3. Amaliy mashg`ulot ishi Mavzu: Animatsiya Maqsad: Macromedia Flashda ishlashni o`rgatish. Texnik va dasturiy vosita: Komyuter, videoproyektor, Plakatlar, Windows 7 os va Macromedia Flash dasturi Amaliy mashg`ulot ishi bayoni


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana07.07.2020
Hajmi0.69 Mb.
#123200
1   2   3
Bog'liq
3 -амалий машғулот


Rasm. 4.15.1. “Soat” multigidan lavhalar

Soat haqidagi misolga keyinroq yana qaytamiz, freymlarni ketma-ket joylashtirish orqali hosil qilinuvchi animatsiyani yartish tavsifini boshqa misol orqali ko’rib chiqamiz. Aytaylik filmimiz qahramoni “shar” bo’lsin, ya’ni yerga tushayotgan va uch bo’lakka bo’linib ketgan shar harakatini tasvirlaylik. Ushbu syujetni yaratish uchun bizga beshta freym(ko’rinish) etarli deb hisoblaymiz:



  1. Shar boshlang’ich holatda.

  2. Shar tushayapti, lekin hali butun.

  3. Shardan birinchi bo’lak ajralib chiqdi.

  4. Shardan ikkinchi bo’lak ajralib chiqdi.

  5. Stolda sharning oldingi holatidan hech narsa qolmadi

Ta’riflangan syujetga ko’ra filmda freymlar ketma-ketligi quyidagicha bo’lishi kerak:

      1. Film uchun yangi fayl yarating , buning uchun Fayl menyusidan New bandini tanlang.

      2. Stolda yuqoridagi syujetda keltirilgan to’rtta tasvirni yarating(4.15.2-rasm), birinchi va ikkinchi freymlarda bitta sharning boshlang’ich holati(butun shar)dan foydalaning.



Rasm. 4.15.2. Yaratilayotgan filmda foydalaniladigan tasvirlar

      1. Vaqt diagrammasidan birinchi freymni tanlang va sichqonchaning ong tugmachasini bosing. Hosil bo’lgan kontekstli menyudan Insert Blank Keyframe bandini tanlang.(4.15.3-rasm) Natijada bo’sh , yangi kalit frame yaratiladi.

      2. Birinchi freymga o’tib, yaratilgan tasvirlardan birinchisini buferga ko’chirib oling. Buning uchun birinch tasvirni belgilab olinadi va sichqonchani o’ng tugmasi bosiladi. Hosil bo’lgan menyudan Copy bandi tanlanadi.

      3. Ikkinchi freymga o’ting. Buferga olingan tasvirni stolga qoying. Buning uchun: stolning bosh joyiga borib sichqonchaning o’ng tugmasini bosing va menyudan Paste bandini tanlang. Tasvirni stolning biror yuqori qismiga joylashtiring. (4.15.4 – rasm /a/)

      4. Vaqt diagrammasidan ikkinchi freymni tanlang va 3-chi bandda keltirilgan usul yordamida yangi freym qoshing;



Rasm. 4.15.3. Yangi, bo’sh freym qo’shish

      1. Hosil bo’lgan yangi freymga o’tib, yana buferdagi tasvirni qo’ying. Tasvirni ikkinchi freymdagidan pastroqqa joylashtiring. (4.15.4 – rasm /b/)

      2. Uchinchi freymni tanlab, yana yangi freym yarating.

      3. Birinchi freymga o’tib, mos, uchinchi tasvirni ko’chirib olib, uni yangi freymga joylashtiring. (4.15.4 – rasm /c/)

      4. To’rtinchi freymni tanlab yana yangi freym yarating.

      5. Birinchi freymga o’tib, to’rtinchi tasvirni ko’chirib olib, yangi freymga qo’ying. (4.15.4 – rasm /d/)

      6. Beshinchi freymni tanlab, yangi freym yarating.

      7. Birinchi freymga o’tib, ohirgi tasvirni ko’chirib, ohirgi yaratilgan bo’sh freymga qoying. (4.15.4 – rasm /e/)

      8. Birinchi freym endi bizga kerak emas, shuning uchun uni ochirib tashlash mumkin. Buning uchun: birinchi freymni tanlaymiz va sichqonchaning o’ng tugmasini bosamiz. Hosil bo’lgan menyudan Remove Frames bandini tanlaymiz. (4.15.4 – rasm /f/)



/a/ /b/ /c/

/d/ /e/ /f/



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling