3. Auditorlik standartlari tarkibi


Download 138 Kb.
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi138 Kb.
#1094837
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 мавзу (1)

Maqsad - auditorning maqsadli aniq bayonini o'z ichiga oladi.

  • Amaldagi jumlalar ta’riflari kiritilgan.

  • Har bir maqsad uchun talablar taqdim etilgan. Talablar "auditor bajarishi kerak" so’zlaridan foydalangan holda ifoda etiladi .

  • Ilova va boshqa izoh materiali, standart talablarini qo'llash uchun talablarga mos manbalar va kelgusidagi yo'l-yo'riqni o'z ichiga oladi.

PCAOB 2002 yildan vujudga kelgan, u AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari amal qiladigan auditorlik standartlarini chop etadi. 2013 yilda , PCAOB o'n oltita audit standartlarini chop etdi. Bundan tashqari, PCAOB 2003 yil 16 aprelda AICPA o’rniga standartlar chiqardi (PCAOB muvaqqat standartlar deb ataladi). Shunday qilib, PCAOB aktsiyadorlik kompaniyalari uchun PCAOB standartini AICPA standarltari o’rniga talab qildi. 2003 yil 16 apreldan so'ng AICPA tomonidan chiqarilgan standartlar, PCAOBning muvaqqat standartlari qismi emas.
Audit standartlari orasida katta o’xshashlik mavjud. Barcha standartlarda audit ishini rejalashtirish va qay tariqa amalga oshirish va natijalari qanday bo'lishi kerak kabi yagona tamoyillar mavjud. Auditorlik standartlarini umumiy solishtirish 1-jadvalda ko'rsatilgan.
1-jadval
AQSH va xalqaro Auditorlik standartlarini solishtirish




IAASB

PCAOB

AICPA

Nufuzli manba

Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi va ushbu standartlar amal qiluvchi mamlakatlar tomonidan

AQSh Kongressining 2002 yil Sarbanes-Oxley qonuni

Tarixiy, o'z-o'zini tartibga soladigan kasb sifatida

Muhim atamalar

Auditning xalqaro standartlari (ISA)

Audit standartlari (AS) va muvaqqat standartlari (AU)

Audit standartlari bo’yicha Hisobot (AU-C)

Standartlarning qo’llanilish doirasi

Auditning xalqaro standartlari talab qilinadigan mamlakatlarda va jumladan Evropa va rivojlanayotgan mamlakatlarda

AQSH aktsiyadorlik kompaniyalari auditida

AQSH aktsiyanerlik bo’lmagan kompaniyalari auditida

Audit standartlarning uyg’unlashuvi

Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi

Joriy vaqtda xalqaro uyg’unlashuvga talab yo’q

Xalqaro uyg’unlashuv talab etiladi

2. Auditorlik standartlarining asosini tashkil etuvchi tamoyillar


Amerika Qo'shma Shtatlarida audit standartlari tarixan o'n umumiy qabul qilingan audit standartlari (odatda o'n standartlar deb ataladi ) moliyaviy hisobotlar auditi uchun poydevor bo'lib xizmat qilgan. Ayni paytda, PCAOB standarti bu o'n standartlarni birlashtiradigan standart tashkil etdi. AICPA etti tamoyillari bilan o'n standartlari o'rnini almashdi. Tahriran audit standartlari farqi bo'lsa-da, asosiy maqsad audit sifatli tarzda amalga oshirilishi kerak.

  1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak.

  2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart.

  3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi.

Ob’ektlarning ish standartlari:

  1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim.

  2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart.

  3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish.



3-chizma. Auditning umumiy malaka va etika standartlari:


Xulosa standartlari:

  1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi.

  2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak.

  3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa.

  4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak.

AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi. Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar:

  1. Auditning maqsadi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotning ishonch darajasini oshirishdan iborat. Auditor moliyaviy hisobot bo’yicha xulosa bildirganda bu maqsadga erishiladi.

  2. Audit bu menejment tayyorlangan moliyaviy hisobotlar, moliyaviy hisobotlar ustidan ichki nazoratni ta’minlash, va auditor uchun tegishli axborot bilan ta’minlash va auditorga foydalanishga ruxsat bulishiga asoslangandir.

Majburiyatlar

  1. Auditorlar tegishli vakolat va imkoniyatlarini saqlab qolish uchun audit davomida professional shubha va axloqiy talablarga rioya qilish kerak

Taqdim etish

  1. Auditor moliyaviy hisobotlardagi muhim xato mavjud bo’lganda sabablarini bilishi lozim.

  2. Asosli sabablarini olganda auditor rejalashtirish va kuzatishi, muhimlik darajasini aniqlashi, jiddiy xatolarni riskini aniqlashi, audit dasturini tuzish va amalga oshirish uchun risklarni baholashi.

  3. Auditda auditor moliyaviy hisobotlarda mavjud jiddiy xatolar haqida mutlaq ishonch bilan ta'minlash imkoniyatiga ega bo’lmagan tabiiy cheklovlar mavjud.

Hisobot

  1. Auditor to’liq izholay olmagan fikrini moliyaviy hisobotda jiddiy xatolik bo’yicha auditorlik xulosasida bildiradi

jadval
Auditorlik xulosasini shakllantirish jarayoni har bir bosqichning

Download 138 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling