a, b, c sonlar berilgan (a≠0). Bu sonlarni kvadrat tenglama koeffisientlari deb hisoblab, shu kvadrat tenglamaning haqiqiy yechimga ega ekanligi aniqlansin.
|
x, y sonlari berilgan. Ularni tekislikdagi nuqta koordinatalari deb hisoblab, shu nuqtaning 2-chorakda yotishi aniqlansin.
|
|
x, y sonlari berilgan. Ularni tekislikdagi nuqta koordinatalari deb hisoblab, ularning 2- yoki 3-chorakda yotishi aniqlansin.
|
|
Tekislikda nuqta x va y koordinatalari bilan berilgan. Shu nuqta (yuqori chap burchagi (x1,y1), quyi o‘ng burchagi (x3,y3) bo‘lgan, hamda tomonlari koordinata o‘qlariga parallel) to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakning ichida yotishi yoki yotmasligi aniqlansin.
|
|
Uchta butun son berilgan bo’lsa, shu sonlarning uchburchakning tomonlarini tashkil etishi aniqlansin.
|
|
a,b,c butun sonlar berilgan bo‘lib, ular uchburchakning tomonlarini tashkil etsa, shu uchburchakning teng yonli ekanligi aniqlansin.
|
|
a,b,c butun sonlar berilgan bo‘lib, ular uchburchakning tomonlarini tashkil etsa, shu uchburchakning to‘g‘ri burchakli ekanligi aniqlansin.
|
|
Uch xonali son berilgan. Bu son raqamlarining har xil ekanligi aniqlansin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |