3 Amaliy mashg’ulot Egri chiziqlar. Tutashmalar. Lekalo va stirkul yordamida chiziladigan egri chiziqlar


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.03.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1261584
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Amaliy mashg’ulot izi

Lekalo egri chiziqlar 
1.Ellipsni aylana proyeksiyasiga o’xshatib yasash 
2.Giperbola. Egri chiziqning har qanday M nuqtasida F va F' 
fokuslariga bo’lgan masofa ayirmasi doimiy kattalik, ya’ni MF-MF'=2a. 2a, 
2b va FF'=2c – haqiqiy va mavxum o’qlar hamda fokus masofaqa mos 
kattaliklar. 
3.Parabola. Kesmalar yordamida parabola yasash. p parametr, F fokus 
va  direktrisa berilgan: 



Egri chiziqlar nuqtalari topilgandan so’ng ular avval qo’lda tutashtirilib 
keyin ustidan mos keluvchi lekalo tanlanib yurgizib chiqiladi.(3.18-chizma) 
3.18-chizma 
Konsentrik (markazlari bitta nuqtada yotgan) aylanalar orqali ellips 
qurish. 
Biz hozir ellips qurishning uchta oddiy usulidan birinchisiga yetib keldik. 
Barcha uchala usullarga qurish uchun faqatgina ikkita berilgan ma’lumot kerak - 
katta va kichik o’qlarning uzunliklari. 
1-bosqich. Radiuslari katta va kichik o’qlarga teng bo’lgan konsentrik 
ikkita aylanalar chiziladi. 
2-bosqich. Aylana bir nechta bo’laklarga bo’linadi. Agar ellips unchalik 
katta bo’lmasa, 11.5-chizmada ko’rsatilganidek 12 bo’lak yetarli bo’ladi. 
3-bosqich. Aylanalarni bo’laklarga ajratgan chiziqlarning kichik aylana 
bilan kesishgan nuqtasidan katta aylanaga qadar gorizontal chiziqlar o’tkaziladi. 
Katta aylanani kesib o’tgan nuqtasidan vertical chiziqlar gorizontal chiziqlar bilan 
uchrashgunga qadar o’tkaziladi. 
4-bosqich. Uchrashish nuqtalari egri chiziq orqali aniq ketma-ket 
tutashtiriladi.



 
11.5-chizma 
To’g’ri to’rtburchak ichida ellips qurish. 
1-bosqich. Uzunligi va eni ellipsning katta va kichik o’qlariga teng bo’lgan 
to’g’ri to’rtburchak chiziladi. 
2-bosqich. To’g’ri to’rtburchakning ikkita kichkina tomoni bir xil teng 
bo’laklarga ajratiladi. Ellipsning katta o’qi ham bir-biriga teng bo’lgan bir xil 
bo’laklarga ajratiladi. 
3-bosqich.11.6-chizmada 
ko’rsatilganidek, kichik o’qning to’g’ri 
to’rtburchak bilan kesishgan nuqtasidan kesishuvchi to’g’ri chiziqlar o’tkaziladi. 
4-bosqich. Kesishuvchi nuqtalari egri chiziq orqali aniq ketma-ket 
tutashtiriladi. 


10 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling