3-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Buyruqlar tizimi arxitekturasi Buyruqli arxitektura tizimi Ishdan maqsad: Buyruq


Download 72.81 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi72.81 Kb.
#1474539
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3- amaliy mashg‘ulot

3.1 Xotira turlari va xususiyatlari:


SSD disklar haqida



SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning 2 turi mavjud bo'lib, ulardan biri SSD flesh, ikkinchisi SSD RAM deb nomlanadi. Ikkinchi turi dunyodagi eng tez ishlovchi disk hisoblanadi, narxi ham ancha qimmat.
Qattiq diskning ko'p tarqalgan turi SSD flesh haqida tanishamiz. SSD disklarga oddiy fleshkalar deb qarash mumkin, faqat ularning hajmi va o'lchami kattaroq bo'ladi.
SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.

Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.

Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini mavjud emas. HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan «mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDD asosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar bilan kelishib ketolmaydi (kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant Windows 7 bo'lib turibdi. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi (man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Xulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).

Download 72.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling