3-amaliy mashg’ulot Mavzu: O’simlik va hayvon oqsillarining eruvchanligiga kislotali muhitni ta’siri. Mashg’ulotning maqsadi


Download 22.95 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1499457
  1   2   3   4
Bog'liq
3-amaliy mashg'ulot-biokimyo


3-amaliy mashg’ulot
Mavzu: O’simlik va hayvon oqsillarining eruvchanligiga kislotali muhitni ta’siri.
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga o’simlik va hayvon oqsillarining eruvchanligiga kislotali muhitni ta’sirini o’rganish.
Metodik ko’rsatmalar
Oqsillar. Donlar juda ham to‘yimli hisoblanadi va asosan donning tarkibini oqsillar (10-15% atrofida), kraxmal (60-70%) va hujayra devoridan ajratib olingan kraxmalsimon polisaxarid hisoblanmaydigan uglevodlar esa umumiy og‘irlikning 3-8% qismini tashkil qiladi. Donlarning tarkibi urug‘ning navi, o‘stirilgan sharoiti, ko‘paytirilishi va infeksiyalarning ta’siriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Kraxmalli endosperma donli ekinlar urug‘ining asosiy qismini tashkil qiladi va o‘sish davomida murtakning rivojlanishi uchun kerakli bo‘lgan ozuqa moddalari bilan ta’minlab beradi. Ozuqa moddalaridan aleyron qavati va murtakdan endosperma zahira moddalarini gidrolizlaydigan fermentlarni erkin holatga o‘tkazish uchun ishlatiladi. Bu zahira moddalar zahira saqlovchi urug‘ qismlarida kraxmal granulalari va oqsil tanalari ko‘rinishida saqlab turiladi. Donlar tarkibidagi tolalar (volokna) sifatida donli ekinlarning ozuqaviy sifatiga va insonlar salomatliklarini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Amiloplastlar-plastid organoid hisoblanib, urug‘da kraxmalning saqlanishi (tezligi, urug‘ning o‘lchami) uchun javobgar hisoblanadi. Donli ekinlarda kraxmalning sintezlanishi tezligi urug‘ning o‘lchami va hosildorlikka ta’sir ko‘rsatadigan yagona muhim omil hisoblanadi. Kraxmal granulalarining shakli urug‘ning ko‘rinishi va ko‘payishi xususiyatlarini tashkil etish mumkin. Kraxmal amiloza va amilopektindan tashkil topgan. Amiloza darajasining o‘zgarib turishi bilan urug‘ kraxmalning miqdori 20 % dan 30 % gacha o‘zgarib turadi.
Kislotalar. Olma kislota boshda kislotalar bilan aralash holda, deyarli hamma mevalarda uchraydi. Urug’li mevalarda, o’rik, shaftoli
va olxo’ri singari danakli mevalarda hamda uzumda bu kislota
ko’p.
Limon kislota olma kislota singari keng tardalgan. Sitrus o’simliklar mevalarida faqat limon kislota (6-8 foiz) bo’ladi, asosan yovvoyi anorda bu kislota juda ko’p (9 foiz). Ammo malina, qulupnay va uzumda limon kislota bo’lmaydi.
Vino kislota mevalarda kamdan kam uchraydi. U faqat uzumda ma’lum miqdorda bo’lib, olma kislota bilan aralash holda, erkin holda qisman nordon kaliy tuzi (vino toshi) shaklida uchraydi.
Shovul kislota modda almashinuvini buzadi va shilliq pardani kuydiradi. Mevalarda (asosan, malina, qulupnay, doradat, krijovnik, o’rik, olxo’ri va uzumda) juda oz miqdorda bo’ladi.

Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling