Elektr iste’molchilarni yulduz usulida ulash
Elektr iste’malchilarni yulduz usulida ulaganda uch fazal tizim to‘rt simli yoki uch simli bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar yulduz usulida ulanganda faza va liniya toklari o‘zaro teng bo‘ladi.
Ya’ni:
Iste’molchilarning aloxida fazalardagi toklar quyidagi formulalarga ko‘ra xisoblanadi.
, , .
3.3 – rasm. Uch fazali tok zanjiriga iste’molchilarni yulduz usulida ulash sxemasi
3.2-masala. Liniya kuchlanishi 380 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqidan ishchilar shaharchasining uy-ro‘zg‘or asboblari ta’minlanadi. Hamma iste’molchilar to‘rt simli sxema bo‘yicha yulduz shakilda ulangan bo‘lib uch gruppaga taqsimlangan.
Agar A fazaga ulangan iste’molchilarning quvvati - 3.52 kVt, V fazaniki - 2.64 kVt, S fazaniki - 3.96 kVt bo‘lsa, tarmoqning barcha simlardagi toklar va uning kuvvati aniqlansin.
Uy-ro‘zg‘or bo‘lganligi sababli tarmoqdagi quvvat aktiv quvvat bo‘lib aktiv quvvat koeffitsienti tenglab olamiz.
Liniya kuchlanishlarining berilgan qiymati
Faza kuchlanishlari
Faza toklarini hisoblash.
Neytral simdagi tokni aniqlash uchun vektor diagramma quriladi va diagramma asosida komleks faza toklari xisoblanadi
3.4 – rasm. Faza toklarining vektor divgrammasi.
Umumiy quvvatni hisoblash.
Mustaqil yechish uchun masalalar:
1-masala. Liniya kuchlanishi UL=220 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqiga faza kuvvatlari PAB=1.1 kVt, PBC=1.76 kVt, PCA=2.64 kVt dan bo‘lgan iste’molchi uchburchak sxemada ulangan. Iste’molchining VS fazasida uzulish sodir bo‘ldi. Uzulish sodir bo‘lishiga qadar va undan keyingi vaziyatlar uchun faza va liniya toklari aniqlansin.
2-masala. Liniya kuchlanishi UL=380 V bo‘lgan uch fazali tok tarmoqiga induksion pech ulangan. Uning quvvat koeffitsienti sosφ=0.8 va quvvati P=5 kVt. Pechning ыizdirish elementlari yulduz sxemada ulangan. Har bir fazaning qarshiliklari aniqlansin.
3-masala. Umumiy quvvati 2.4 kVt bo‘lgan cho‘g‘lanish lampalari uch gruppaga taqsimlangan va uch fazali tokning to‘rt simli tarmoqiga ulangan. Agar neytral simda tok nolga, faza kuchlanishi esa 220 V ga teng bo‘lsa, Liniya simlaridagi toklar aniqlansin va masshtabda vektorlar diagrammasi qurilsin.
4-masala. Liniya kuchlanishi 380 V bo‘lgan to‘rt simli tarmoqga ulangan iste’molchilarning fazalardagi toklar nisbati IA:IB:IC=1:3:4. Hamma iste’molchilar aktiv va umumiy quvvat 3.2 kVt ni tashkil qiladi. Liniya simlardigi va neytral simdagi toklar xisoblansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |