3. Axborot tizimlarini yaratish tamoyillari Tizim tushunchasi va uning turlari Tizim va uning turlari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1QAPsi8rldOzcZbU3cNSFilo965POKwP
1
1. Tizim tushunchasi va uning turlari 2. Axborot tizimlarining turlari, klassifikatsiyasi va yaratish tamoyillari
turli jabhalari - iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy sohalarda, shuningdek oddiy so’zlashuvda, televidenie yoki gazeta-jurnallarda ham tez-tez qo’llanib kelinadi. Bir qaraganda amalda muomalaga kirib ketgan bu oddiy so’z aslida kibernetik atama bo’lib, grek so’zdan kelib chiqqan hamda qismlar yoki elementlar to’plamidan tarkib topgan va o’zaro bir-biri bilan bog’langan aniq bir butunlik, yagonalik tashkil qiluvchi degan ma’noni anglatadi.
belgilangan qoidalar asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan unsurlar to’plamidir. Bu ta’rifdan ko’rinib turibdiki, har qanday iqtisodiy ob’ektni o’z faoliyati jarayonida aniq maqsadga erishishga intilayotgan tizim sifatida qarash mumkin. Misol sifatida kompyuter tizimi, energetika tizimi, oddiy korxona, transport va boshqa tizimlarni keltirish mumkin. Tizim uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir: murakkablik; bo’linuvchanlik; yaxlitlik; elementlarining ko’p qirraliligi va ular tabiatining turliligi; tuzilmaviyligi. Tizimni murakkabligi - unga kiruvchi unsurlarni ko’pligi, ularni o’zaro hamkorligi, tashqi va ichki aloqalarinig murakkabliligiga bog’liq bo’ladi. Tizimning bo’linuvchanligi - tizimning aniq maqsadlarga javob beruvchi belgilariga asosan ajratilgan bir qator quyi tizimlar va elementlardan tashkil topganligini bildiradi.
maqsad uchun bo’ysundirilganligini bildiradi. Tizim elementlarinig ko’p qirraliligi va ular tabiatining turliligi - har bir elementi faoliyatining maxsusligi va avtonomligi bilan bog’liqdir. Tizimning tuzilmaviyligi - tizim ichidagi elementlar orasida munosabatlar va aloqalar o’rnatilganligi, tizim elementlarini ierarxik daraja bo’yicha taqsimlanganligini bildiradi. Tizimlar tashkil qilinishi va uning elementlariga bog’liq holda moddiy yoki mavhum tizimlar bo’lishi mumkin.
Bunday tizimning asosiy xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdan iboratdir.
2
bilimlar, gipotezalardan iborat bo’ladi. Tizimlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Murakkab tizimlar bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo’lib, bu unsurlar ham o’z navbatida quyi tizimlarga bo’linishi mumkin va ular orasidagi aloqalar murakkab bo’ladi.
tuzilishlarga ega bo’ladi. Vaqt davomida o’zgarishiga qarab esa statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o’zgarish bo’lmaydi, aksincha dinamik tizimning vaqt o’tishi bilan holati o’zgarib boradi. Tashqi muhit bilan aloqasiga qarab esa ochiq yoki yopiq tizimlar bo’lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashqi muhit bilan faol aloqada bo’lsa, yopiq tizim unsurlari tashqi muhitdan ta’sirlanmaydi. Bunga misol tariqasida maorif tizimini ochiq, energetika tizimini yopiq tizim sifatida olish mumkin. Tizimlar tarkibi hamda asosiy maqsadlariga ko’ra farqlanadi. Quyida 1- jadvalda turli elementlardan iborat bo’lgan va turli maqsadlarga qaratilgan bir qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. 1 - jadval Tizim tashkil etuvchilar va uning elementlari Tizim Tizim
elementlari Tizimning asosiy maqsadi Korxona
Xodimlar, jihozlar, texnologiya, ishlab chiqarish vositalari, materiallar, bino va shu kabilar Tovar ishlab chiqarish
Kompyuter Mikroprotsessor, monitor, printer, xotira, aloqa tarmoqlari va shu kabilar
Ma’lumotlarni qayta ishlash Telekommunikatsiy a tizimi Kompyuterlar, modellar, kabel, tarmoq dasturiy ta’minoti va shu kabilar Axborotlarni uzatish Axborot
tizimlari Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot, foydalanuvchilar Kasbiy axborotlarni ishlab chiqarish
Foydalanilayotgan bilimlarining turli tarmoqlarga tegishliligiga qarab tizimlar iqtisodiy, ilmiy, geografik kutubxona va boshqa tizimlarga bo’linadi. Bu tizimlar ichida iqtisodiy tizimlar jamiyat taraqqiyotda va ijtimoiy hayotda muhim o’rin tutadi. Tizim ta’rifiga asosan, u biror maqsadga yo’naltirilgan uzoro bog’liq va aloqadagi unsurlar to’plami edi, shu kabi iqtisodiy ab’ekt ham tizim sifatida bir-biri bilan bog’liq ikki asosiy unsurdan tashkil topadi: ‒ boshqaruvchi su’bekt;
3
‒ boshqariluvchi ob’ekt Bu unsurlar o’rtasida doimiy aloqa mavjud bo’lib, u juda katta ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy ob’ekt sifatida biron bir ishlab chiqaruvchi korxonani olsak, boshqaruvchi sub’ektga korxonaning rahbar bo’linmalari (direktor bo’lim boshliqlari), boshqariluvchi ob’ektga esa korxona tsexlari, ishlab chiqarish bo’limlari misol bo’la oladi. Agarda boshqaruvchi sub’ektdan boshqariluvchi ob’ektga biron bir ma’lumot yuborilsa, bunday bog’lanish to’g’ri aloqa deyiladi. Bunga misol qilib yana ko’rilayotgan korxonamizdagi tuzilgan rejalar, buyruqlar va turli xil ko’rsatmalarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. Agarda
aksincha bo’lsa,
ma’lumotlar boshqariluvchi ob’ektdan boshqaruvchi sub’ektga borsa - tizim tashkil qiluvchi unsurlar o’rtasida teskari aloqa o’rnatilgan deyiladi.
yoki muammoni echish bo’yicha axborotlar kelib tushgan shaxsdan («kirish») kelib tushuvchi turli ishlab chiqarish axborotlarini ta’riflaydi. Teskari aloqa axborotlarining kelib tushishi sifatsiz qarorlar, iste’molchilarning qarorlarni aniqlash va qayta ishlash haqidagi qo’shimcha talablar, yangiliklar va boshqa omillarning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Boshqarish tizimi moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish sohasidagi mo’ayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Umumiy holda olganda, boshqaruv tizimi faoliyat ko’rsatish va maqsadga erishishi uchun quyidagi zarur bo’lgan shart-sharoitlarni ko’rsatish mumkin: ‒ boshqarish ob’ektining mavjudligi; ‒ boshqarish tizimi mustaqil harakat qila olishi uchun zarur bo’lgan muayyan huquqlarga ega bo’lishi; ‒ mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi; ‒ boshqaruvchi sub’ektning boshqariluvchi ob’ekt to’g’risida to’liq ma’lumotlarga ega bo’lishi. Tizimni boshqarish o’z oldiga qo’ygan maqsadiga ma’lum bir vazifalarni amalga oshirish orqali erishadi. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv vazifalarini bir tomonlama belgilangan to’plami aniq ajratilib ko’rsatilmagan, ammo bu vazifalarni ma’lum darajada quyidagi darajalarga ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Iqtisodiy tahlil - bu bo’lib o’tgan va davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, ularni bo’lib o’tish sharoitlari, natijalari, vujudga kelgan muammolarini o’rganish va tahlil qilishdir. 2. Bashorat qilish - bo’ladigan vaziyatlarni oldindan ilmiy asoslarga ko’ra bilish, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va ularga ta’sir qiluvchi sharoitlarni gipotezalari, modellarini ishlab chiqishdan iborat bo’ladi. Bashoratlar qabul qilingan boshqaruv qarorlarini ehtimol bilan ko’zda tutilgan natijalari va okibatlarini baholashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. 3. Rejalashtirish - boshqarilayotgan iqtisodiy ob’ektning kelgusi holatini, bu holatga etishish yo’llari va usullari hamda buning uchun zarur bo’lgan resurslarni belgilab berilishidir.
4
4. Takompyuteril qilishning - mohiyati hamkorlikdagi faoliyatni (boshqaruvchi va boshqariluvchi) amalga oshiruvchi kishilar, xodimlar, texnika va texnalogiyalar guruhi harakatlarini tartibga solib
muvofiqlashtiruvchi boshqaruvdan iborat. 5. Hisob - boshqaruv ob’ektining moddiy va moliyaviy holati, ob’ektning resurslari, moddiy boyliklari, pul mablag’lari, shaxsiy va o’zgalar qarzining hujjatli qayd etilishi.
yakuniy hisoboti, boshqaruv faoliyati natijalarini baholash tushuniladi. 6. Nazorat - qabul qilingan boshqaruv qarorlari va boshqaruv ta’sirlarining bajarilishi hamda qonunlar, xo’jalik faoliyatining qoidalari, me’yorlariga rioya qilinishi ustidan faol kuzatishni, haqiqatda bajarilishini amalga oshirish.
Yuqorida ko’rsatilgan funktsiyalar ichida eng muhimi qaror qabul qilish hisoblanadi. Qaror qabul qilish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi: muammolarni aniqlash va maqsadni shakillantirish; axborotlarni qidirish va ularni shakillantirishni ishlab chiqish; resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishlab chiqish; maqsadlarni muvofiqlashtirish va vaziflarni amalga oshirish; kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish. Boshqaruv amaliyotida eng ko’p mehnat talab qiladigan jarayon axborotlarni tiklash va to’plashdir. Shu o’rinda boshqaruv ob’ektida axborot texnologiyalarini mavjudligi va rivojlantirilishi muhim o’rin tutadi. Xulosa qilib aytganda, boshqarilayotgan ob’ektdan teskari aloqa orqali kelib tushayotgan ma’lumotlar oqimi axbortlar bilan ta’minlash manbai hisoblanadi. Qaror qabul qilishning qo’llab-quvvatlash axborot tizimi tarkibiga uchta asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va quyi tizim dasturlari kiradi. Ma’lumotlar bazasi qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborotlar texnologiyasida muhim
o’rin tutadi.
Ma’lumotlar bevosita foydalanuvchi tomonidan matematik modellar yordamida hisob-kitoblar qilish uchun foydalanilishi mumkin. Modellar bazasini yaratishdan maqsad ayrim ob’ekt yoki jarayonlarni tasvirlash va qulaylashtirishdir. Modellardan foydalanish qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlashning axborotlar tizimida tahlil o’tkazishni ta’minlaydi. Aniq algoritmlar yordamida muammoning matematik talqiniga asoslangan modellar to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi. Axborot tizimlari tarkibida modellardan foydalanish statistik usullar va moliyaviy tahlil usullarini qo’llashdan boshlanadi, ular odatdagi algoritmik tilda buyruq berib amalga oshiriladi. Qaror qabul qilishni qo’llab quvvatlashning axborotlar tizimlarida modellar bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo’ladi. Strategik modellar boshqaruvning oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, unga erishish uchun zarur bo’lgan zahiralar hajmlari, shuningdek bu zahiralarni 5
sotib olish va ulardan foydalanish siyosatini o’rnatish uchun foydalaniladi. Ular korxonalarni tanlash va raqobatchilar siyosatini oldindan bilishda foydali bo’ladi. Taktik modellar. O’rta bo’g’in boshqaruv xodimlari tomonidan mavjud zahiralardan foydalanishni taqsimlash va nazorat qilish uchun qo’llaniladi. Ulardan foydalanish sohalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: moliyaviy rejalashtirish, xodimlarga talablarni rejalashtirish; korxonalarni joylashtirish sxemasini qurish. Bu modellar odatda firmaning ayrim qismlariga (masalan ishlab chiqarish, sotish) qo’llanishi mumkin. Taktik modellarni qamrab oluvchi vaqtinchalik muddat bir oydan ikki yilgachadir. Operativ modellar boshqaruvning quyi darajalarida kunlar va hujjatlar bilan o’lchanuvchi mudatlarda aperativ qarorlar qabul qilishni qo’llab quvatlash uchun foydalaniladi.
bloklar, modullar va ish tartibi jamlamasidan iborat bo’ladi. Bunga chiziqli dasturlashtirish, vaqtinchalik xatarlarning statistik tahlili, regresiv tahlil va oddiy ish tartibidan (protsedura) murakkab dasturlar to’plamigacha kirish mumkin. Model, blok va ish tartiblari alohida ham, modellarni qurish va quvatlash uchun kompleks holda ham foydalanilishi mumkin. Boshqaruv tizimining asosiy vazifalaridan biri qaror chiqarish funktsiyasi. Bu funktsiya o’z-o’zidan sodir bo’lib qolmay: birinchidan - to’liq axborotlar bo’lishi kerak; ikkinchidan - axboratlarni yig’ish, saqlash, uzatish va shu kabi axborotlashirish jarayonlariga tegishli ishlar amalga oshirilishi lozim. Ana shular e’tiborga olinsa, boshqaruv tizimida axborot tizimini shakllanishi uchun quyidagi uch unsurni bo’lishi shartdir: mutaxasislar; texnik vositalar; axborotlar. Shuning uchun ham axborot tizimi boshqaruv funktsiyalarini ifodalovchi - axborotlarni yig’ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshruvchi «inson-mashina» tizimi deb yuritilib, boshqaruvchi sub’ekt va boshqariluvchi ob’ekt o’rtasidagi to’g’ridan to’g’ri va teskari aloqalarini tutashtiradi, hamda tashqi axborotlar oqimini tizimga kiritadi va chiqaradi Bu tizimni yaratish uchun bir nechta tomoyillar ishlab chiqilgan. 2. Axborot tizimlarining turlari, klassifikatsiyasi va yaratish tamoyillari Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining hamma jabhalarida aloqa vositalari va kompyuterdan foydalanishga asoslangan yangi axborot texnologiyalarini qo’llanishi bilan bog’liq holda «axborot tizimi» degan ibora keng qo’llanib kelinadi. Agarda axborot tizimlari tashkil topish bosqichlarini e’tiborga oladigan bo’lsak, u holda ham moddiy (insonlar, hujjatlar, kompyuterlar), ham mavhum
6
(matematik modellar, bilimlar) tizimlarni o’z ichiga oluvchi dinamik tizimligi aniqlanadi. Axborot texnologiyasini yaratilishidan asosiy maqsad insonga ob’ekt holatini tahlil qilishi va shu asosda biron faoliyatni amalga oshirishi yuzasidan qaror qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi tavsifni berish mumkin.
ma’lumot olish maqsadida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullari majmuasidan (boshlang’ich ma’lumotlar) foydalanish jarayonidir. Iqtisodiy tizimlar boshqarish nuqtai nazaridan axborot tizimi kabi qaraladi va ko’pincha avtomatlashtirilgan tizim, deyiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarning talabiga muvofiq ravishda axborotlarni to’plash va tayyorlash, saqlash, uzatish va taqdim etishdan iborat. Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida axborotlarni saqlash, to’plash va ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning o’zaro bog’liq to’plami axborot tizimlarini tashkil qiladi (AT). Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari kompyuter va kommunikatsion qurilmalar, dasturiy ta’minot, lingvistik vositalar, axborot resurslari va tizim mutaxassisini o’z tarkibiga oluvchi majmuadir. Tizim qaror qabul qilmish va foydalanuvchining axborotlarga bo’lgan talablarini qondirish uchun mavjud dunyoning bior-bir qismining dinamik axborot modelini qo’llab-quvvatlaydi. Avtomatlashtirilgan ATning tarkibi 5-rasmda aks ettirilgan.
5-rasm. ATni tuzilmaviy elementlari Axborot texnologiyalari – axborotlarni to’plash, tshlov berish, saqlash, izlash va tarqatish kabi axborot jarayonlarini amalga oshirishni ta’minlovchi infra tuzilishdir. Axborot texnologiyalari axborot resurslaridan foydalanish, ularning operativligi va Автоматлаштирилган ахборот тизими Ахборот технологиялари Функционал қуйи тизим ва иловалар АТни бошқариш Ишлаб чиқариш Бухгалтерия Молия
Ходимлар Маркетинг Таъминот Техник воситалар Дастурий воситалар Маълумотлар Телекоммуникациялар Ходимларни Фойдаланувчиларни Оператив Молияни Сифатни
Хавфсизликни АТни
ривожлантиришни 7
ishonchliligini oshirish jarayonlari talab etadigan mehnat sarflarini kamaytirish uchun mo’ljallangan. Funktsional quyi tizim va ilovalar – aniq funktsional sohada qaor qabul qilishda hujjatlarni tayyorlash maqsadlari uchun axborotlarga axborot texnologiyalariga asoslangan tahlil qilish va ishlov berishni ta’minlashga mo’ljallangan muvofiqlashtirilgan dasturlardir. ATni boshqarish — axborot texnologiyalari, funktsional quyi tizimlar va ular bilan bog’liq bo’lgan mutaxassislar optimal o’zaro hamkorligini hamda ularni rivojlanib borishini ta’minlovchi komponentdir. Har qanday axborotlar tizimi biron-bir predmet sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Predmet soha deyilganda aniq xususiyat va unda ahamiyatga molik bo’lgan predmetlarga ega inson faoliyatining bilimlarva muammolar sohasi tushuniladi. Bunda har bir AT uni qo’llash sohasiga mos keluvchi aniq funktsiyalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Maqsad funktsiyalariga ko’ra ATni shartli ravishda quyidagi asosiy toifalarga ajratish mumkin (6-rasm).
6-rasm. AT turlari Iqtisodiy ob’ektlarni boshqarish turli darajalari uchun axborotlarni taqdim etish va ishlov berish bilan bog’liq iqtisodiy axborot tizimlari (IAT) jamiyat hayotida alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bu axborotlar samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida ro’yxatga olish, nazorat, tahlil, rejalashtirish va tartibga solish funktsiyalarini yanada to’liq bajarilishini ta’minlaydi. Davlat boshqaruvi tizimi darajasi bo’yicha IAT viloyat va hududiy ahamiyatga ega IATga bo’linadi. Iqtisodiy ob’ektlarni faoliyat ko’rsatish sohasiga bog’liq holda IATni sanoat va nosanoat soha AITga ajratish mumkin. Бошқарув ИАТ
ҚҚҚҚ АТ Таълим АТ Ахборот- ҳисоблаш Бошқарув даражасига бўйича Ахборот-
маълумотнома Автоматлатирилган ахборот тизимлари Бошқарув объектлари бўйича Давлат
Регионал Ҳудудий
Носаноат соҳа Саноат-ишлаб чиқариш соҳаси
8
rahbar AT – aniq vaqt mobaynida kompaniya faoliyati natijalarini ifodalab beruvchi ma’lumotlarni tahlil etish asosida holatni tatqiq etish, bashoratlash, rivojlanishi va baholashni mumkin bo’lgan yo’nalish variantlarini aniqlash imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday tizimlarda zamonaviy OLAP (OnLine Analytical Processing — ma’lumotlarga operativ analitik ishlov berish)ma’lumotlar bazasi qo’llaniladi.
katta hajmli hisob-kitoblarni olib borish va agarda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish murakkab hisoblashlarga asoslanadigan holatda QQQQTda foydalaniladi. Ularga ALT (avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari) va nazoratni immitatsion ko’rgazmalari tegishlidir.
ega axborotlarni to’plash, saqlash, izlash va taqdim etishga mo’ljallangan bo’ladi va turli malaka sohalaining barchasida foydalaniladi.
ishbilarmonlik o’yinlarini ta’minlovchi tizimlar,trenajur va trenajerlik majmualari kiradi. Ular mutaxassislarni tayyorlash uchun mo’ljallangan va o’qitish, ta’lim jarayonini boshqarish hamda uning natijalarini baholash uchun mo’ljallangan. Boshqaruvning iqtisodiy ob’ektning ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalash, mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqarish va to’ldirishdan mahsulotlardan foydalanishni tahlil etishgacha bo’lgan barcha tsikllarni qamrab oluvchi barcha funktsiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan AT integrallashgan deb nomlanadi.
bo’lgan firma yoki korxonani barcha boshqaruv funktsiyalarini avtomatlashtiruvchi tizimdir. Kompyuter texnika va aloqa vositalarining hozirgi rivojlanishida boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish turli toifadagi foydalanuvchilarga ular oldida turgan masalalarni tez va samarali echishga imkon yaratadi.AT foydalanuvchilarini to’rt toifaga ajratish mumkin: 1. Tizim ma’muri – tizimdan foydalanishga mas’ul bo’lgan va uni ishlash xususiyatini ta’minlovchi, oxirgi foydalanuvchilar talabini tushunib etadigan, ular bilan hamkorlikda ishlovchi va yuklash, ximoya va ma’lumotlar bankini samarali ishlashini aniqlab beruvchi mutaxassis (yoki mutaxassislar guruhi). 2. Amaliy dasturchilar – amaliy masalalarni echish uchun dasturlar ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasiga bo’ladigan so’rovlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. 3. Tizim dasturchilari – axborot tizimini quvvatlab turadi va uning ishlash xususiyatini ta’minlab turadi, kompyuterlar bazaviy dasturiy ta’minotini (operatsion tizim, ma’lumotlarni boshqarish tizimi, translyatorlar, umum mo’ljallangan servis dasturlar) ishlab chiqish va kuzatib borish bilan shug’ullanadi. 4. Oxirgi foydalanuvchi (axborotlar iste’molchisi) – manfaatlariga AT ishlayotgan shaxs, jamoa. AT bilan har kuni ishlaydi, faoliyatni chegaralangan sohasi bilan bog’langan va odatda dasturchi hisoblanmaydi. Masalan, buxgalter, marketolog, moliya menejeri, bo’linma boo’lig’i va shu kabilar.
9
AAT o’z tarkibiga ko’plab avtomatlashtirilgan ish joylari, kommunikatsiya va axborot almashish vositalari, xodim ishini avtomatlashtirishga imkon beruvchi boshqa vosita va tizimlarni olishi mumkin. Iqtisodiy ob’ektlarni (korxona, bank, savdo tashkilotlari, davlat muassasalari va shu kabilar) boshqarish uchun ATni qo’llash samaradorligi boshqaruv funktsiyalarini ular asosida
qamrab olish
ko’lami va
integrallashganligi, boshqaruv qarorlarini operativ tayyorlash, tashqi muhit va foydalanuvchilarni axborot talablarini
o’zgarishiga moslasha olish
xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Bunda har bir AT uni qo’llash sohasiga mos keluvchi aniq funktsiyalarni bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: axborot ta’minoti tizimi; maqsadli faoliyat ko’rsatuvchi tizim. Axborot ta’minoti tizimi har qanday ABTning tarkibiga kiradi.
axborot-qidiruv tizimlari; axborot-ma’lumotnoma beruvchi tizimlar; axborot-boshqaruvchi tizimlar. Axborot-qidiruv va axborot-ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va taqdim etish uchun mo’ljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki qismdan iborat: axborotlarni yig’ish va saqlash; axborotlarni qidirish va foydalanuvchiga berish. Ma’lumotlarni tarqatish usuliga ko’ra axborot qidiruv tizimlari uch turga bo’linadi: axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim; berilgan talab bo’yicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim; umumlashtirilgan tizim. Axborot-boshqaruvchi tizimlardan, asosan, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi. Zamonaviy sharoitda axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan axborot tizimining texnik tarkibiga meynfreym yoki super kompyuter kirishi mumkin. Bundan tashqari, axborot tizimi tarkibiga inson ham kiradi, chunki ishlab chiqilayotgan axborot unga mo’ljallangan bo’ladi va uning ishtirokisiz bu axborotlarni olish yoki taqdim qilish mumkin emas. Axborot tizimi ham qolgan barcha iqtisodiy tizimlar kabi tizimning barcha xususiyatlariga ega bo’lib, murakkab va dinamik tizimni ifoda qiladi. Axborot tizimlari umumiy holda ikki guruhga ajratiladi: ‒ texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi; ‒ tashkiliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi (avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari).
10
Texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan axborot tizimlari uzluksiz xususiyatdagi ishlab chiqarish sohalarida tashkil qilinadi. Bunday tizimlarda boshqarish ishlari jarayonlarga o’rnatilgan turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Inson bunday tizimlarda kuzatuvchi vazifasini o’taydi. Takompyuteriliy boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarida inson birlamchi, texnik vositalar ikkilamchi vazifani o’taydi. Takompyuteriliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborot tizimi quyidagi belgilarga ko’ra turkumlanadi:
umumdavlat miqyosidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi; tarmoqlararo avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (moliya); tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi; korxonani boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi; avtomatlashtirilgan ish joylari; Funktsiyalarni boshqarishni avtomatlashtirilgan darajasiga ko’ra: axborot maslahat beruvchi tizimi; axborot qidiruv tizimi; axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim; axborot o’qitish tizim;
davlat qaramog’idagi tizim; xo’jalik hisobidagi tizim. Axborot tizimlari avtomatlashtirilish darajasiga bog’liq holda qo’lda bajariladigan, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va avtomatik axborot tizimlariga bo’linadi. Qo’lda bajariladigan axborot tizimlarida axborotlarga ishlov berish bo’yicha barcha operatsiyalar, jumladan axborotlarni yig’ish va ularga ishlov berish inson tomonidan bajariladi.
ma’lumotlarga ishlov berishning bir qismi avtomatik, bir qismi esa inson tomonidan bajariladi. Masalan, korxona faoliyatiga tegishli bo’lgan resurslarga taalluqli axborotlarni yig’ish, ishlov berish va taqsimlash avtomatlashtirilgan bo’ladi, qaror qabul qilish esa asosan xodim tomonidan bajariladi.
vazifalari va ma’lumotlarga ishlov berish insonning ishtirokisiz faqat texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, texnologik jarayonlarni, stanok, konveyrlarni avtomatik boshqarish. Aytaylik, xona haroratini bir xilda ushlab turish uchun xonaga gaz uzatgich, gaz yoqgich va indikator o’rnatiladi. Axborot tizimlarlarining tuzilishi boshqaruv jarayonlarini turlariga qarab quyidagi tuzilishga ega bo’lishi mumkin: ilmiy tadqiqot axborot tizimlari; avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimlari; ob’ektni tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari; tashkiliy-texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimlari.
11
statistik axborotlarni tahlil etish, biron bir ob’ekt ustidan o’tkaziladigan tajribalarni boshqarish uchun yaratiladi. Avtomatlashtirilgan loyihalash axborot tizimlari - muhandis-loyihachilar va yangi texnika (texnologiya) ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirish uchun yaratiladi.
xodim vazifalarini avtomatlashtirish uchun yaratiladi. Bu sinfga sanoat (korxona) va nosanoat (banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, mehmonxona va boshqalar) va alohida ofislarni (ofis tizimlari) boshqarish axborot tizimlari kiradi.iqtisodiyotni boshqarishni barcha bosqichida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ob’ekt bo’lib xizmat qiladi, jumladan ular: bank AT, moliya AT, sug’urta AT, bojxona AT, fond bozori AT, statistika AT, marketing AT, sanoat korxonalari AT - unda asosan buxgalteriya AT asosiy o’rinni egallaydi.
- bu korxonadagi texnologik jarayonlarni ham, korxonani boshqarish jarayonlarini ham e’tiborga oluvchi, o’zida ko’p darajali tizimni ifodalovchi tizim. Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimlari - turli texnologik jarayonlarni boshqarish uchun yaratiladi (egiluvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va boshqalar), texnologik kurilmalar, dastgohlar, avtomatik liniyalarni boshqarishni ta’minlovchi “inson-mashina” tizimi Boshqarish vazifalarini yoki ma’lumotlarga ishlov berishning bir qismi avtomatik, bir qismi esa inson tomonidan bajariladi. Masalan, korxona foliyatiga tegishli bo’lgan resurslarga taalluqli axborotlarni yig’ish, ishlov berish va taqsimlash avtomatlashtrilgan bo’ladi, qaror qabul qilish esa asosan xodim tomonidan bajariladi. Boshqaruv tizimining qaysi darajasida foydalanishiga qarab sohaviy, xududiy, tarmoq axborot tizimlariga ajratiladi. Bunday axborot tizimlari bir vaqtni o’zida tashkiliy boshqaruvga, so’ngra boshqaruvni yuqori darajasiga xizmat qiladi. 1. Sohaviy axborot tizimlari - sanoat, agrasanoat majmualari tarmoqlarida, qurilish, transport tizimlarida faoliyat yuritadi. Bu
tizimlar tegishli muassasalarning boshqaruv apparatlariga xizmat ko’rsatish masalalarini hal qiladi. 2. Xududiy axborot tizimlari - ma’muriy-xududiy tumanlarni boshqarish uchun mo’ljallangan. Xududiy axborot tizimlarining faoliyati regionda boshqaruv funktsiyalarini sifatli amalga oshirish, hisobotlarni shakillantirish, mahalliy, davlat va xo’jalik idoralariga tezkor ma’lumotlarni etkazib berishga mo’ljallangan. 3. Tarmoqlararo axborot tizimlari - milliy iqtisodiyotni boshqarish xizmat idoralarining ixtisoslashtirilgan tizimlaridir. Bunday xizmat idoralariga bank, moliya, ta’minot, statistika kabilarni kiritish mumkin. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari - kompyuter va axborotlarni uzatish kommunikatsiya tarmoqlarini qo’llash orqali axborot jarayonlarida foydalanuvchilarni yuqori darajadagi foydalanuvchi interfeysi bilan ta’minlash, umum va muammoli quyilgan amaliy dasturlar paketlarini keng qo’llash, 12
foydalanuvchining kompyuter hisoblash tarmoqlari orqali ma’lumotlar bazasi va dasturlariga kirish imkoniyatidir. Texnalogik jarayonlarda qo’llaniladigan axborot tizimlar asosan dasturiy doirada ko’riladi va o’z ichiga matnli ishlov berish, elektron jadvallar avtomatlashgan MB, grafikali va ovozli axborotlarga ishlov berish, multimedia kabi tizimlarni o’z ichiga oladi.
Axborot tizimlarini yaratish tamoyillarini umumiy holda to’rt qismga bo’lish mumkin: iqtisodiy-tashkiliy tamoyillar; texnikaviy tamoyillar; iqtisodiy tamoyillar; ijtimoiy tamoyillar. Keltirilgan qismlar ichida eng muhimi iqtisodiy-tashkiliy tamoyil asosiy o’rinni egallab, o’z navbatida bu qism tarkibiga quyidagi tamoyillar kiradi: tizimli yondashish; uzliksiz rivojlanish; yagona rahbarlik; yangi masalalarni echish tamoyili; o’zaro aloqadorlik tamoyili; ma’lumotlarni bir marta kiritib ko’p marta foydalanash tamoyili.
qilinayotgan boshqarish sub’ektining foaliyati to’liq o’rganiladi. Bunda sub’ektning aylanma hujjatlari, iqtisod masalarini echish usullari va muddatlari o’rganil Uzluksiz rivojlanish tamoyili - unga muofiq yaratilgan axborot tizimlari doimo harakatda va rivojlanishda bo’lishi lozim. Uning rivojlanishi esa fan texnika taraqqiyotida yangi texnalogiyalarni ishlab chiqarishga va uni amaliyot uchun joriy qilishga bog’liq bo’ladi. Yagona rahbarlik tamoyiliga ko’ra axborot tizimlarini yaratish vazifalari xodimlar guruhi o’rtasida taqsimlanadi, hamda bu ishlarning bajarilishi tegishli rahbar tomonidan nazorat qilinadi.
hisob-kitob masalalarini echish bilan chegaralanib qolmay, balki istiqbolni belgilash hamda optimallash masalarini ham echishi lozim bo’ladi. Bunday masalalarni echishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalaniladi. O’zaro aloqadorlik tamoyillari - unga ko’ra bir sohada tashkil qilingan axborot texnologiyasi boshqa tarmoqdagi tizimlar bilan har doim aloqada bo’ladi. Bunday holda foydalanilayotgan ma’lumotlar ma’lum darajada umumiy bo’lib, boshqa tizimlarda ham qo’llaniladi. Ma’lumotlarni bir marta kiritib ko’p marta foydalanish tamoyili - unga muvofiq doimiy va shartli-doimiy bo’lgan axborotlar kompyuter xotirasiga bir marta kiritiladi. Bunday usulda axborotlarga ishlov berishning tezligi ortadi va tegishli qarorlarni yaratish muddatlari qisqaradi. Bundan tashqari axborot tizimlari 13
kam xarajatlar adi, hamda ularni avtomatlashtirish to’g’risida tegishli xulosalar qabul qilinadi.bilan katta natijalar olinishiga imkon berishi mumkin va bu samaradorlik axborot tizimining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tamoyilida ifodalab beriladi.
sifatida ikki qismdan tashkil topadi: a) ta’minlovchi qism; b) funktsional qism. Amaliy jihatdan axborot tizimlarini ma’lumotlarga ishlov berish barcha tizimlari ularni qo’llash sohasidan qat’iy nazar, ta’minot ko’rinishi bilan nomlanuvchi bir xil ta’minot tarkibiy qismlar to’plamini o’z ichiga oladi.
faoliyatini belgilab beradi. Bular quyidagilardan iborat: tashkiliy ta’minot; axborot ta’minoti; matematik va dasturiy ta’minot; texnologik ta’minot; lingvistik ta’minot ergonomik ta’minot; huquqiy ta’minot; texnik ta’minot; mutaxassislik ta’minoti. 1. Takompyuteriliy ta’minotning asosiy vazifasi boshqarish sub’ektida axborot texnologiyalarini tashkil qilish maqsadga muvofiq yoki muvofiqmasligi to’g’risida qarorni ishlab chiqishga qaratilgan. 2. Axborot ta’minoti - axborotlarni tashkil qilishva joylashtirish uchun usul va vositalar to’plamidir. O’z ichiga klassifikatsiyalash va kodlashtirish tizimlarini, mashina ichki axborot bazasini yaratish usullarini oladi. Ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga qabul qilinayotgan qarorlarning ishonchliligi va sifati ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Axborot ta’minoti boshqarish sub’ekti faoliyatida xizmat qiluvchi barcha ma’lumotlarning to’plamidan tashkil topadi. 3. Matematik va dasturiy ta’minot boshqarish sub’ekti masalalarining echilish yo’llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi. 4. Texnologik ta’minot to’plangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi. 5. Lingvistik ta’minot - axborot texnologiyalarini ishlab chiqishning samaradorligini ko’tarish uchun MIBTni yaratish va foydalanish turli davrlarida foydalaniladigan va inson bilan kompyuter muloqotini ta’minilovchi til vositalari to’plamini ifoda qiladi. Lingvistik ta’minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi. 6. Ergonomik ta’minotning vazifasi axborot texnologiyalari unsurlarining faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib beradi. 14
7. Huquqiy ta’minot - axborot tizimini yaratilishi va faoliyat yuritishini nazorat qilish huquqiy normalarini ifoda qiladi. Xuquqiy ta’minot boshqarish sub’ekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va xuquqlarini belgilaydi. 8. Texnik ta’minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos holda tegishli texnik vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi. 9. Mutaxassislik ta’minoti axborot texnologiyalari tizimlarini bilan ta’minlanadi. Axborot texnologiyalarining funktsional qismi u faoliyat ko’rsatayotgan sohaning mohiyatiga bog’liq bo’lib, undagi echilayotgan masalalar to’plamiga asosan orqali tashkil qilinadi.
belgilanmagan va umumiy holda boshqarish funktsiyalari asosida tashkil qilinadi. Masalan, umumiy holda, savdo sohasida quyidagi funktsional tizimlar mavjud: tovar aylanishini boshqarish; tovar harakatini boshqarish; talab va taklifni boshqarish; buxgalteriya hisobi; ish haqi va mehnatni boshqarish; moddiy texnika ta’minotini boshqarish; kapital qurilishni boshqarish; mutaxassislarni boshqarish va boshqalar.
vaqt va fazoda o’zaro bog’langan, korxona oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi uchun zarur ishlar to’liq majmuasi - boshqaruv tizimining vazifalari tushuniladi. Amaliy jihatdan yuqorida ko’rib chiqilgan axborot tizimlarini barcha ko’rinishlari ularni qanday sohalarda qo’llanishidan qat’iy nazar quyidagi doimiy komponentlar to’plamini o’z ichiga oladi: funktsional komponentlar; ma’lumotlarga ishlov berish tizimi komponentlari; tashkiliy komponentlar (7-chizma).
Ахборот тизими Функционал қуйи тизимлар (модуллар, бизнес
иловалар) Маълумотларга ишлов бериш тизими компонентлари (МИБТ) Ташкилий компонентлар (ходим)
Функционал комонентлар Ахборот таъминоти Дастурий таъминоти Фирманинг янги ташкилий тузилиши
15
7- chizma. Axborot tizimlarini yaratish komponentlari Haqiqatan ham, boshqaruvning har qanday murakkab vazifalari yanada kichikroq bir qator tarkibiy masalalarga ajratiladi va oxir oqibat bevosita ijro etishga olib kelinadi. Aynan alohida xodim tomonidan u yoki bu masalalarni qanday bajarilishiga butunlay firmaning natijaviy masalalarni hal qilishidagi yutuqlari bog’liq bo’ladi. Shunday qilib, boshqaruv ta’sirining barcha murakkab to’plamlaridan tortib, xizmat pog’onasidan qat’iy nazar, har bir aniq ijrochining oxirgi natijalari korxona oldida turgan umum masalalarni echishga qaratilgan bo’ladi. Boshqarishning barcha jarayonlari korxona yoki uning tuzilmaviy bo’linmalarini chiziqli rahbarlikka (masalan, ma’muriy) yoki funktsional rahbarlikka (masalan, moddiy-texnik ta’minot, buxgalterlik hisobi va boshqalar) olib kelinadi. Shuning uchun funktsional alomatlariga qarab axborot tizimlarini yaratish boshqarishning funktsiyalar tizimini amalga oshirishda funktsional quyi tizimlar (funktsional modullar, biznes ilova) deb nom olgan uning alohida qisimlarini ajratilishini o’z ichiga oladi. Funktsional alomatlar quyi tizimning qo’yilishini aniqlab beradi, faoliyatning qanday sohasiga, ya’ni tayinlanishni qanday asosiy maqsad, masalalar va funktsiyalarni bajarishini aniqlab beradi. Funktsional quyi tizimlar mohiyatan axborot tizimlarining predmet sohalariga (qo’llash doirasiga) bog’liq bo’ladi.
Malumotlarga ishlov berish tizimining asosiy vazifasi-ma’lumotlariga ishlov berish na’munaviy jarayonlarni amalga oshirishdir (10- chizma) va ular: ‒ axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish va mashina tashuvchilarga o’tkazish; ‒ axborotlarni saqlash va ishlov berish joyiga uzatish; ‒ axborotlarni kompyuterga kiritish, kiritishni va kompyuter xotirasida joylashtirishni nazorat qilish; ‒ ob’ektni boshqarishda funktsional masalalar tizimini echish uchun axborotlarga kompyuterda ishlov berish (yig’ish, saralash, tahlil qilish, tanlash, mantiqiy va arifmetik ishlov berish); Функционал масалалар Моделлар ва алгоритмлар Техник таъминот Ҳуқуқий таъминот Лингвистик таъминот Ходимлар (штатлар, лавозимлар йўриқномалари)
16
‒ axborotlarni jadval, diagramma, texnalogik jarayonlarni to’g’ridan-to’g’ri boshqarish uchun signallar ko’rinishida chiqarish, boshqa tizimlar bilan aloqa uchun axborotlar chiqarish; ‒ lokal va global hisoblash tarmoqlarida hisoblash jarayonlarini (hisoblash jarayonida rejalashtirish, ro’yxatga olish, nazorat, tahlil qilishni amalga oshirish) tashkil qilish va boshqarish. MIBT uchta asosiy: paketli, interaktiv, real vaqt masshtabi tartiblarida ishlashi mumkin.
paketi, ya’ni masalalar ketma-ketligi bajarilgandan so’ngina berilishi xususiyatlidir. Paketli tartibda ishlovchi tizimga misol sifatida solik inspektsiyasi, kassa hisob-kitobi markazlari, banklani statistik hisob-kitoblar tizimini keltirish mumkin. Bu tartibning kamchiligi foydalanuvchining axborotlarga ishlov berish jarayonlaridan chetlashtirilganligidir, bu esa boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezkorligini tushirib yuboradi. Interaktiv (muloqot) tartibda ishlashda foydalanuvchi va tizim o’rtasida xabar ayriboshlash amalga oshiriladi. Foydalanuvchi so’rov natijalarini fikrlab ko’radi va keyingi ishlov berishlar uchun tizimga qabul qilgan qarorini kiritadi.
xalqaro global tarmoqlarida bank axborotlariga ishlov berish va uzluksiz texnalogik jarayonlarni boshqarish uchun foydalaniladi.
Aslini olganda axborot tizimini paydo bo’lishi kishilik jamiyatining paydo bo’lishiga borib taqaladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida qabilalarga boshqa bir dushman qabila bostirib kelishida ularni avvaldan tashkil qilingan tepaliklarga o’t yoqib yoki boshqa biron-bir belgilar yordamida o’z qabiladoshlariga xabar berganlar, ov qilish jarayonida ham qandaydir o’ziga xos belgilar qtyish asosida boshqa qabiladoshlarini izidan ergashtirib borgan. Keyinchalik yozuvni paydo bo’lishi, pochta, telegraf va telefonlarni yaratilishi bu tizimni sekin asta takomillashuviga olib keldi. Ammo aloqa tarmog’ini rivojlanishi, kompyuterlar, kompyuterlar tarmog’ini yaratilishi o’ta darajada takomillashgan zamonaviy axborot tizimlarini tarkib topishiga olib keldi. Oxirgi 30 yildan ortiq davrdagi axborot tizimlarini rivojlanish yo’nalishi mayatnik sifat ko’rinishga ega bo’ldi: o’tgan asrning saksoninchi yillari o’rtalarigacha ustivor bo’lib kelgan va asosida meynfreymlar bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berishning markazlashgan modeli qisqa vaqt davomida o’z o’rnini kompyuterlar bir darajali lokal tarmoqlarining taqsimlangan arxitekturasiga bo’shatib berdi, biroq hozirgi davrda qaytadan tizim resurslarini markazlashtirishga qaytish munosabatlarini kuzatish mumkin. Hozirgi kunda o’zidan oldingi avlodlarning hamma ustunliklarini samarali birlashtirgan «mijoz-server» texnologiyalariga e’tibor ortib bormoqda. 17
Axborot tizimlarini rivojlanishida bir nechta avlodlari farqlanadi. Axborot tizimlari yaratilishi va rivojlantirilishi asosan kompyuterlarni yaratilishi bildan bog’liq bo’lib, uni rivojlanishini 5 bosqichga bo’lib ko’rish qabul qilingan Birinchi avlod axborot tizimlari. 1950 yil oxiri - 1960 yil boshi - mahsulotlarni hisobga olish, oylik maoshlarini hisoblash bo’yicha ko’p mehnat talab qiluvchi masalalarni alohida optimallashtirilgan masalalarini echishda kompyuterlarni qo’llashning bu axborot texnologiyalari turida ma’lumotlarga qisman ishlov berilgan.
kompyuter asosida «bitta korxona-bitta ishlov berish markazi» tamoyilida qurilgan, funktsional vazifalarni (ilovalarni) bajarilishi standart muhiti sifatida IBM firmasining MVS operatsion tizimi xizmat qilgan. Joriy va reja axborotlariga elektron ishlov berish, kompyuter xotirasida ma’lumot yuritish normativlarini saqlash mashina ma’lumotlarini qog’ozli tashuvchilarga chiqarish amalga oshirilgan. Axborot texnologiyalari turi - ma’lumotlarga ishlov berish elektron tizimi - MIBET deyilgan. 1970 yillar korxona va tashkilotlar faoliyati boshqaruv jarayonlarining barcha bosqichlarida axborotlarga kompleks ishlov berilgan moddiy-texnik ta’minot, transport tashishlardagi mahsulotlar harakati va zahiralar nazorati, tayyor mahsulotlarni ishlatilish hisobi, rejalashtirish va boshqaruvni ABTga o’tish davri - axborot texnologiyalarining turi jamoa bo’lib foydalanishli hisoblash markazlari sharoitida axborotlarga markazlashgan ishlov berishdan iborat bo’lgan. Axborot tizimlarining uchinchi avlodi - 1970-1980 yillar. Markazlashtirilmagan axborot tizimlariga o’tishdagi birinchi qadamlar. Foydalanuvchilar hisoblash jarayonlarida DEC VAX
turidagi mini
kompyuterlardan foydalanib ofislar va kompaniya bo’limlarining axborot texnologiyalarini ilgari surdilar. Parallel ravishda OI2 turidagi yuqori ishlab chiqarishli MBBTni faol joriy qilish boshlandi. Shunday qilib, bu avloddagi axborot tizimining yangiligi markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi va amaliy paketlar asosiy fundamenti bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berish tizimlarini tashkil qilishning ikkinchi va uchinchi darajali modellari (markaziy kompyuter-ofis va bo’linmalarning mini kompyuterlari) bo’ldi.
Asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo’lgan shaxsiy kompyuterlarga ommaviy ravishda o’tish va tarmoqda taqsimlangan ishlov berishlar avj oldi. Korporativ biznesning mohiyati tarqoq holdagi ish joylarini yagona axborot tizimiga birlashtirishni talab qilar edi - hisoblash tarmoqlari va taqsimlangan ishlov berishlar paydo bo’ldi. Biroq juda tez orada bir darajali tarmoqda ierarxik darajaning birinchi belgilari ko’zga tashlandi: avval ajratib berilgan serverlar, qog’ozga chiqarish telekommunikatsiya serverlari, so’ngra ilovalar (funktsional vazifalar) serverlari. Tizimdagi hisoblash jarayoning qandaydir bosqichida ma’sul xodimning korporativ ma’lumotlar bazasini quvvatlab turishi va u bilan bog’liq markazlashgan ilovalarni bajarish kabi jarayonlar va axborot tizimi resurslarini bir 18
joyga to’plash talablari ortib borganligidan, bu talablarni IBM DEC, Hewlett- Packard, Sun va boshqa kompaniyalarnining UNIX-serverlari yordamida qondirildi. Shuning uchun server bozori kompyuter industriyasida vaqt bo’yicha tez o’sib boruvchi sektorga aylandi. Axborot tizimlarini to’rtinchi avlodini rivojlanishida bir darajali taqsimlangan ishlov berish g’oyasi sezilarli ravishda siqib chiqarila boshlandi va o’z o’rnini mijoz-serverning ierarxik modeliga bo’shatib berdi. 1980 yil - texnologiya jarayonlari ABT avtomatlashgan loyihalashtirish ishlari tizimi (ALIT), korxona ABT, tarmoq ABT, umumdavlat ABT-reja hisob kitoblari, statistika, material-texnik ta’minot, fan-texnika, moliya hisob kitoblari, ko’p foydalanuvchili axborotlarga markazlashtirilgan holda ishlov berish, hisoblash texnikalaridan foydalanishda qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish. Axborot texnologiyalarining turi - mini kompyuter. Kompyuter asosida texnologik echimlarni maxsuslashtirildi super kompyuterlar asosida axborotlarga ishlov berish usullarni unversallashtirish bilan o’z ma’lumotlar massivlariga uzoqdan turib kirish yo’lga qo’yildi.
Zamonaviy axborot tizimining ajralib turgan xususiyati avvalo ierarxik tashkil qilinishga asoslangan, unda axborot tizimi resurslarini yuqori darajada yagona rahbarlik asosida boshqarish va markazlashtirilgan ishlov berish quyi darajadagi taqsimlangan ishlov berishlarni e’tiborga oladi. Ilovalar keng ko’lami, tarmoqda axborot
tuzilishlarini takompyuterellashtirish “Inson – mashina” interfeysini joriy qilish, qaror qabul qilish, axborot - maslahat beruvchi tizimlari. Axborot texnologiyalar turi yangi axborot texnologiyalari - hisoblash texnikalari vositalarini tashkiliy va aloqa vositalarini birlashtirish. Beshinchi avlod axborot tizimi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: stol kompyuterlari va taqsimlangan ishlov berish muhiti imkoniyatlaridan to’liq foydalanadi; axborot tizimi
ierarxiyasi yuqori
darajalarida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va ishlov berish hisobiga tizim resurslarini iqtisod qiladi;
ierarxiyani barcha darajalarida tarmoqni faoliyat yuritishini va uni boshqarishda oraliq nazoratni, shuningdek tizim konfiguratsiyalarini zaruriy egiluvchanligi va dinamikligini ta’minlashni amalga oshirishga imkon beruvchi tarmoq va hisoblash jarayonlarini tashkil qilishning samarali markazlashtirilgan vositalarining mavjudligi; korxona byudjetida ochiq ko’rib chiqish murakkab bo’lgan (tarmoq faoliyatini qo’llab turish, serverdan uzoqdagi foydalanuvchilar fayllaridan zahiraga nusha olish, ishchi stantsiyalarining konfiguratsiyalarini sozlash va ularni tarmoqqa ulash, dasturiy vositalar versiyalarini yangilab borish va shunga o’xshashlar) xarajatlarni o’z ichiga olgan axborot tizimlarini saqlab turish xarajatlarini tushirish. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling