Metall yuzasini rejalashga tayyorlash
1.Ishlov berilgan yuzani mis kuporosi eritmasi bilan bo’yash.
|
l.Yuza jilvir qog’oz yoki jilvir bilan tozalanadi. Zagotovkaning rejalashga yaroqliligini (bo’shliqlar, darzlar va hokazo nuqsonlar yo’qligini) aniqlash maqsadida u sinchiklab ko’zdan kechiriladi.
Mis kuporosi eritmasi cho’tka bilan yuzaga tekis qatlam qilib surilib, quritiladi. Bo’yalmay qolgan joylar yana tozalanadi va mis kuporosi eritmasi bilan qoplanadi.
|
2.Ishlov berilmagan yuzani bo’r eritma-
si bilan bo’yash.
|
2.Zagotovka kir, quyindi va boshqa ifloslikdardan metall cho’tka yoki kurakcha bilan tozalanadi va yuza latta bilan artiladi. Zagotovkaning rejalashga yaroqliligini aniqlash maqsadida sinchiklab qarab chiqiladi. Rejalanadigan yuzaga bo’rning suvli eritmasi cho’tka bilan yupqa tekis qatlam qilib surtilib, quritiladi.
|
O’zaro perpendikulyar chiziqlar chizish
|
1.CHizg’ich va tsirkul yordamida perpendi-kulyar chiziqlar chizish.
|
1.Tayyorlangan yuzada istalgan a b chizig’i chiziladi. CHiziq o’rtasida 1-nuqta belgilanadi va kernlanadi. 1-nuqtadan ikki tomonga tsirkul bilan bir xil o’lchamda 2 va 3- chiziqlar chiziladi va kernlanadi.
TSirkul 1 va 2 (1 va 3)-nuqtalar orasidagi o’lchamdan 6-8 mm kattaroq o’lchamga o’rnatiladi. TSirkulning qo’zg’almas oyoqcha- sini 2-nuqtaga o’rnatib, harakatlanuvchi oyoqchasi bilan chiziqni kesib o’tadigan yoy chiziladi.
TSirkulning qo’zg’almas oyoqchasi 3-nuqtaga o’rnatilib, bu ish takror-lanadi.
Yoylarning 4 va 5-kesishuv nuqtalari hamda 1- nuqtadan dastlabki chiziqcha — perpendikulyar chiziq chiziladi.
|
|