosqichli nasoslarning rotori (aylanadigan qismi) bir dona ishchi g’ildirak va o’qdan iborat. Bu tipdagi nasoslar suvso’rilish bo’yicha bir tomonlama «K» va ikki tomonlama «D» suv so’riluvchi nasoslarga bo’linadi. «K» tipidagi nasoslarning ko’rsatkichlari (unumdorligi-Q va zo’riqmasi – N) uncha yuqori bo’lmaganligi uchun ular asosan yordamchi suv chiqarish qurilmalarda qo’llaniladi. Ikki tomonlama suvso’riluvchi «D» tipdagi nasoslarning unumdorligi boshqa turdagi nasoslar unumdorligidan ko’proq. SHuning uchun bu nasoslar chuqur bo’lmagan konchilik korxonalarida asosiy yoki yordamchi suvchiqarish qurilmalarida qo’llaniladi. Konchilik korxonalarida eng ko’p qo’llaniladigan nasos bu TSNS (markazdan qochma, yig’ma) tipidpgi nasoslardir. Bu tipdagi nasoslar ko’pbosqichli nasos bo’lib, uning o’qida konchilik korxona sharoitiga qarab ketma-ket 2-10 tagacha ishchi g’ildiraklar o’rnatilishi mumkin. TSNS turidagi nasoslar uning ishchi g’ildiragining aylanish tezligi bo’yicha ikki guruxga bo’lingan. Birinchi guruxga sinxiron aylanish tezligi 1500 ayl/min bo’lgan elektryuritgichli nasoslar. Masalan: TSNS(K) 180-85...425, TSNS 300-120...600, TSNSG 850-240...960 va xokazolar. Ikkinchi guruxga esa sinxiron aylanish tezligi 3000 ayl/min bo’lgan elektryuritgichli nasoslar kiradi ularga, TSNS 105-98...490, TSNS 180-500...900, TSNS 300-700...1000 kabi nasoslar va boshqalar kiradi. Davlat standarti bo’yicha nasoslarning konstruktiv tuzilishi neytral (TSNS), kislotali yoki agressiv (TSNSK), va loyqalangan (TSNSG) suv bo’lgan konchilik korxonalarida ishlatish uchun mo’ljallangan. Ko’pbosqichli nasos rusumidagi bosh xarflar, ya’ni TSNS (markazdan qochma ko’pbosqichli), nasos nomini, undan keyingi birinchi son nasosning normal ish rejimidagi unumdorligini va keyingi ikki son esa uning minimal va maksimal zo’riqmasini ifodalaydi. Bosh xarflardan keyin qo’yiladigan xarflar «K»-kislotali, yoki «G»-loyqalangan suv bo’lgan konchilik korxonalarida ishlatishga moslashganligini belgilaydi. Ko’pbosqichli nasoslarda xar bir ishchi g’ildirak aloxida sektsiyaga olingan. Bu esa, nasosning ishlatish sharoitiga moslash uchun, uning o’qida 2-10 gacha ishchi g’ildiraklarni ketma-ket o’rnatish imkonini beradi. Ko’pbosqichli nasoslarning tuzilishi Ko’pbosqichli nasoslar qobig’, rotor (aylanadigan bo’lagi), mustaxkam-lovchi kronshteynlar va sektsiyalarni birlashtiruvchi shpilkalardan iborat. Rotor ko’pbosqichli nasoslarning asosiy qismi xisoblanadi va uning yordamiga nasos o’qiga qo’yilgan energiya suvga beriladi. Rotor nasos o’qi 2, ishchi g’ildiraklar 8, yuksizlash (razgruzochno’y) moslamasi 4, masofalovchi (distantsionno’y) vtulka 5, rotor gaykasi 3 va tayanch xalqasi 16 iborat. O’q yuqori sifatli po’latdan toblab-bolg’alash usuli bilan yasalib, keyin silliqlanadi. So’ng qizdirish usuli bilan qayta toblanadi. O’qda ishchi g’ildiraklarni mustaxkam o’rnatuvchi ponalar uchun chuqurchalar va podshipniklarni o’rnatish joyi bo’ladi. O’q elektryuritgich bilan mufta 20 yordamida ulanadi. Ishchi g’ildiraklar nasos o’qida pona, rotor gaykasi xamda tayanch xalqasi yordamida zichlanadi. O’q aylanganda unda o’rnatilgan ishchi g’ildiraklar xam aylanadi. Natijada mexanik energiya ishchi g’ildirak parraklari orqali suyuqlikka beriladi. Ishchi g’ildiraklar g’uyma xolda SCH21-40 cho’yandan quyiladi va ishlov beriladi. Rotorni yig’ish jarayonida rotor gaykasi to’liq tortilishi shart. Aks xolda yuksizlash gardishi va ishchi .ildirak suvso’rilish tomonga siljishi mumkin. Bu esa yuksizlash moslama, ishchi g’ildirak va xalqasimon zichlamani tez ishdan chiqaradi. Nasos qobig’i ko’pbosqichli nasosning qobiqi cho’yandan yasalgan yo’naltiruvchi apparat, uning qobig’i, suv so’rilish va suv xaydalish qopqoqlar, oldingi va orqa kronshteynlardan iborat. Sektsiyalar shpilkalar yordamida tortilgan. +obig’ni yig’ish jarayonida sektsiyalar oralig’iga diametri 6 yoki 10mm xalqasimon rezinali zichlama 12 quyiladi. Rotor tayanchi (kronshteyn) – rotorni ko’tarib turuvchi bo’lak. U cho’yandan yoki xromnikelli po’latdan quyilgan. Tayanch qopqoqlari nasosning tayanch joyi xisoblanadi. Tayanch qopqoqlari oralig’ida yig’uvchi shpilkalar yordamida bir necha sektsiya butun nasos xolida yig’iladi. Oldi tayanch qopqoqning ichki qismida nasos suvso’rilish qismiga xavo so’rilmasligini ta’minlovchi suvto’sqich (gidrozatvor) va salьnik o’rnatilgan. Orqa tayanch qopqog’i nasosning suvxaydash tomoni bilan birgalikda qo’yilgan va uning ichki qismida spiralsimon bo’shliq bor. Bu bo’shliq oxirgi ishchi g’ildirakning suv xaydash tomoni bilan birlashgan . Yo’naltiruvchi apparat uning vazifasi ishchi g’ildirakdan radial yo’nalishda chiqqan suv oqimini o’q yo’nalishida to’g’irlash va uni keyingi ishchi g’ildirakka yo’naltirish xamda dinamik zo’riqmani statik zo’riqmaga aylantirishdan iborat. Yo’naltiruvchi apparat qobig’ bilan birgalikda yoki ayrim xolda ishlanadi. Agar yo’naltiruvchi apparat aloxida ishlanadigan bo’lsa, u xolda nasosni yig’ishdan avval uni sektsiyalarga joylashtirish shart. Yo’naltiruvchi apparat ishchi materiali SCH21- 40 markali cho’yandan quyiladi va uning ichki qismida yo’naltiruvchi parraklar bo’ladi. Zichlama va suvto’sqich (gidrozatvor). Ko’pbosqichli nasoslarda suvni yon atrofga chiqib ketishini kamaytirish uchun ichki va tashqi zichlamalar qo’llaniladi. CHo’yandan ishlangan xalqasimon ichki zichlamalar 10, 11 ishchi g’ildirak bilan uning qoplama va yog’ga shimildirilgan paxta yoki asbest tolali tashqi zichlama (salьnik) esa rotor bilan qobig’ oraliqlarini zichlashda qo’llanilgan. Bundan tashqari ko’pbosqichli nasoslarda birinchi ishchi g’ildirakka xavo so’rilishini oldini olish uchun nasos o’qining qobig’idan chiqish joyida suvto’sqich (zatvor) o’rnatilgan. Nasos ishga tushirilganda bir qism suv birinchi ishchi g’ildirakning oldi tomonidagi qoplama, suvso’rilish qopqog’idagi teshikcha orqali o’tib suv to’sqich (gidrozatvor) dagi xalqasimon qilib yo’nilgan bo’shliqni to’ldiradi va nasosning suv so’rilish tomonida suv to’sqich salьnikdan biror sabab bilan o’tgan xavo yo’lini to’sadi. Natijada nasosga xavo so’rilmaydi. Yuksizlash (razgruzichno’y) moslama. Markazdan qochma nasos ishga tushirilganda uning ishchi g’ildiraklarining oldingi va orqa gardishlar bilan nasos qobig’idagi bo’shliqlar yuqori bosimli suv bilan to’ladi. Bu suvning ishchi g’ildiraklar yuzasiga bosimi natijasida bir-biriga qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar paydo bo’ladi. Agar ishchi g’ildirak tashqi diametrini «d 2 » va suv bosimini «R 2 » bilan belgilasak, u xolda oldi va orqa gardishlar yuzasiga ta’sir etuvchi kuchlar quyidagicha xisoblanadi: - oldi gardish yuzasidagi kuch 1 1 1 Download 164.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling