3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ekstremumga doir masalalarni umumiy usulda yechish


Download 182.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi182.25 Kb.
#1371462
Bog'liq
5-amaliy mashg\'ulot



3-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Ekstremumga doir masalalarni umumiy usulda yechish. 
1.Tomoni a bo’lgan kvadrat shaklidagi karton berilgan. Kvadratning 
to’rt uchidan bir xil kvadratchalar qirqib olinib, qolgan qismidan usti 
ochiq quti yasalgan. Qirqib olingan kvadratchaning tomoni berilgan 
kvadrat tomonining qanday qismini tashkil qilganda, quti eng katta 
hajmga ega bo’ladi? 
2. Yarim doiraga ichki chizilgan barcha to‘g‘ri to‘rtburchaklar 
orasidan (to‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomoni yarim doira diametrida 
yotadi) eng katta yuzga ega bo‘lganini toping. 
3. Berilgan hajmda eng kichik yon sirtga ega bo‘lgan konus 
balandligining asos diametriga nisbatini toping. 
4. Berilgan l uzunlikdagi simni shunday bukish kerakki, natijada u 
bilan chegaralangan to’g’ri to’rtburchakning yuzi eng katta bo’lsin. 
5. a sonini shunday ikkita qo’shiluvchining yig’indisi shaklida 
tasvirlangki, ular kvadratlarining yig’indisi eng kichik bo’lsin. 
6 a sonini shunday ikkita qo’shiluvchining yig’indisi shaklida 
tasvirlangki, ular kublarining yig’indisi eng kichik bo’lsin. 
7. Asosi 20 sm va balandligi 8 sm bo’lgan teng yonli uchburchakka 
to’g’ri to’rtburchak ichki chizilgan bo’lib, uning bir tomoni 
uchburchak asosida yotadi. To’g’ri to’rtburchakning yuzi eng katta 
bo’lishi uchun uning balandligi qanday bo’lishi kerak? 

Download 182.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling