Sakkizlik va o`noltilik sanoq sistemalaridan foydalanish.
Ikkilik sanoq sistemasi kompyuter uchun juda qulay bo`lgani bilan inson uchun ancha noqulay, chunki u juda katta uzunlikda bo`lib tushunish og`ir.
Sonlarni o`nlik sanoq sistemasidan ikkilikga va teskarisiga o`girish kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Lekin kompyuterdan professional darajada foydalanish uchun “mashina so`zi” degan tushuchani bilish kerak.kerak.
Buning uchun sakkizlik va o`noltilik sanoq sistemalari ishlab chiqilgan.
Ularda sonlar razryadlari mos ravishda uch marta (sakkizlikda) va to`rt marta (o`noltilikda) qisqaroq.
Sakkizlikdagi va o`noltilikdagi sonlarni ikkilikga o`tkazish juda oson, faqat har bir raqam mos ravishda unga ekvivalent bo`lgan triada (uchlik raqam) yoki tetrada (to`rtlik raqam) bilan almashtiriladi.
misol:
Demak ikkilikdagi sonni sakkizlik (o`noltilik) sanoq sistemasiga o`tkazish uchun shu sonni butun qismini o`ngdan chapga qarab va kasr qismini esa chapdan o`ngga qarab uchliklarga (to`rtliklarga)ajratamiz. Agar xonalar yetmassa o`zimidan nollar qo`shamiz. Har bir uchlik (to`rtlik) o`rniga mos sakkizlikdagi (o`noltilikdagi) raqamni jadvaldan qarab qo`yamiz. Misol:
Do'stlaringiz bilan baham: |