3-Amaliy mashg’ulot (viii-semestr) Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika ta’limida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari. Ishning maqsadi
Download 281.5 Kb.
|
3-Amaliy mashgulot (VIII-semestr)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutilayotgan natija
- Kerakli jihozlar
3-Amaliy mashg’ulot (VIII-semestr) Mavzu: Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika ta’limida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari. Ishning maqsadi: Talabalarda ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash, Umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika ta’limida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va ulardan foydalanish ko’nikmalarini rivojlantirish. Kutilayotgan natija: Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar va ularning turlari bo’yicha ma’lumot oladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari informatika fanlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga qo‘yilgan talablarni yorita oladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida informatika ta’limida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar yaratish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Kerakli jihozlar: Kompyuter, proyektor, darslik, ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallari, topshiriqlar. NAZARIY QISM: Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) iboralari kundalik turmushda eng ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, AKT bilan ish ko‘ramiz. Zamonaviy AKTdan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori kabilar misol bo‘lishi mumkin. “XXI asr – axborotlashtirish asri”da ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy etish, har bir ta’lim muassasasida: - o‘qitish va o‘qish jarayonining; - ta’lim muassasasi boshqarilishining; - ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; -ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi. Download 281.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling