Tabiiyki sistemaning xarakteristikalari bilan chegaralangan AVS uchburchak xarakteristik uchburchak deb ataladi. Hozir biz ko’rgan sistema misoli g’ayri tabiiy ko’rinishi mumkin. Shuning uchun birinchi qarashda murakkab ko’ringan, yuqorida o’rganilgan holga keltirilishi mumkin bo’lgan sistemani namoyish qilamiz:
(1)
Bu sistema tinchlangan muhitda yassi tovush to’lqinlarini (kichik qo’zg’alishlarning) tarqalishini tavsiflaydi. Bu yerda u – qo’zg’atilgan muhit tezligi, r – ushbu muhit bosimi. O’zgarmas tinchlangan muhit xossalari bilan bog’liq, - uning zichligi, s0 esa siqilishni xarakterlovchi o’zgarmas. (1) tenglamalar sistemasi akustika tenglamalar sistemasi deb ham ataladi. Bu tenglamalarning keltirib chiqarilishini fizika kursida yoki tutash muhitlar mexanikasidan topish mumkin. Biz hozir tovush to’lqinlarini tavsiflovchi sistemani sodda almashtirish va o’zgaruvchilarni almashtirish bilan yuqorida keltirilgan oddiy ko’rinishdagi sistemaga keltirish mumkinligini ko’rsatamiz. Shu maqsadda, sistemaning ikkinchi tenglamasini ga ko’paytiramiz. Hosil qilingan tenglamani, birinchi tenglamaga qo’shamiz. Natijada tenglamani hosil qilamiz. Agar yuqoridagi amallarda qo’shishni ayirish bilan almashtirsak, u holda shunga o’xshash boshqa tenglama hosil bo’ladi:
Endi
sistema ko’rinishiga kelish uchun,
belgilashlarni kiritish kifoya.
Do'stlaringiz bilan baham: |