Tadqiqotning
ilmiy
yangiligi.
Ilk
bor
Samarqand
viloyatining
sug’oriladigan o’tloq tuproqlari sharoitida arpaning Davlat reyestriga kiritilgan
kuzgi Mavlono va duvarak Temur navlarining optimal ekish me’yori va
urug’larning ekish chuqurliklari o’rganildi. Tadqiqotlar natijasida arpa navlaridan
mo’l va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlaydigan maqbul ekish me’yorlari va
chuqurliklari aniqlandi. Arpa navlarining mo’l va sifatli hosili shakllanishining
qonuniyatlari, urug’larning dala unuvchanligi, o’simliklarning qishga chidamligi,
yashovchanligi, hosildorligi, hosil tarkibi, doning sifat ko’satkichlari, iqtisodiy
samaradorlik ko’rsatkichlari aniqlandi. Ilmiy ish natijalaridan darsliklar,
monografiyalar, maqolalar yozishda, shuningdek dars jarayonlarida foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |