3-amaliy mashg`ulot mavzu: tokarlik dastgoxining shpindellarini tayyorlash


Download 81.81 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi81.81 Kb.
#1536448
Bog'liq
3-amaliy

3-AMALIY MASHG`ULOT


MAVZU: TOKARLIK DASTGOXINING SHPINDELLARINI TAYYORLASH


Shpindel konstruktsiyasi: shpindel (3.1.rasm)da keltirilgan ko’rinish tokarlik dastgoxining eng javobgar qismlaridan biri xisoblanadi. Uning konstruktsiyasi asosan bo’sh tana, po’latdan tayyorlangan val 1, bosh qismida oldingi markaz kiygiziladigan teshik 5, unga boshqa opravkalar xam qo’yilishi mumkin bo’lgan moslamadan iborat. Tana qismi ochiq o’tuvchi teshikdan 7 iborat bo’lib, u uzun prutok (zagatovkalarni) o’tkazib ishlov berish va markaz ochish uchun xizmat qiladi. Shpindelning oldingi qismda aniq rezba ochilgan bo’lib 4, unga patron va planshayba qotirish mumkin, ushbu rezbadan keyin bo’yin (sheyka 6 va burma (burtik) 3 o’yilgan bo’lib u patronni markazlash uchun xizmat qiladi. Dastgoxning o’zida yana shpindelni qotirish uchun kanavka (ariqcha) 2 ochilgan bo’lib, u patronni oldindan saqlagichi bo’lib u o’z o’zidan yechilib ketishdan saqlaydi.



3.1. rasm 1A62 modeli tokarlik – vintkesar dastgoxining shpindeli va uning podshibnigi.
a) Shpindelning umumiy ko’rinishi;
b) Orqa podshibnik ;
v) Oldingi podshibnik;
Shpindel podshipniklarda oldingi babkada aylanadi va ishlov berilayotgan detalni aylantiradi. Tokarlik dastgoxlarida shpindel asosan sirpanish podshipniklarida aylanib, tezligi yuqori dastgoxlarda esa shpindellar asosan tebranishli podshipniklarda (sharikli va rolikli) aylanadi, qaysiki o’zida yuqori bikrlik xususiyatiga ega podshipnikdir.
Tokarlik dastgoxida ishlov berilayotgan maxsulotga aniq ishlov berish uchun – shpindelni to’g’ri aylanishiga bog’liq bo’ladi. Buning uchun shpindelga yuklar tushganda podshipniklari xech qanday lyuft (qochish) bo’lmasligi, yengil va nuqsonlarsiz aylanishini o’z o’qi va radial yo’nalishida aylanishini taminlash kerak. Aks xolatda ishlov berilayotgan yuzalarda noaniqliklar va maxsulot talabga javob bermasligi mumkin.
Oldingi podshipnik 3.1 rasmda keltirilgan tokarlik dastgoxining ketingi podshipnikdan ko’ra yuk ko’proq va javobgarlik natijasi yuqoriroq bo’lgan ikki qatorli rolik podshipnik 9, shpindelning yakuniy bo’g’ini 8 bo’ynida aylanib, unga majburiy yog’lanish tizimi nasoslar orqali yog’lar jo’natilib, bachokda tezliklar qutisida joylashtiriladi. Ichki yakuniy xalqa (koltso) 10 rolikni podshipnik shpindel bo’yin qismida joylashtirilgan bo’ladi. Shpindelning ketidagi podshipnik asosan o’q yo’nalishidagi kuchlanishlarni qabul qilib aylanishlarni bir maromda tarqatishdan iborat.
Shpindellar tayyorlanishi uchun asosiy texnologik shartlar:

  • Tayanuvchi bo’yinlar diametr o’lchamlari va ishlovchi yuzalarning aniqligi IT6 talablarida bo’lishi kerak; Oddiy dastgoxlar uchun berilgan yuzalar geometrik formalari xatoliklari 0,01 mm, yuqori aniqlikdagi dastgoxlarga esa 0, 003 – 0, 005mm, pretsizion dastgoxlar uchun 0, 001 – 0, 003mm ruxsat etilgan.

  • Tayanch bo’yinli va ishlovchi yuzalarning o’qlari og’ishi 0,006-0,001 mm;

  • Tayanch bo’yinlari tozaliklari Ra=0,32-0,04mkm, va ishlov beruvchi yuzalarning tozaliklari Ra=0,63-0,04 mkm;

  • Tayanch bo’yinlar va ishlovchi yuzalar ustki qattiqligi HRC oralig’ida 55-69 HRC

Shpindel zagatovkalari materiali va olish usullari.
Shpindel tayyorlash uchun materiallarni tanlash dastgox turiga va shpindelning ishlash uslubiga qarab tanlanadi.
Shpidelning ishqalanuvchi tayanchda qatirilishiga qarab material nafaqat mustaxkam va qattiq balki yuqori ishqalanishga chidamli xam bo’lishi lozim. Bunday shpindelni tayyorlash uchun konstruktsion po’lat 45, toblangan va yuqori damlangan bo’lishi kerak. Yuqori talablarga ega bo’lgan shpindellarni esa Po’lat 40X, 40XN, ba’zi xollarda oz uglerodli po’latlar turlari 20X tsementatsiyalangan, toblangan va damlangan po’latlardan, qaysiki ishlanuvchi yuzalarning yuqori qattiqligini taminlaydi.
Juda ko’p ishlatiladigan shpindellar uchun margantsitlangan po’lat turi 50G2, normallashgan va toblanib-damlangan po’latlardan tayyorlanadi. O’ta aniqlik va yuqori oborot tezliklarda ishlaydigan shpindellar Po’lat 12XN3 va Po’lat 35 XM10A azotlashtirilgan po’latlardan tayyorlanadi.
Oddiy ish sharoitida ishlaydigan tokarlik dastgoxlarida shpindellar yuqori mustaxkam magniylik cho’yanlardan cho’yanlardan tayyorlansa, bo’sh tanali og’ir dastgoxlar shpindellari ba’zi xollarda quyma kulrang cho’yandan SCH15, SCH21 ba’zan modifikatsiyalangan cho’yanlardan tayyorlangan.
Ishlab chiqarish dasturiga qarab shpindel tayyorlash uchun zagatovkalar pokovka, po’lat quymalar, prutok materiallar va trubalardan tayyorlanadi.

ISHNI BAJARISH TARTIBI





  1. Tokarlik va frezerlik dastgoxlarida shpindellar o’rni va sxematik ko’rinishlarini chizish.

  2. Dastgoxlarni kinematik sxemalariga izox berish.

Download 81.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling