Xavfsiz parollarni yaratish va saqlash uchun LastPass-dan foydalanish:
Har qanday resursda ro'yxatdan o'tish paytida LastPass xavfsiz qayd yozuvini yaratishni taklif qiladi. Misol uchun, biz pochta qutisini mail.ru saytida ro'yxatdan o'tkazamiz => maydonlarni to’ldiramiz va parol yaratish kerak bo'lgan maydonga sichqonchaning o'ng tugmachasini bosing, LastPassning yordamchi menyusidan xavfsiz parol generatorini tanlang (4.10-rasm).
4.10-rasm. LastPass parol generatoridan foydalanish.
Ochilgan oynada sizdan parol uzunligini va parolning o'zini tanlash taklif qilinadi (4.11-rasm). Agar parol sizga mos bo'lsa - "Принять" tugmasini bosing va u avtomatik ravishda "parol" va "parolni tasdiqlash" maydonlarida paydo bo'ladi. Ro'yxatdan o'tgandan so'ng LastPass ushbu akkaunt uchun ushbu parolni eslab qoladi.
4.11-rasm. Parollar generatsiyasi.
Agar siz biron-bir saytga o’z akkauntingiz bilan kirsangiz - LastPass parolni saqlashni yoki uni hech qachon saqlamaslikni taklif qiladi. Agar siz saqlasangiz, parol menejeri har safar saytga kirganingizda avtomatik to'ldirishni, ya'ni avtomatik kirishni taklif qiladi (4.12-rasm).
4.12-rasm. Menejerda parollarni saqlashni taklif qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |