3-Amaliy mashg’ulot Suzuvchilarga tayyorlov mashqlarini o‘rgatishning uslubiy asoslari
Suzishni o‘rgatuvchi murabbiy va mutaxassislarning ish tajribasida suzish texnikasi elementlarini o‘rganishning uch xil varianti mavjud
Download 26.08 Kb.
|
3-Amaliy mashgulot
Suzishni o‘rgatuvchi murabbiy va mutaxassislarning ish tajribasida suzish texnikasi elementlarini o‘rganishning uch xil varianti mavjud:
birinchidan. Suzish texnikasining elementi erkin va bir oz tuxtatib nafas olib harakat qilganda, avval tayanch holatda (bort yonida yoki suv ostida oyoq. Qo‘yib tik turgan holda), so‘ngra tayanch holatda bir joyda turish va harakat qilish (sherik yordamida) hamda tayanchsiz holatda o‘zini tuta bilish o‘rganiladi. So‘ngra shu texnika elementi aynan sho‘nday tartibda nafas olish bilan moslashtirilgan holda o‘rganiladi. ikkinchidan. Suzish texnikasining elementi erkin va bir oz tuxtatib nafas olgan tayanch (bort yonida yoki suv ostiga oyoq qo‘yib tik turgan) holatda o‘rganiladi. Keyin ana shu element yana o‘sha holatda nafas olish bilan moslashtirilgan holda o‘rganiladi. So‘ngra bu element tayanch holatida (sherik yordamida) erkin va bir oz tuxtatib nafas olgan holda o‘rganishga kirishiladi. Keyin shu element xuddi o‘sha holatda nafas olish bilan moslashtirib o‘rganiladi va shu tartib takrorlanaveradi. uchinchidan. Suzish texnikasi tayanch holatda (bort yonida yoki suv ostiga oyoq, qo‘yib tik turgan holda) o‘rganiladi. Birinchi mashq dastlab erkin nafas olgan holda bajariladi, keyin nafas olishni bir oz tuxtatib va oxirida nafas olish bilan moslashtirilgan holda o‘rganiladi. So‘ngra xuddi shu tartibda tayanch holatda ikkinchi, uchinchi va o‘ndan keyingi barcha mashqlar ham bajarila boradi. Suzish texnikasi elementlarining boshqa tayanch va tayanchsiz holatlari ham xuddi shu yo‘nalish asosida o‘rganiladi. Mazkur qo‘llanmada barcha variantlar har bir darsning muayyan vazifalariga qarab ifoda etilgan. Tayanch holatida oyoqlar harakatini o‘rganishga kirishishdan avval, o‘quvchi yoshlarni harakat o‘rganiladigan dastlabki holat bilan tanshtirish kerak. Bu — suvda qullar bilan bort chetiga yoki havza tagiga tayanib, gavdani gorizontal holatda tuta bilishdir. CHalqancha yotib suzishni o‘rganishga kirishilayotganda ham, ana sho‘nday tayanchli dastlabki holat sinab kuriladi. Faqat sho‘ndan keyin mazkur holatlardagi harakatlarni o‘rganishga kirishish mumkin. Dastlabki holatni sinab kurish barcha guruh mashqlari uchun majburiydir. Oyoqlar bilan harakat kilishni o‘rganishning navbatdagi bosqichi sherigi yordamida tayanch holatida tura bilishdir. Guruh ikki guruhchaga bo‘linadi va juft-juft bo‘lib saflanadi. «birinchilar» o‘zlarini gorizontal holatda tutadilar (o‘rganilayotgan usulga qarab, kukrak bilan, chalqanchasiga va yonlamasiga yotadilar), «ikkinchilar» esa «birinchilarni» o‘rganilayotgan elementga qarab, qullaridan, oyoqlaridan, bellaridan ushlab turadilar. Bo‘nda sherikni sho‘nday ushlab turish kerakki, u gavdani gorizontal holda tuta olsin. Harakatlarni bu holda o‘rganayotganda, yordamlashayotgan kishilardan sheriklariga bajarayotgan harakatlarning sifatini diqqat-e’tibor bilan ko‘zatishlarini va qupol xatolarni ko‘rsatib turishlarini me’yor qilish kerak. O‘qituvchining ko‘rsatmasiga muvofik sheriklar rollarini almashadilar. So‘ngra oyoqlar bilan harakat qilishni qullar turli holatda bo‘lgan tayanchsiz sharoitda o‘rganishga kirishiladi. Bo‘nda gavdaning suvga sirpanib tushish vaqtida tug‘ri holatda bo‘lib qolishiga alohida ahamiyat berish kerak. Tayanchsiz holatda oyoqlar bilan harakat qilishni o‘rganishga qaratilgan barcha mashqlar dastlab nafas olishni bir oz tuxtatgan holda bajariladi (erkin nafas olishdan foydalanilmaydi). Bu mashqlarning asosiy vazifasi gavdaning tug‘ri gorizontal holatda tutishga rioya kilib, oyoqlar bilan tug‘ri harakat qilshni o‘rganishdan iboratdir. Suzuvchilarning buto‘n diqqat-e’tibori ham mana sho‘nga qaratilgan bo‘lishi kerak. CHalqanchasiga yotib suzayotganda, mashqlar nafasni erkin olgan va bir oz tuxtatgan holda bajarilishi ham mumkin. Navbatdagi mashqlar turli holatlarda (kukrakda, chalqanchasiga suzganda) oyoqlarni nafas olish bilan moslashtirib harakat kildira olishni o‘rgatishga qaratilgandir. Agar suzuvchilar gorizontal holatda sirpanib suzishni hamda suzish texnikasining ayrim elementlari bajarayotganda tug‘ri nafas olishni, tayanchli va tayanchsiz holatlarda oyoqlar bilan harakat qilishni yaxshi o‘rganib olgan bo‘lsalar, harakat bilan nafas olishni moslashtirishni ham osonrok va puxtaroq bilib oladilar. Endi bu elementlarning hammasidan foydalanib, ularni bir-biri bilan moslashtirib, ma’lum masofaga bemalol so‘zib borish vazifasi qo‘yiladi. Bo‘nda buto‘n kuch va e’tiborni, oyoqlarni bexato harakat qildirib, tug‘ri nafas olishga qaratish kerak. Bo‘nday moslashuvni samarali o‘rganishning eng asosiy shartlaridan biri navbatdagi har bir darsda uzoqroq-uzoqroq masofaga so‘zib turishdan iboratdir. Bo‘nday yo‘nalish, harakat va nafas olish texnikasini yaxshilashdan tashqari, shug‘ullanayotgan sportchilarning mahoratlarini ham oshiradi. Qullar bilan harakat kilishni o‘rganish ham suzuvchilarni quruqlikda harakat texnikasi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bo‘nda shug‘ullanuvchilarga qul harakatining texnikasi: shakli va xarakteri (qulning yo‘nalishi, amplitudasi, kuchi va tezligi) haqida, qo‘l harakati texnikasining variantlari tug‘risida nazariy ma’lumotlar beriladi. So‘ng o‘quvchilar olgan bilimlari asosida quloch ochib suzishga doir harakatlar: quloch ochib suzish va bo‘nga tayyorlanish harakatlarini bajarayotganda qulning holati, bir siklda quloch ochib suzishdagi qul harakatining fazalari bilan tanishadilar. Quloch otishning qaysi momentlari gavdaning suvda harakat qilishi uchun eng qulay sharoit yaratishni va binobarin kuchni me’yor bilan sarflash kerakligini quruklikdagi mashqlarda ko‘rsatib o‘tish zarur. Qo‘l harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rganish ham quruklikda bu koordinatsiya bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bo‘nda boshning o‘z vaqtida nafas olish maqsadida burilishi (kutarilishi) ga, tez, tuliq nafas olishga, keyin yana boshni avvalgi holiga keltirib, suv ichida nafas chiqarishga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. O‘qishning dastlabki davrida nafas olish to‘xtovsiz bo‘lishi kerak. Birok suzuvchilarni to‘xtab-to‘xtab nafas olish jarayoni bilan ham tanishtirish kerak. Suvda qo‘llar harakatini o‘rganish suv ostiga oyoq qo‘yib tik turgan holda va bir oz entikib harakat qilish bilan boshlanadi. Bo‘nda avval erkin nafas olinadi, keyin nafas bir oz to‘xtatiladi. Oxirida harakatlarni nafas olish bilan moslashtirish mashqlari boshlanadi. Xuddi shu holatda suzuvchilar suv ostida sekin olg‘a siljib, erkin va to‘xtab-to‘xtab nafas olgan holda qo‘l harakatini o‘rganadilar. So‘ngra shu mashqlarni nafas olish bilan moslab turib bajaradilar. Qo‘l harakatini o‘rganishga doir navbatdagi mashqlar shug‘ullanuvchining sherigi yordamida amalga oshiriladi. BO‘nda yordamlashish tartibi ko‘yidagicha: harakatni bajarayotgan kishilar suvga (kukrak bilan yoki chalqanchasiga) yotadilar va sekin oyoqlarini keradilar; sherklar yotganlarning oyoqlari orasida turib olib, bellaridan ushlab, muvazanat saqlashlariga yordamlashadilar. Xuddi shu holatda qullar harakatini nafas olish bilan moslashtirishga o‘rgatiladi. Qo‘l bilan qilinadigan keyingi harakatlarni o‘rganish tayanchsiz vaziyatda olib boriladi. Bo‘nda tayangan holatda nafas olish mashqlarini takrorlab o‘tish maqsadga muvofiqdir. CHo‘nki ana sho‘ndan so‘ng qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirishni o‘rganish boshlanadi. Qo‘l bilan harakat qilishni tayanchsiz holatda o‘rganish ancha qiyin mashqlardan hisoblanadi. SHuning uchun tegishli mashqlarni bajarishda shug‘ullanuvchilar oyoqlar bilan sekin-sekin harakat qiladilar, lekin ularning diqqat-e’tiborlari qo‘l harakati mashqlarining qanday bajarilayotganligiga qaratilishi kerak. Tug‘ri quloch ochish texnikasini o‘rganish uchun, shu sohadagi ma’lum mashqlar guruhidan foydalanish mumkin. Bo‘nda aniq va erkin harakat qilishga hamda gavdaning olg‘a qarab harakat etishiga erisha borish zarur. Bu harakatlarni bir-biriga moslashtirishni o‘rganib borgan sari, oyoqlar faol ishlaydigan bo‘ladi. Oyoq va qo‘llar harakatini moslashtirish o‘rganilayotgan paytda bu koordinatsion (qo‘shma) mashqlar nafas olishni bir oz to‘xtatib bajariladi. Lekin bu mashqlar harakatni va nafas olishni bir-biriga moslashtirish mashqlarini egallab olganlar bilangina o‘tkaziladi. Qolganlar esa buto‘n diqqat-e’tiborlarini nafas olish mashqlarini bajarishga qaratadilar. Qo‘llar harakatini nafas olish bilan moslashtirish mashqlari bajarilayotganda, mazkur usulning tuliq koordinatsiyasi ham baravar o‘rganila boshlanadi. Suzishning yaxlit usulini o‘rganish uchun har bir dars bo‘yicha to‘zilgan ish rejada ko‘rsatilgan bir qator mashqlarni bajarish ko‘zda tutiladi. Mashqlarni bajarishdan tashqari u darsdan bu darsgacha tuliq koordiiatsion masofalarni uzaytirib borish kerak. Bo‘nda barcha harakatlarni ortiqcha kuch sarf qilmay, muloyim, erkin holda bajarilishiga erishmoq kerak. Download 26.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling