3-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari I. Ishdan maqsad


Download 249.91 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi249.91 Kb.
#1608962
  1   2   3
Bog'liq
3-амалий машғулот


3-amaliy mashg‘ulot


Mavzu: Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplari


I. Ishdan maqsad: Rels zanjirlari, ularning sinflanishi va ishlash prinsiplariga bog‘liq materiallar o‘rganish, ularning tasniflan va ishlash prinsiplarii tahlili etish


II. Qisqacha nazariy ma’lumotlar:

Rels zanjirlari (RZ) temir yo'l avtomatikasi va telemexanikaning asosiy elementi bo'lib, unda avtomatika va telemexanikaning xamma qurilmalari poezdlar harakatini rostlash tizimiga qaratilgan va sezilarli darajada qurilmalarni ishonchliligi va poezdlar harakati xavfsizligini aniqlaydi.


Rels zanjiri elektr zanjirdan tashkil topgan bo’lib, unda elektr ta'minoti va yuklama (yo'l relesi) mavjud hamda temir yo’lning rels iplari elektr tokini o'tkazgichi hisoblanadi (3.1-rasm). Oddiy temir yo'l rels zanjirining elektr sxemasi manbali oxirlamchi qism, rels liniyasi va releli oxirlamchi qismdan iborat. Rels zajirini manbali oxirlamchi qismiga akkumulyator 2 o’rnatiladi, u bufer rejimidagi VAK turidagi to’g’rilagich 1 yoki yo’l transformatori PT bilan ishaydi. Manba R0 qarshiligi orqali rels liniyasiga uzatiladi va natijada poezd orqali rels zanjirini band etilishida yo’l relesi yakorini qo’yib yuboradi.
Rels liniyasi ikkita rels ipiga 7 ega, u rels iplari elektr qarshiligini kamaytirish uchun bir-biri bilan bog’langan tok o’tkazuvchi stikli ulagichlar 8 dan tashkil topgan alohida rels bo’g’inlaridan tuzilgan. Temir yo’l uchastkalarda tortqini turi va stikli bog’lovchilar maxkamlagichlari usuliga bog’liq holda uch turga bo’linadi. Avtonom tortqili uchastkalarda po’lat shtepselli yoki payvandlangan ulagichlar qo’llaniladi. Elektrlashtirilgan uchastkalarda misli payvandlangan ulagichlar qo’llaniladi.
Temir yo'l iplari yog'och yoki temir-beton shpallarda 9 joylashgan. Rels linyalarining qo'shni rels zanjirlari izolyatsiyalangan stiklar 6 yordamida metall qoplamalar yoki kleeboltli bo'g'inlar bilan ajratiladi. Izolyatsiyalangan stiklar yo'lning ustki qismida ishonchli elektr izolyatsiyasi va mexanik mustaxkamlikni ta’minlashi kerak. Shuning uchun ular sezilarli daradagi mexanik kuchga mustaxkam izolyatsion materiallardan tayyorlanadi hamda namlik sharoitlarda etarli ishga qobiliyatlikni saqlaydi. Zavod sharoitida ishlab chiqarilgan kleeboltli izolyatsiyalash moslamasi yuqori mexanik kuchga ega, chunki u temir yo'l bilan bir butunni tashkil qiladi.
RZ poezdlar harakatini rostlash va xavfsizligi sharoitlari xarakatidagi ishonchlilikni ta'minlaydi, shuning uchun ularning ishlariga bir qator talablar qo'yiladi. Harakat tarkibidan ozod bo'lganda RZ da yo'l relesi, eng noqulay ish sharoitida bo’sh holatni ishonchli tarzda fiksatsiyalashi (ishga tushishi yoki ishdan to’xtashi) kerak. RZ da kamida bitta g'ildirak juftligi yoki relsni to'liq sinishi bo'lsa, yo'l relesi yakorini qo'yib yuborishi va eng noqulay sharoitlarida RZ ning holati bandligi fiksatsiyalanishi kerak. Izolyatsiyalangan stiklarning elektrli ulanishi va natijada qo'shni RZ elektr ta'minoti orqali yo'l relesi o’z yakorini tortmasligi va ushbu holatda RZ yolg’on bandlik holatni, yani buzilish holatini ishonchli fiksatsiyalashi kerak.



3.1-rasm. Rels zanjirini qurilmasi


Ushbu talablarga muvofiq, RZ uchta asosiy rejimda ishlashi kerak: normal, shunt va nazorat. Ushbu rejimlarda RZ ish sharoitlari o'zgaruvchan qiymatlarga bog’liq bo’lmagan ta’sirlar ko’rsatiladi: balast va relslarning qarshiligi, manba kuchlanishi, shuningdek har bir o'zgaruvchan qiymatlar u yoki boshqa rejimda turlicha ta'sir ko'rsatadi. Normal (rostlash) rejimi harakat tarkibidan bo’sh bo'lgan RZ holatiga mos keladi. Ushbu rejimda P yo'l relesi orqali (3.1-a, rasm) tok oqib o’tadi, shunda yakor ishonchli holatda yakorini tortishi kerak.


Normal rejimda RZ ishini noqulay sharoiti, yo’l relesida Ir tokini yakorni qo’yib yuborish yoki rele yakorini tortib ololmasligigacha kamayishi vujudga keladi.
Yo’l relesida Ir ishchi tokini kamayishi quyidagilarga olib keladi: stikli bog’lovchilar butligini buzilishi RZ qarshiligini ortishiga, ballast qarshiligini kamayishi (ballastni kirlanishi va noqulay metrologik sharoitlar natijasida) sababli Ib tok sizihini oshishi, elektr manba kuchlanishini kamayishi.
Shunt rejimi RZ ning harakatlanuvchi tarkibi bilan band bo'lgan holatiga mos keladi. Ushbu rejimda rels zanjirini yo’l relesi o’ramining qarshiligi bilan taqqoslaganda juda kichik qarshilikli g’ildirak juftligi harakatlanuvchi tarkib bilan band qilganda (3.1-b, rasm) rels iplarida elektr bog’lanish hosil qiladi. Shu bilan birga, eng noqulay sharoitlaridagi shuntli rejimida P relesidagi kuchlanish qiymati yakorini ishonchli qo’yib yuborish kerak. Eng noqulay sharoitlaridagi shuntli rejimda RZ ish uchun, ya'ni, yo'l relesi tokni o'sishiga olib kelishi, jumladan: eng katta elektr ta'minoti kuchlanishi, relslarni eng kichik qarshiligi, eng katta balast qarshiligi.
Suntli rejimida rels zanjirining asosiy tavsifi shuntli sezgirligi hisoblanadi. Bu poezdli shunti eng katta qarshiligi, rels liniyasini bir-biriga (rels iplarini) ulanishi orqali tokni (kuchlanishni) yo’l relesidagi yakorni qo’yib yuborish darajasigacha kamayishi. Ushbu qiymat har doim o'zgaruvchan bo'lib, RZ dagi g'ildirak juftlari soniga va g'ildirak bandaji va temir yo'l boshi orasidagi o'tish qarshiligi qiymatiga bog'liq. Amaldagi texnik shartlarga ko'ra, shunt sezgirligi 0,06 Ohm dan kam bo'lmasligi kerak.
Nazorat rejimi RZ bo’sh, ammo noto'g'ri holatiga mos keladi (relsni kesib tashlash, relsni olib tashlash). Bunday holda, oqimning temir yo'l liniyasi bo'ylab normal o'tishi to'xtaydi va yo'l relesi nazorat rejimida eng yomon ish sharoitida yakorni qo'yib yuborishi kerak. Yo'l relesi orqali relsni singan holatida If (faktik) tok aylanib o’tish yo’li bilan balastdan o'tib ketadi.
Ushbu tok qiymatining pasayishiga qaramasdan, u yo'l relesi yakorini ushlab turish va rels uzilishini nazorat qilish uchun etarli bo'lmasligi mumkin.
Shunday qilib, If tokning oshishiga olib keladigan nazorat rejimining eng yomon sharoitlari quyidagilar bo'ladi: elektr manbaining eng katta kuchlanishi, relsning eng kichik qarshiligi va balast uchun keskin qarshiligi.
Rels liniyasi bir qancha vazifani bajaradi. Elektr tortqida relslar tortqi toki uchun qaytuvchi sim, harakatlanib kelayotgan poyezdga ALS ma’lumotlarini qulay uzatish kanali sifatida ishlatiladi. Bunda bir nechta muammo yuzaga keladi.
Bitta uzatish kanalining o’zida rels liniyasidan bir nechta tok oqib o’tadi: qaytuvchi tortqi toki It , signal toki IS va ALS toki. Buni amalga oshirsa bo’ladi, lekin toklarni ajratish mumkin bo’lishi kerak. Amaliyotda chastota bo’yicha farqli signal va tortqi toklari qo’llaniladi.
RZ ishlashi uchun qaytuvchi tortqi toki o’tishiga to’siq bo’luvchi HT kerak bo’ladi. Temir yo’lda bir yo’lli (3.2, a-rasm) va ikki yo’lli (3.2, b-rasm) RZ qo’llaniladi. Totrqi tokini bitta rels izidan o’tkazish tejamliroq, lekin xavfsizligi kamroq hisoblanadi. Elektr tortqi ulagichlari (ETU) yordamida himoyalash tutashmlari bilan ulanadi. Qo’shni RZ tortqi simlari diagonal bo’yicha joylashganligi uchun tortqilar “egri” deb nom olgan.
Rels zanjirining manba oxiri (MOA) va rele oxiri apparaturalari (ROA) relsga himoylash transformatori orqali ulanadi (3.2, a-rasm).
Ikkita rels bo’yicha qaytuvchi tortqi tokini o’tkazish uchun drossel-transformatorlar (DT) qo’llaniladi. DT umumiy o’zakda ikkita chulg’amga ega. Qaytuvchi tortqi tokini o’tkazish uchun xizmat qiluvhci birinchi chulg’am ikkita yarim chulg’amga ajratilgan va asosiy (tortqi) deyiladi.
Bunday chulg’amlar oxiri relslarga ulanadi, o’rta chiqishi qo’shni RZ dagi DT shunday chiqishiga ulanadi. Ikkinchi chulg’am RZ apparaturasini ulash uchun mo’ljallangan va signal chulg’ami deyiladi (3.2, b-rasm).



3.2-rasm. Elektr tortqida rels zanjiri


Drossel-transformatorni ishlash prinsipini ko’rib chiqamiz (3.3-rasm). Asosiy chulg’amning yarmi bo’yicha o’tgan qaytuvchi tortqi toki DT1 da ikkita qarama-qarshi o’zaro teng magnit oqimini yuzaga keltiradi. Natijada qaytuvchi tortqi toki It signal chulg’amida o’zgarmaydi. Drossel chiqishlari orqali tok qo’shni RZ dagi DT2 ga, so’ngra yarim chulg’amlar bo’yicha relslarga keladi. DT2dagi qaytuvchi tortqi toki ham signal chulg’amida o’zgarmaydi.





3.3-rasm. Drossel-transformator tuzilmaiy sxemasi bilan tortqi va signal toklarini oqish yo’llari


RZ A manba oxiri apparaturasidan keluvchi signal toki IsA DT1da magnit oqimini yuzaga keltiradi. Bu esa DT1 tortqi chulg’amida IsA toki paydo bo’lishiga olib keladi. Bu tok rels bo’yicha oqib, RZ A bo’shligi nazoratini ta’minlaydi. Xuddi shunday holat rele oxirida kuzatiladi: signal toki IsB DT2 yarim chulg’ami bo’yicha bir yo’nalishda oqadi, natijada RZ B rele oxiri apparaturasiga keluvchi IsB tok signal chulg’amda o’zagaradi (transformatsiyalanadi).



Download 249.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling