3. Abdurauf Fitrat Musiqa sanʼati va “O’zbek xalq musiqasi” Abadiyotlar ro’yxati


Download 118.83 Kb.
bet13/13
Sana26.11.2021
Hajmi118.83 Kb.
#177955
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ABDURAUF FITRAT O’zbek xalq musiqasi

Xotira[tahrir]


1991-yil 25-sentyabrda Abdurauf Fitratga o‘zbek dramaturgiyasini rivojlantirishdagi, realistik adabiy tanqidchilik hamda adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Mustaqillik ordeni berildi. Toshkent va Buxoroda Fitrat nomidagi ko‘chalar, maktablar ochildi. Buxoro shahrida Fitrat bog‘i va uy-muzeyi tashkil qilindi (1996). Buxoro shahrida Fitrat haykali o‘rnatildi. 1996-yilda Abdurauf Fitrat tavalludining 110-yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi, „O‘zbekiston pochtasi“ tomonidan Fitratga bag‘ishlangan pochta markalari chiqarildi.

Ulugʻ maʼrifatparvar bobomiz Abdurauf Fitrat oʻzining “Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi” nomli risolasi muqaddimasida “Oʻzbeklarni oʻrganish qoʻmitasi soʻnggi yillarda oʻzbek tiliga, adabiyotiga va tarixiga oid anchagina maʼlumot toʻplab, yaxshigʻina natijalar chiqarishgʻa muvaffaq boʻlsada, oʻzbek musiqamizgʻa tegishli jiddiy tatabbuʼotda boʻlina olmadi”, deydi. Buning asosiy sababi esa “bu sohada ishlay olaturgʻan, yaʼni asliy maʼnoda musiqa nazariyasini bilaturgʻan va Sharq musiqasining xususiyatlariga voqif musiqashunoslarning yoʻqligʻi” ekanligini afsus ila taʼkidlaydi. 1930 yildan unga siyosiy ayb qoʻyila boshlandi. 1937 yil 24 aprelda hibsga olindi va bir yarim yillik qiynoqlardan soʻng 1938 yil 4 oktyabrida otib oʻldirildi.

1909 yili «Munozara» (Hindistonda bir farangi ila Buxoroli mudarrisning bir necha masalalar ham usuli jadida xususida qilgan munozarasi") asari Istanbulda chop etildi. 1911 yili «Sayha» sheʼriy toʻplami, 1912 yili «Sayyoh hindi» («Bayonoti sayyohi hindi») bosilib chiqdi. «Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916), «Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlari nashr etildi.

Fitrat usuli jadid maktablari uchun yangi darsliklar ham yozdi. «Oʻqu» (1917, Boku) kitobi, Shokirjon Rahimiy va Qayum Ramazon bilan hammualliflikda yozilgan «Ona tili» (1918) darsligi, «Choʻzgʻilar» («Unlilar»), «Bitim yoʻllari» (1919), «Bedil» (1923, 1924) «Oʻzbek tili qoidalari», Sarf (1-kitob), Nahv (2-kitob) (1925), Sarfi zaboni tojik (1925), «Adabiyot qoidalari» (1926) kabi darslik-qoʻllanmalari shular jumlasidandir.

Fitrat darsliklaridan Oʻquv, 1917.

Fitrat oʻzbek dramaturgi sifatida «Oʻgʻizxon», «Temur sagʻanasi» «Chin sevish» (1920), «Hind ixtilolchilari» (1923) «Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), «Arslon» (1926) kabi asarlarini yaratdi.

Ayni paytda, uning oʻz ahamiyatini bugungi kungacha saqlab kelayotgan «Eng eski turkiy adabiyot namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1927), «Oʻzbek adabiyoti namunalari» (matn, tadqiqot, izohlar, 1929), «Sharq shaxmati» (1928), «Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi» (1927), «Fors shoiri Umar Hayyom» (1929) kabi koʻplab tadqiqotlari eʼlon qilindi.

Adabiyot nazariyasiga oid «Sheʼr va shoirliq» (1919), «Adabiyot qoidalari» (1926), «Sanʼatning manshaʼi» (1926), «Aruz haqida» (1936) asarlari bilan oʻzbek adabiy-estetik tafakkurini yangi bosqichga koʻtardi. Yusuf Xos Hojibdan Mashrabga qadar boʻlgan mumtoz adabiyot namoyandalari haqida chuqur nazariy maqolalar (30dan ortiq) yozdi.

Vatan va millat mustaqilligi, ilm-fan rivoji, taʼlim-tarbiya ravnaqi kabi masalalar Fitrat asarlarining leytmotivini belgilaydi.

Fitrat asarlari u hayotlik paytidayoq yuksak baho olgan, boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni qayta «tanitish» 80-yillarning ikkinchi yarmida boshlandi. OʻzMU professori B. Qosimov 1994 yili «Fitrat» monografiyasini eʼlon qildi. H. Boltaboev «20 asr oʻzbek adabiyotshunosligi va Fitratning ilmiy merosi» (T., 1996), I. Gʻaniev «Fitrat dramalari poetikasi» (T., 1998) mavzularida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Uning ijodiy merosi B. Ergashev, D. Toshqoʻziev kabi faylasuflar, huquqshunoslar tomonidan ham oʻrganilmoqda.

Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda koʻchalar, maktablar bor. Tugʻilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga koʻra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.

Adabiyot
CHin sevish. T., G’аfur G’ulom nomidаgi nаshriyot, 1997.

Fitrаt ijodi hаqidа:

Kаrimov N. Mаvlono Fitrаt. “Fidoiylаr” to’plаmi. T., “Fаn”, 1990.

SHаrаfiddinov O. Аbdurаuf Fitrаt. “Yoshlik”, 1990, 5-son.

Qosimov B. Fitrаt. “SHаrq yulduzi”, 1992, 10-son.

G’аniev I. Fitrаt. E’tiqod. Ijod. T., Kаmаlаk, 1994.

G’аniev I. Fitrаtning trаgediya yarаtish mаhorаti. T., G’аfur G’ulom nomidаgi nаshriyot, 1994.

www.ziyonet.uz
Download 118.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling