3-amaliy mashg’ulot Tranzit yuk tashish xajmi Mashg’ulotning maqsadi
Download 295.6 Kb.
|
3-AMALIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuklar oqimi ishchi chizmasining yangi temir yo‘l bo‘yicha tuzish va yo‘ldagi yukni oz-ko‘pligini aniqlash
- Vazifa bo‘yicha berilgan ma’lumotlar
- Mashg’ulot bo’yicha nazorat s а vоllari va topshiriqlar
3-amaliy mashg’ulot Tranzit yuk tashish xajmi Mashg’ulotning maqsadi: Loyihalanayotgan temir yo‘l bo‘yicha yuk oqimini ishchi sxemasini tuzishni o’rganish. Mashg’ulotning vazifalari: Loyihalanayotgan temir yo‘l bo‘yicha yuk oqimini ishchi sxemasini tuzish Mashg’ulotning tarkibi: Berilgan ma’lumotlar: a) Tranzitli yuk oqimlarining tuzilishi 3-jadvalda keltirilgan; b) Oraliq stansiyalarda yukni ortish va tushirish hajmlari 4-jadvalda keltirilgan. Yuklar oqimi ishchi chizmasining yangi temir yo‘l bo‘yicha tuzish va yo‘ldagi yukni oz-ko‘pligini aniqlash Yuk oz-ko‘pligini aniqlash uchun ko‘rsatilgan temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha yuk oqim chizmasi quriladi. Yuk oqimining ishchi sxemasiga asosiy yuklar oqimini va yukni kirish-chiqish hajmini borish va qaytish yo‘nalishida har bir stansiyaga alohida kiritiladi. Kirish-chiqish yo‘nalishini tranzit yuk oqimi yo‘nalishini parallel deb olib aniqlanadi. Har bir stansiya bo‘yicha yuk oqimi tranzit va kirish-chiqish yo‘nalishlarini yig‘indisi olib, har bir uchastka va umumun har bir liniya bo‘yicha umumiy yuk oqimi aniqlanadi. Eng katta yuk oqimi stansiyasi topilib, SHNK 2.05.01 – 19 [1] bo‘yicha yo‘lning kategoriyasi aniqlanadi. 3.1. rasm.- Yuklar oqimi ishchi chizmasi 3.1-jadval Vazifa bo‘yicha berilgan ma’lumotlar
Yuk o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha temir yo‘l 10-foydalanish yiliga asosan quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: o‘ta yuk o‘tkazish qobiliyatiga ega - 50 mln tkm/km dan ortiq; I kategoriya – 30 – 50 mln. tkm/km; II kategoriya – 15 -30 mln. tkm/km; III kategoriya 8 – 15 mln. tkm/km; IV kategoriya – 8 mln. tkm/km. gacha/ O‘ta yuk o‘tkazish qobiliyatiga ega va kategoriyalari magistral liniyalar hisoblanadi, IV kategoriya esa mahalliy liniyalar, stansiyalararo yo‘llarga kiradi. Mashg’ulot bo’yicha nazorat sаvоllari va topshiriqlar 1. Temir yo’l kategoriyalarini 10-foydalanish yiliga asosan yuk o’tkazuvchanligini sanab bering.? 2. yangi temir yo‘lning berilgan variant bo’yicha yuklar oqimi ishchi chizmasini tuzing. Download 295.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling