3-Amaliy mashg'ulot Namunalarni sinash natijalari bo‘yicha butunlikning tutib turish qobiliyatini baholash
Download 152 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-Amaliy mashg\'ulot
3-Amaliy mashg'ulot Namunalarni sinash natijalari bo‘yicha butunlikning tutib turish qobiliyatini baholash (determinatsiya usuli). Masala shartlari: Butunlik materialidan tayyorlangan namunalarni sinash natijalari bo‘yicha diametri 5 m va balandligi 10 m bo‘lgan silindr shaklidagi butunlikning tutib turish qobiliyatini aniqlang. Butunlik mustahkam qumtosh (peschanik) dan tayyorlangan bo‘lib, u uchta yoriqlik tizimida singan. Har bir yoriqlik orasidagi masofa 1,5 m. Siqilish bo‘yicha namunalarni sinash natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval
Echish. Massivdagi tog‘ jinsining mustahkamligi namunaning tutib turish qobiliyatidan kichik bo‘ladi. Chunki massivdagi tog‘ jinsi namunasida turli ko‘rinishdagi buzulishlar uchraydi. Massivdagi tog‘ jinsining mustahkamligi quyidagi asosiy usullar orqali aniqlanadi: D.F. Kouts usuli (bir turdagi massivlar uchun); G.M. Malaxov usuli (alohida blokida singan yoriqliklar sistemasi mavjud massivlar uchun ); - VNIMI usuli (massiv tuzilishi zaiflashuvi hisobga olinganda) D.F. Kouts formulasi bo‘yicha butunlik blokining strukturaviy mustahkamligini aniqlaymiz. Berilgan masalada butunlik blokida yoriqlik tizimida singan. Blok bir xil tuzilmali butunlik birligidan tashkil topgan. Blokning tuzilmaviy mustahkamligi QB D.F. Kouts formulasi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi. , Mpa (1) bu yerda: QB – blokning tuzilmaviy mustahkamligi, MPa; Q0 – o‘zgarmas hajmdagi namunaning sinov natijalari va butunlik shakli bo‘yicha mustahkamligi, MPa; VB – blokning tuzilmaviy hajmi, sm3; V0 – o‘zgarmas hajm (V0 = 100 sm3); a – tog‘ jinsining tarkibiga bog‘liqlik koeffitsient. Blokning tuzilmaviy hajmi VB sm3 Namunaning sinov natijalari bo‘yicha tog‘ jinsining siqilishga vaqtinchalik qarshiligi Q ning namuna hajmi V ga bog‘liqlik grafigini quramiz (1-rasm). 1-rasm. Namuna mustahkamligi va uning hajmi orasidagi bog‘liqlik grafigi. Grafikdan (1-rasm) o‘zgarmas hajmdagi mustahkamlik Q0 va koeffitsient ko‘rsatkichi a ni topamiz. MPa (V0 =100 sm3) Blokning tuzilmaviy mustahkamligi QB MPa 2. Butunlikning tutib turish qobiliyati QS ni G.M. Malaxov formulasi bo‘yicha aniqlaymiz. Masalaning shartini hisobga olib, butunlikning yoriqlik tizimida singanligi va blokningning tuzilmaviy mustahkamligini bilgan holda butunlikning tutib turish qobiliyatini G.M. Malaxov formulasi bo‘yicha quyidagicha aniqlanadi. , MPa (2) bu yerda, QS – butunlikning tutib turish qobiliyati, MPa; QB – blokning tuzulmaviy mustahkamligi, MPa; θ – massivning tadqiq etilayotgan qismi o‘lchami (butunlik diametri), m; S – yoriqliklar orasidagi masofa, m. Butunlikning tutib turish qobiliyati QS ni hisoblaymiz: MPa. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling