3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ekstremumga doir masalalarni umumiy usulda yechish
Download 182.25 Kb. Pdf ko'rish
|
5-amaliy mashg\'ulot
3-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ekstremumga doir masalalarni umumiy usulda yechish. 1.Tomoni a bo’lgan kvadrat shaklidagi karton berilgan. Kvadratning to’rt uchidan bir xil kvadratchalar qirqib olinib, qolgan qismidan usti ochiq quti yasalgan. Qirqib olingan kvadratchaning tomoni berilgan kvadrat tomonining qanday qismini tashkil qilganda, quti eng katta hajmga ega bo’ladi? 2. Yarim doiraga ichki chizilgan barcha to‘g‘ri to‘rtburchaklar orasidan (to‘g‘ri to‘rtburchakning bir tomoni yarim doira diametrida yotadi) eng katta yuzga ega bo‘lganini toping. 3. Berilgan hajmda eng kichik yon sirtga ega bo‘lgan konus balandligining asos diametriga nisbatini toping. 4. Berilgan l uzunlikdagi simni shunday bukish kerakki, natijada u bilan chegaralangan to’g’ri to’rtburchakning yuzi eng katta bo’lsin. 5. a sonini shunday ikkita qo’shiluvchining yig’indisi shaklida tasvirlangki, ular kvadratlarining yig’indisi eng kichik bo’lsin. 6 a sonini shunday ikkita qo’shiluvchining yig’indisi shaklida tasvirlangki, ular kublarining yig’indisi eng kichik bo’lsin. 7. Asosi 20 sm va balandligi 8 sm bo’lgan teng yonli uchburchakka to’g’ri to’rtburchak ichki chizilgan bo’lib, uning bir tomoni uchburchak asosida yotadi. To’g’ri to’rtburchakning yuzi eng katta bo’lishi uchun uning balandligi qanday bo’lishi kerak? Download 182.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling