3. Axborot tizimlarini yaratish tamoyillari Tizim tushunchasi va uning turlari Tizim va uning turlari


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.12.2020
Hajmi0.64 Mb.
#168012
Bog'liq
1QAPsi8rldOzcZbU3cNSFilo965POKwP


 

Mavzu. AVTOMATLAShTIRILGAN AXBOROT TIZIMLARI  



 

1. Tizim tushunchasi va uning turlari  

2. Axborot  tizimlarining  turlari, klassifikatsiyasi va  yaratish tamoyillari 

3. Axborot tizimlarini yaratish tamoyillari  

 

1. Tizim tushunchasi va uning turlari  

Tizim va uning turlari. Hozirgi kunda “tizim” degan so’z hayot jarayoning 

turli  jabhalari  -  iqtisodiy-ijtimoiy-siyosiy  sohalarda,  shuningdek  oddiy 

so’zlashuvda,  televidenie  yoki  gazeta-jurnallarda  ham  tez-tez  qo’llanib  kelinadi. 

Bir  qaraganda  amalda  muomalaga  kirib  ketgan  bu  oddiy  so’z  aslida  kibernetik 

atama  bo’lib,  grek  so’zdan  kelib  chiqqan  hamda  qismlar  yoki  elementlar 

to’plamidan  tarkib  topgan  va  o’zaro  bir-biri  bilan  bog’langan  aniq  bir  butunlik, 

yagonalik tashkil qiluvchi degan ma’noni anglatadi. 

Tizim  -  bu  bir-biriga  bog’liq  bo’lgan  va  yagona  maqsadga  erishish  uchun 

belgilangan qoidalar asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan unsurlar to’plamidir. 

Bu  ta’rifdan  ko’rinib  turibdiki,  har  qanday  iqtisodiy  ob’ektni  o’z  faoliyati 

jarayonida  aniq  maqsadga  erishishga  intilayotgan  tizim  sifatida  qarash  mumkin. 

Misol  sifatida    kompyuter  tizimi,  energetika  tizimi,  oddiy  korxona,  transport  va 

boshqa tizimlarni keltirish mumkin. 

Tizim uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir: 

 murakkablik; 

 bo’linuvchanlik; 

 yaxlitlik; 

 elementlarining ko’p qirraliligi va ular tabiatining turliligi; 

 tuzilmaviyligi. 



Tizimni  murakkabligi  -    unga  kiruvchi  unsurlarni  ko’pligi,  ularni  o’zaro 

hamkorligi, tashqi va ichki aloqalarinig murakkabliligiga bog’liq bo’ladi. 



Tizimning  bo’linuvchanligi  -  tizimning  aniq  maqsadlarga  javob  beruvchi 

belgilariga  asosan  ajratilgan  bir  qator  quyi  tizimlar  va  elementlardan  tashkil 

topganligini bildiradi. 

Tizimni  butunligi  -  tizimning  elementlari  to’plami  faoliyatining  yagona 

maqsad uchun bo’ysundirilganligini bildiradi. 



Tizim elementlarinig ko’p qirraliligi va ular tabiatining turliligi - har bir 

elementi faoliyatining maxsusligi va avtonomligi bilan bog’liqdir.  



Tizimning  tuzilmaviyligi  -  tizim  ichidagi  elementlar  orasida  munosabatlar 

va  aloqalar  o’rnatilganligi,  tizim  elementlarini  ierarxik  daraja  bo’yicha 

taqsimlanganligini bildiradi. 

Tizimlar tashkil qilinishi va uning elementlariga bog’liq holda moddiy yoki 

mavhum tizimlar bo’lishi mumkin.  

Moddiy  tizimlar    asosan  moddiy  ob’ektlar  to’plamidan  tashkil  topadi. 

Bunday tizimning asosiy xususiyatlaridan biri insonlar o’rtasidagi munosabatlarni 

aks ettirishdan iboratdir. 


 

Mavhum  tizimlar  inson  ongining  mahsuli  bo’lib  har  xil  nazariyalar, 

bilimlar, gipotezalardan iborat bo’ladi. 

Tizimlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. 



Murakkab  tizimlar  bir  nechta  unsurlardan  tashkil  topgan  bo’lib,  bu 

unsurlar  ham  o’z  navbatida  quyi  tizimlarga  bo’linishi  mumkin  va  ular  orasidagi 

aloqalar murakkab bo’ladi. 

Oddiy  tizimlarda  tizim  tashkil  etuvchilar  kam  bo’lib,  sodda  aloqa  va 

tuzilishlarga ega bo’ladi. 

Vaqt davomida o’zgarishiga qarab esa statistik va dinamik turlarga ajratiladi. 

Statistik  tizimda  vaqt  davomida  o’zgarish  bo’lmaydi,  aksincha  dinamik  tizimning 

vaqt o’tishi bilan holati o’zgarib boradi.  

Tashqi  muhit  bilan  aloqasiga  qarab  esa  ochiq  yoki  yopiq  tizimlar  bo’lishi 

mumkin.  Ochiq  tizimlar  tashqi  muhit  bilan  faol  aloqada  bo’lsa,  yopiq  tizim 

unsurlari  tashqi  muhitdan  ta’sirlanmaydi.  Bunga  misol  tariqasida  maorif  tizimini 

ochiq, energetika tizimini yopiq tizim sifatida olish mumkin. 

Tizimlar  tarkibi  hamda  asosiy  maqsadlariga  ko’ra  farqlanadi.  Quyida      1-

jadvalda  turli  elementlardan  iborat  bo’lgan  va  turli  maqsadlarga  qaratilgan  bir 

qancha tizimlar namuna sifatida keltirilgan. 

1 - jadval 

Tizim tashkil etuvchilar va uning elementlari 

Tizim 

Tizim 


elementlari 

Tizimning 

asosiy maqsadi 

Korxona 


Xodimlar, jihozlar, texnologiya, 

ishlab chiqarish vositalari, 

materiallar, bino va shu kabilar 

Tovar ishlab 

chiqarish 

 

Kompyuter 



 

Mikroprotsessor, monitor, printer, 

xotira, aloqa tarmoqlari va  shu 

kabilar 


Ma’lumotlarni 

qayta ishlash 

Telekommunikatsiy

a  tizimi 

Kompyuterlar, modellar, kabel, 

tarmoq dasturiy ta’minoti va shu 

kabilar 

Axborotlarni 

uzatish 

Axborot 


tizimlari 

Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, 

axborot va dasturiy ta’minot, 

foydalanuvchilar 

Kasbiy 

axborotlarni 



ishlab chiqarish 

 

Iqtisodiy tizim ob’ekt sifatida  

Foydalanilayotgan  bilimlarining  turli  tarmoqlarga  tegishliligiga  qarab 

tizimlar  iqtisodiy,  ilmiy,  geografik  kutubxona  va  boshqa  tizimlarga  bo’linadi.  Bu 

tizimlar  ichida  iqtisodiy  tizimlar  jamiyat  taraqqiyotda  va  ijtimoiy  hayotda  muhim 

o’rin tutadi. 

Tizim 

ta’rifiga 



asosan, 

biror 



maqsadga 

yo’naltirilgan                                                                                   

uzoro  bog’liq  va  aloqadagi  unsurlar  to’plami  edi,  shu  kabi  iqtisodiy  ab’ekt  ham 

tizim sifatida bir-biri bilan bog’liq ikki asosiy unsurdan tashkil topadi: 

‒  boshqaruvchi su’bekt;  


 

‒  boshqariluvchi  ob’ekt  



Bu  unsurlar  o’rtasida  doimiy  aloqa  mavjud  bo’lib,  u  juda  katta  ahamiyat 

kasb  etadi.  Iqtisodiy  ob’ekt  sifatida  biron  bir  ishlab  chiqaruvchi  korxonani  olsak, 

boshqaruvchi  sub’ektga  korxonaning  rahbar  bo’linmalari  (direktor  bo’lim 

boshliqlari),  boshqariluvchi  ob’ektga  esa  korxona  tsexlari,  ishlab  chiqarish 

bo’limlari misol bo’la oladi.  

Agarda  boshqaruvchi  sub’ektdan  boshqariluvchi  ob’ektga  biron  bir 

ma’lumot  yuborilsa,  bunday  bog’lanish  to’g’ri  aloqa  deyiladi.  Bunga  misol  qilib 

yana  ko’rilayotgan  korxonamizdagi  tuzilgan  rejalar,  buyruqlar  va  turli  xil 

ko’rsatmalarni misol qilib ko’rsatishimiz mumkin. 

Agarda 


aksincha 

bo’lsa, 


ma’lumotlar 

boshqariluvchi 

ob’ektdan 

boshqaruvchi  sub’ektga  borsa  -  tizim  tashkil  qiluvchi  unsurlar  o’rtasida  teskari 

aloqa o’rnatilgan deyiladi. 

Teskari  aloqa  iste’molchilardan  qaror  qabul  qiluvchi  shaxsga  (“jarayon”ga) 

yoki  muammoni  echish  bo’yicha  axborotlar  kelib  tushgan  shaxsdan  («kirish») 

kelib  tushuvchi  turli  ishlab  chiqarish  axborotlarini  ta’riflaydi.  Teskari  aloqa 

axborotlarining  kelib  tushishi  sifatsiz  qarorlar,  iste’molchilarning  qarorlarni 

aniqlash  va  qayta  ishlash  haqidagi  qo’shimcha  talablar,  yangiliklar  va  boshqa 

omillarning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. 

Boshqarish  tizimi  moddiy  dunyoda  biron  bir  jarayonni  tashkil  etish 

sohasidagi mo’ayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. 

Umumiy  holda  olganda,  boshqaruv  tizimi  faoliyat  ko’rsatish  va  maqsadga 

erishishi uchun quyidagi zarur bo’lgan shart-sharoitlarni ko’rsatish mumkin: 

‒  boshqarish ob’ektining mavjudligi; 

‒  boshqarish  tizimi  mustaqil  harakat  qila  olishi  uchun  zarur  bo’lgan 

muayyan huquqlarga ega bo’lishi; 

‒  mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi; 

‒  boshqaruvchi  sub’ektning  boshqariluvchi  ob’ekt  to’g’risida  to’liq 

ma’lumotlarga ega bo’lishi. 

Tizimni  boshqarish  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadiga  ma’lum  bir  vazifalarni 

amalga oshirish orqali erishadi. Boshqaruv nazariyasida boshqaruv vazifalarini bir 

tomonlama belgilangan to’plami aniq ajratilib ko’rsatilmagan, ammo bu vazifalarni 

ma’lum darajada quyidagi darajalarga ajratib ko’rsatish mumkin: 

1. Iqtisodiy tahlil - bu bo’lib o’tgan va davom etayotgan ijtimoiy-iqtisodiy 

jarayonlar, ularni bo’lib o’tish sharoitlari, natijalari, vujudga kelgan muammolarini 

o’rganish va tahlil qilishdir. 

2.  Bashorat  qilish  -  bo’ladigan  vaziyatlarni  oldindan  ilmiy  asoslarga  ko’ra 

bilish,  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlar  va  ularga  ta’sir  qiluvchi  sharoitlarni 

gipotezalari,  modellarini  ishlab  chiqishdan  iborat  bo’ladi.  Bashoratlar  qabul 

qilingan      boshqaruv  qarorlarini  ehtimol  bilan  ko’zda  tutilgan  natijalari  va 

okibatlarini baholashning muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. 

3.  Rejalashtirish  -  boshqarilayotgan  iqtisodiy  ob’ektning  kelgusi  holatini, 

bu  holatga  etishish  yo’llari  va  usullari  hamda  buning  uchun  zarur  bo’lgan 

resurslarni belgilab berilishidir. 


 

4.  Takompyuteril  qilishning  -  mohiyati  hamkorlikdagi  faoliyatni 



(boshqaruvchi va boshqariluvchi) amalga oshiruvchi kishilar, xodimlar, texnika va 

texnalogiyalar 

guruhi 

harakatlarini 



tartibga 

solib 


muvofiqlashtiruvchi 

boshqaruvdan iborat. 

5.  Hisob  -  boshqaruv  ob’ektining  moddiy  va  moliyaviy  holati,  ob’ektning 

resurslari, moddiy boyliklari, pul mablag’lari, shaxsiy va o’zgalar qarzining hujjatli 

qayd etilishi. 

Hisobot  -  deganda  reja  yoki  uning  ma’lum  bir  bosqichining    bajarilishini 

yakuniy hisoboti, boshqaruv faoliyati natijalarini baholash tushuniladi. 

6. Nazorat - qabul qilingan boshqaruv qarorlari va boshqaruv ta’sirlarining 

bajarilishi  hamda  qonunlar,  xo’jalik  faoliyatining  qoidalari,  me’yorlariga  rioya 

qilinishi ustidan faol kuzatishni, haqiqatda bajarilishini amalga oshirish. 

7. Qaror qabul qilishning qo’llab quvvatlash axborot tizimlari  

Yuqorida  ko’rsatilgan  funktsiyalar  ichida  eng  muhimi  qaror  qabul  qilish 

hisoblanadi. 

Qaror qabul qilish quyidagi jarayonlarni o’z ichiga oladi:  

 muammolarni aniqlash va maqsadni shakillantirish;  

 axborotlarni qidirish va ularni shakillantirishni ishlab chiqish; 

 resurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishlab chiqish; 

 maqsadlarni muvofiqlashtirish va vaziflarni amalga oshirish; 

 kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish. 

Boshqaruv amaliyotida eng ko’p mehnat talab qiladigan jarayon axborotlarni 

tiklash  va  to’plashdir.  Shu  o’rinda  boshqaruv  ob’ektida  axborot  texnologiyalarini 

mavjudligi va rivojlantirilishi muhim o’rin tutadi. 

Xulosa qilib aytganda, boshqarilayotgan ob’ektdan teskari aloqa orqali kelib 

tushayotgan ma’lumotlar oqimi axbortlar bilan ta’minlash manbai hisoblanadi. 

Qaror  qabul  qilishning  qo’llab-quvvatlash  axborot  tizimi  tarkibiga    uchta 

asosiy qism: ma’lumotlar bazasi, modellar bazasi va quyi tizim dasturlari kiradi. 



 Ma’lumotlar  bazasi    qaror  qabul  qilishni  qo’llab-quvvatlashning 

axborotlar 

texnologiyasida 

muhim 


o’rin 

tutadi. 


Ma’lumotlar 

bevosita 

foydalanuvchi  tomonidan  matematik  modellar  yordamida  hisob-kitoblar  qilish 

uchun foydalanilishi mumkin. 



Modellar  bazasini  yaratishdan  maqsad  ayrim  ob’ekt  yoki  jarayonlarni 

tasvirlash  va  qulaylashtirishdir.  Modellardan  foydalanish  qaror  qabul  qilishni 

qo’llab-quvvatlashning  axborotlar  tizimida  tahlil  o’tkazishni  ta’minlaydi.  Aniq 

algoritmlar  yordamida  muammoning  matematik  talqiniga  asoslangan  modellar 

to’g’ri qarorlar qabul qilish uchun foydali axborotni topishga qulaylik yaratadi. 

Axborot  tizimlari  tarkibida  modellardan  foydalanish  statistik  usullar  va 

moliyaviy  tahlil  usullarini  qo’llashdan  boshlanadi,  ular  odatdagi  algoritmik  tilda 

buyruq berib amalga oshiriladi. 

Qaror qabul qilishni qo’llab  quvvatlashning  axborotlar tizimlarida  modellar 

bazasi strategik, taktik va operativ modellardan iborat bo’ladi. 



Strategik modellar boshqaruvning oliy darajasida tashkil qilish maqsadlari, 

unga  erishish  uchun  zarur  bo’lgan  zahiralar  hajmlari,  shuningdek  bu  zahiralarni 



 

sotib  olish  va  ulardan  foydalanish  siyosatini  o’rnatish  uchun  foydalaniladi.  Ular 



korxonalarni tanlash va raqobatchilar siyosatini oldindan bilishda foydali bo’ladi.  

Taktik  modellar.  O’rta  bo’g’in  boshqaruv  xodimlari  tomonidan  mavjud 

zahiralardan  foydalanishni  taqsimlash    va  nazorat    qilish    uchun  qo’llaniladi. 

Ulardan  foydalanish  sohalari  sifatida  quyidagilarni  ko’rsatish  mumkin:  moliyaviy 

rejalashtirish,  xodimlarga  talablarni  rejalashtirish;  korxonalarni  joylashtirish 

sxemasini qurish.  

Bu  modellar odatda  firmaning  ayrim  qismlariga (masalan ishlab    chiqarish, 

sotish)  qo’llanishi  mumkin.  Taktik  modellarni  qamrab  oluvchi  vaqtinchalik  

muddat bir oydan  ikki yilgachadir.  



Operativ  modellar  boshqaruvning    quyi  darajalarida    kunlar  va  hujjatlar 

bilan o’lchanuvchi mudatlarda aperativ qarorlar qabul    qilishni qo’llab quvatlash 

uchun foydalaniladi.  

Matematik  modellar  matematik  usullarni    amalga  oshiruvchi  model, 

bloklar,  modullar  va  ish  tartibi    jamlamasidan    iborat  bo’ladi.  Bunga  chiziqli 

dasturlashtirish,  vaqtinchalik  xatarlarning  statistik  tahlili,  regresiv  tahlil  va  oddiy 

ish    tartibidan  (protsedura)  murakkab  dasturlar  to’plamigacha    kirish  mumkin. 

Model,  blok  va    ish  tartiblari  alohida  ham,  modellarni  qurish  va  quvatlash  uchun  

kompleks holda ham foydalanilishi mumkin. 

Boshqaruv  tizimining  asosiy  vazifalaridan  biri  qaror  chiqarish  funktsiyasi. 

Bu funktsiya o’z-o’zidan sodir bo’lib qolmay: 

 birinchidan - to’liq axborotlar bo’lishi kerak; 

 ikkinchidan  -  axboratlarni  yig’ish,  saqlash,  uzatish  va  shu  kabi 

axborotlashirish jarayonlariga tegishli ishlar amalga oshirilishi lozim. 

 Ana  shular  e’tiborga  olinsa,  boshqaruv  tizimida  axborot  tizimini 

shakllanishi uchun quyidagi uch unsurni bo’lishi shartdir: 

 mutaxasislar; 

 texnik vositalar; 

 axborotlar. 

  Shuning uchun ham axborot tizimi boshqaruv funktsiyalarini ifodalovchi - 

axborotlarni  yig’ish,  jamlash,  uzatish,  saqlash  va  boshqa  jarayonlarni  amalga 

oshruvchi  «inson-mashina»  tizimi  deb  yuritilib,  boshqaruvchi  sub’ekt  va 

boshqariluvchi  ob’ekt  o’rtasidagi  to’g’ridan  to’g’ri  va  teskari  aloqalarini 

tutashtiradi,  hamda  tashqi  axborotlar  oqimini  tizimga  kiritadi  va  chiqaradi  Bu 

tizimni yaratish uchun bir nechta tomoyillar ishlab chiqilgan.  



2.  Axborot    tizimlarining    turlari,  klassifikatsiyasi  va    yaratish 

tamoyillari  

Hozirgi kunda jamiyat taraqqiyotining hamma jabhalarida aloqa vositalari va 

kompyuterdan  foydalanishga  asoslangan  yangi  axborot  texnologiyalarini 

qo’llanishi  bilan  bog’liq  holda  «axborot  tizimi»  degan  ibora  keng  qo’llanib 

kelinadi. 

Agarda  axborot  tizimlari  tashkil  topish  bosqichlarini  e’tiborga  oladigan 

bo’lsak,  u  holda  ham  moddiy  (insonlar,  hujjatlar,  kompyuterlar),  ham  mavhum 


 

(matematik  modellar,  bilimlar)  tizimlarni  o’z  ichiga  oluvchi  dinamik  tizimligi 



aniqlanadi. 

Axborot  texnologiyasini  yaratilishidan  asosiy  maqsad  insonga  ob’ekt 

holatini  tahlil  qilishi  va  shu  asosda  biron  faoliyatni  amalga  oshirishi  yuzasidan 

qaror qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni ishlab chiqishdan iboratdir. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi tavsifni berish mumkin. 

Axborot tizimlari - ob’ekt, xodisa yoki jarayonning holati haqida yangicha 

ma’lumot  olish  maqsadida  ma’lumotlarni  yig’ish,  qayta  ishlash  va  uzatish 

vositalari  hamda  usullari  majmuasidan  (boshlang’ich  ma’lumotlar)  foydalanish 

jarayonidir. 

Iqtisodiy  tizimlar  boshqarish  nuqtai  nazaridan  axborot  tizimi  kabi  qaraladi 

va  ko’pincha  avtomatlashtirilgan  tizim,  deyiladi.  Bu  tizimlarning  asosiy  vazifasi 

foydalanuvchilarning  talabiga  muvofiq  ravishda  axborotlarni  to’plash  va 

tayyorlash, saqlash, uzatish va taqdim etishdan iborat. 

Qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida axborotlarni saqlash, to’plash va ishlov 

berish  uchun  foydalaniladigan  vositalar,  usullar  va  xodimlarning  o’zaro  bog’liq 

to’plami axborot tizimlarini tashkil qiladi (AT).  

Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  kompyuter  va  kommunikatsion 

qurilmalar,  dasturiy  ta’minot,  lingvistik  vositalar,  axborot  resurslari  va  tizim 

mutaxassisini  o’z  tarkibiga  oluvchi  majmuadir.  Tizim  qaror  qabul  qilmish  va 

foydalanuvchining  axborotlarga  bo’lgan talablarini  qondirish  uchun  mavjud  dunyoning 

bior-bir qismining dinamik axborot modelini qo’llab-quvvatlaydi. Avtomatlashtirilgan 

ATning tarkibi 5-rasmda aks ettirilgan.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



5-rasm. ATni tuzilmaviy elementlari 

Axborot texnologiyalari – axborotlarni to’plash, tshlov berish, saqlash, izlash va 

tarqatish  kabi  axborot  jarayonlarini  amalga  oshirishni  ta’minlovchi  infra  tuzilishdir. 

Axborot  texnologiyalari  axborot  resurslaridan  foydalanish,  ularning  operativligi  va 

Автоматлаштирилган ахборот тизими 

Ахборот 

технологиялари 

Функционал қуйи 

тизим ва иловалар 

АТни бошқариш 

Ишлаб чиқариш 

Бухгалтерия 

Молия 


Ходимлар 

Маркетинг 

Таъминот 

Техник воситалар 

Дастурий воситалар 

Маълумотлар 

Телекоммуникациялар 

Ходимларни 

Фойдаланувчиларни 

Оператив 

Молияни 

Сифатни 


Хавфсизликни 

АТни 


ривожлантиришни 

 

ishonchliligini  oshirish  jarayonlari  talab  etadigan  mehnat  sarflarini  kamaytirish  uchun 



mo’ljallangan. 

Funktsional quyi tizim va ilovalar – aniq funktsional sohada qaor qabul qilishda 

hujjatlarni  tayyorlash  maqsadlari  uchun  axborotlarga  axborot  texnologiyalariga 

asoslangan tahlil qilish va ishlov berishni ta’minlashga mo’ljallangan muvofiqlashtirilgan 

dasturlardir. 



ATni boshqarish — axborot texnologiyalari, funktsional quyi tizimlar va ular 

bilan  bog’liq  bo’lgan  mutaxassislar  optimal  o’zaro  hamkorligini  hamda  ularni 

rivojlanib borishini  ta’minlovchi komponentdir. 

Har qanday axborotlar tizimi biron-bir predmet sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. 

Predmet  soha  deyilganda  aniq  xususiyat  va  unda  ahamiyatga  molik  bo’lgan 

predmetlarga ega inson faoliyatining bilimlarva muammolar sohasi tushuniladi. 

Bunda  har  bir  AT  uni  qo’llash  sohasiga  mos  keluvchi  aniq  funktsiyalarni 

bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. 

Maqsad  funktsiyalariga  ko’ra  ATni  shartli  ravishda  quyidagi  asosiy 

toifalarga ajratish mumkin (6-rasm). 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



6-rasm. AT turlari 

Iqtisodiy  ob’ektlarni  boshqarish  turli  darajalari  uchun  axborotlarni  taqdim 

etish  va  ishlov  berish  bilan  bog’liq  iqtisodiy  axborot  tizimlari  (IAT)  jamiyat 

hayotida  alohida  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Bu  axborotlar  samarali  boshqaruv 

qarorlarini  qabul  qilish  maqsadida  ro’yxatga  olish,  nazorat,  tahlil,  rejalashtirish  va 

tartibga solish funktsiyalarini yanada to’liq bajarilishini ta’minlaydi.  

Davlat  boshqaruvi  tizimi  darajasi  bo’yicha  IAT  viloyat  va  hududiy 

ahamiyatga ega IATga bo’linadi. 

Iqtisodiy  ob’ektlarni  faoliyat  ko’rsatish  sohasiga  bog’liq  holda  IATni  sanoat 

va nosanoat soha AITga ajratish mumkin. 

Бошқарув 

ИАТ 


ҚҚҚҚ АТ 

Таълим АТ 

Ахборот-

ҳисоблаш 

Бошқарув даражасига бўйича 

Ахборот-


маълумотнома 

Автоматлатирилган ахборот тизимлари 

Бошқарув объектлари бўйича 

Давлат 


Регионал 

Ҳудудий 


Носаноат соҳа 

Саноат-ишлаб 

чиқариш 

соҳаси 


 

Qaror  qabul  qilishni  qo’llab-quvvatlash  tizimlari  (QQQQ)  –  analitik  AT, 

rahbar AT – aniq vaqt mobaynida kompaniya faoliyati natijalarini ifodalab beruvchi 

ma’lumotlarni  tahlil  etish  asosida  holatni  tatqiq  etish,  bashoratlash,  rivojlanishi  va 

baholashni  mumkin  bo’lgan  yo’nalish  variantlarini  aniqlash  imkoniyatini 

ta’minlaydi. Bunday tizimlarda zamonaviy OLAP (OnLine Analytical Processing — 

ma’lumotlarga operativ analitik ishlov berish)ma’lumotlar bazasi qo’llaniladi. 

Axborot-hisoblash  tizimlari  –  ilmiy  tadqiqot  va  ishlanmalarda  murakkab  hamda 

katta hajmli hisob-kitoblarni olib borish  va agarda boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish 

murakkab hisoblashlarga asoslanadigan holatda QQQQTda foydalaniladi. Ularga  ALT 

(avtomatlashtirilgan  loyihalash  tizimlari)  va  nazoratni  immitatsion  ko’rgazmalari 

tegishlidir. 

Axborot-ma’lumotnoma  tizimlari  –  foydalanuvchilarga  ma’lumotnoma  tavsifiga 

ega axborotlarni to’plash, saqlash, izlash va taqdim etishga mo’ljallangan bo’ladi va turli 

malaka sohalaining barchasida foydalaniladi. 

Ta’lim  ATning  asosiy  turlariga  avtomatlashtirilgan  masofaviy  o’qitish, 

ishbilarmonlik  o’yinlarini  ta’minlovchi  tizimlar,trenajur  va  trenajerlik  majmualari 

kiradi.  Ular  mutaxassislarni  tayyorlash  uchun  mo’ljallangan  va  o’qitish,  ta’lim 

jarayonini boshqarish hamda uning natijalarini baholash uchun mo’ljallangan. 

Boshqaruvning  iqtisodiy  ob’ektning  ilmiy-tadqiqot  ishlari,  loyihalash, 

mahsulotlarni  tayyorlash,  ishlab  chiqarish  va  to’ldirishdan  mahsulotlardan 

foydalanishni  tahlil  etishgacha  bo’lgan  barcha  tsikllarni  qamrab  oluvchi  barcha 

funktsiyalarini  avtomatlashtirish  uchun  mo’ljallangan  AT  integrallashgan  deb 

nomlanadi. 

Korporativ  AT  –  bo’linma,  filial,  bo’lim  va  ofislarni  hududiy  tarqalishiga  ega 

bo’lgan  firma  yoki  korxonani  barcha  boshqaruv  funktsiyalarini  avtomatlashtiruvchi 

tizimdir. 

Kompyuter texnika va aloqa vositalarining hozirgi rivojlanishida boshqaruv 

jarayonlarini avtomatlashtirish turli toifadagi foydalanuvchilarga ular oldida turgan 

masalalarni  tez  va  samarali  echishga  imkon  yaratadi.AT  foydalanuvchilarini  to’rt 

toifaga ajratish mumkin: 

1. Tizim  ma’muri  –  tizimdan  foydalanishga  mas’ul  bo’lgan  va  uni  ishlash 

xususiyatini ta’minlovchi, oxirgi foydalanuvchilar talabini tushunib etadigan,  ular bilan 

hamkorlikda  ishlovchi  va  yuklash,  ximoya  va  ma’lumotlar  bankini  samarali  ishlashini 

aniqlab beruvchi mutaxassis (yoki mutaxassislar guruhi).  

2. Amaliy dasturchilar – amaliy masalalarni echish uchun dasturlar ishlab chiqish 

va ma’lumotlar bazasiga bo’ladigan so’rovlarni amalga oshirish bilan shug’ullanadi. 

3. Tizim  dasturchilari  –  axborot  tizimini  quvvatlab  turadi  va  uning  ishlash 

xususiyatini ta’minlab turadi, kompyuterlar bazaviy dasturiy ta’minotini (operatsion tizim, 

ma’lumotlarni  boshqarish  tizimi,  translyatorlar,  umum  mo’ljallangan  servis  dasturlar) 

ishlab chiqish va kuzatib borish bilan shug’ullanadi. 

4. Oxirgi  foydalanuvchi  (axborotlar  iste’molchisi)    manfaatlariga  AT 

ishlayotgan shaxs,  jamoa.  AT bilan har kuni ishlaydi, faoliyatni  chegaralangan sohasi 

bilan bog’langan va odatda dasturchi hisoblanmaydi. Masalan, buxgalter, marketolog, 

moliya menejeri, bo’linma boo’lig’i va shu kabilar. 


 

AAT  o’z  tarkibiga  ko’plab  avtomatlashtirilgan  ish  joylari,  kommunikatsiya  va 



axborot almashish vositalari, xodim ishini avtomatlashtirishga imkon beruvchi boshqa 

vosita va tizimlarni olishi mumkin.  

Iqtisodiy ob’ektlarni (korxona, bank, savdo tashkilotlari, davlat muassasalari va 

shu kabilar) boshqarish uchun ATni qo’llash samaradorligi  

boshqaruv 

funktsiyalarini 

ular 

asosida 


qamrab 

olish 


ko’lami 

va 


integrallashganligi,  boshqaruv  qarorlarini  operativ  tayyorlash,  tashqi  muhit  va 

foydalanuvchilarni 

axborot 

talablarini 

 

o’zgarishiga 



moslasha 

olish 


xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. 

Bunda  har  bir  AT  uni  qo’llash  sohasiga  mos  keluvchi  aniq  funktsiyalarni 

bajarishga yo’naltirilgan bo’ladi. 

Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: 

 axborot ta’minoti tizimi; 

 maqsadli faoliyat ko’rsatuvchi tizim.  

Axborot ta’minoti tizimi har qanday ABTning tarkibiga kiradi.  

Maqsadli faoliyat ko’rsatuvchi tizimlar tarkibiga: 

 axborot-qidiruv tizimlari; 

 axborot-ma’lumotnoma beruvchi tizimlar; 

 axborot-boshqaruvchi tizimlar. 

Axborot-qidiruv va axborot-ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi 

tomonidan  berilgan  talabga  mos  ravishda  tegishli  axborotlarni  saqlash  va  taqdim 

etish uchun mo’ljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki qismdan iborat: 

 axborotlarni yig’ish va saqlash; 

 axborotlarni qidirish va foydalanuvchiga berish.  

Ma’lumotlarni  tarqatish  usuliga  ko’ra  axborot  qidiruv  tizimlari  uch  turga 

bo’linadi: 

 axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim; 

 berilgan talab bo’yicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim; 

 umumlashtirilgan tizim. 

Axborot-boshqaruvchi  tizimlardan,  asosan,  texnologik  jarayonlarning 

avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi. 

Zamonaviy  sharoitda  axborot  tizimi  axborotlarni  qayta  ishlashning  asosiy 

texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ko’zda tutadi. Yirik 

tashkilotlarda  shaxsiy  kompyuterlar  bilan  axborot  tizimining  texnik  tarkibiga 

meynfreym yoki super kompyuter kirishi mumkin. Bundan tashqari, axborot tizimi 

tarkibiga inson ham kiradi, chunki ishlab chiqilayotgan axborot unga mo’ljallangan 

bo’ladi  va  uning  ishtirokisiz  bu  axborotlarni  olish  yoki  taqdim  qilish  mumkin 

emas. 

Axborot  tizimi  ham  qolgan  barcha  iqtisodiy  tizimlar  kabi  tizimning  barcha 



xususiyatlariga ega bo’lib, murakkab va dinamik tizimni ifoda qiladi. 

Axborot tizimlari umumiy holda ikki guruhga ajratiladi: 

‒  texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi;  

‒  tashkiliy            boshqaruvning            avtomatlashtirilgan            tizimi 

(avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari). 


10 

 

Texnik  jarayonlarni    boshqarishni    avtomatlashtirilgan    axborot  tizimlari 



uzluksiz  xususiyatdagi  ishlab  chiqarish  sohalarida  tashkil  qilinadi.  Bunday 

tizimlarda boshqarish ishlari jarayonlarga o’rnatilgan turli xil vositalar yordamida 

amalga oshiriladi. Inson bunday tizimlarda kuzatuvchi vazifasini o’taydi. 

Takompyuteriliy    boshqarishning    avtomatlashtirilgan    tizimlarida    inson 

birlamchi, texnik vositalar ikkilamchi vazifani o’taydi. 

Takompyuteriliy boshqaruvning avtomatlashtirilgan axborot tizimi quyidagi 

belgilarga ko’ra turkumlanadi: 

Faoliyat ko’rsatish darajasiga ko’ra: 

 umumdavlat miqyosidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi; 

 tarmoqlararo avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (moliya); 

 tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi; 

 korxonani boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi; 

 avtomatlashtirilgan ish joylari; 



Funktsiyalarni boshqarishni avtomatlashtirilgan darajasiga ko’ra: 

 axborot maslahat beruvchi tizimi; 

 axborot qidiruv tizimi; 

 axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim; 

 axborot o’qitish tizim; 

Faoliyat yuritish usuliga ko’ra: 

 davlat qaramog’idagi tizim; 

 xo’jalik hisobidagi tizim. 

Axborot  tizimlari  avtomatlashtirilish  darajasiga  bog’liq  holda  qo’lda 

bajariladigan,  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  va  avtomatik  axborot 

tizimlariga bo’linadi.   



Qo’lda  bajariladigan  axborot  tizimlarida  axborotlarga  ishlov  berish 

bo’yicha  barcha  operatsiyalar,  jumladan  axborotlarni  yig’ish  va  ularga  ishlov 

berish inson tomonidan bajariladi. 

Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlarida  boshqarish  vazifalarini  yoki 

ma’lumotlarga  ishlov  berishning  bir  qismi  avtomatik,  bir  qismi  esa  inson 

tomonidan  bajariladi.  Masalan,  korxona  faoliyatiga  tegishli  bo’lgan  resurslarga 

taalluqli  axborotlarni  yig’ish,  ishlov  berish  va  taqsimlash  avtomatlashtirilgan 

bo’ladi, qaror qabul qilish esa asosan xodim tomonidan bajariladi. 

Avtomat  holda  faoliyat  yuritadigan  axborot  tizimlarida  -    boshqarish 

vazifalari  va  ma’lumotlarga  ishlov  berish  insonning  ishtirokisiz  faqat  texnik 

vositalar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Masalan,  texnologik  jarayonlarni,  stanok, 

konveyrlarni  avtomatik  boshqarish.  Aytaylik,  xona  haroratini  bir  xilda  ushlab 

turish uchun xonaga gaz uzatgich, gaz yoqgich va indikator o’rnatiladi.  

Axborot    tizimlarlarining    tuzilishi   boshqaruv   jarayonlarini   turlariga  

qarab   quyidagi  tuzilishga  ega   bo’lishi   mumkin: 

  ilmiy  tadqiqot axborot  tizimlari; 

  avtomatlashtirilgan  loyihalashtirish axborot  tizimlari; 

  ob’ektni  tashkiliy  boshqaruv  axborot tizimlari; 

  tashkiliy-texnologik  jarayonlarni  boshqarish  axborot tizimlari. 


11 

 

Ilmiy tadqiqot axborot tizimlari - bu tizim ilmiy-mutaxassislar faoliyatini, 

statistik axborotlarni tahlil etish, biron bir ob’ekt ustidan o’tkaziladigan tajribalarni 

boshqarish uchun yaratiladi. 



Avtomatlashtirilgan loyihalash axborot tizimlari - muhandis-loyihachilar 

va  yangi  texnika  (texnologiya)  ishlab  chiquvchilar  mehnatini  avtomatlashtirish 

uchun yaratiladi. 

Ob’ektni  tashkiliy  boshqarish  axborot tizimlari - ma’muriy (boshqaruv) 

xodim  vazifalarini  avtomatlashtirish  uchun  yaratiladi.  Bu  sinfga  sanoat  (korxona) 

va nosanoat (banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, mehmonxona va boshqalar) 

va alohida ofislarni (ofis tizimlari) boshqarish axborot tizimlari kiradi.iqtisodiyotni 

boshqarishni  barcha  bosqichida  amalga  oshiriladigan  ishlab  chiqarish,  xo’jalik, 

ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlar ob’ekt bo’lib xizmat qiladi, jumladan ular: bank  AT, 

moliya  AT,  sug’urta  AT, bojxona  AT, fond  bozori AT, statistika AT, marketing  

AT,  sanoat    korxonalari    AT  -  unda    asosan    buxgalteriya    AT    asosiy  o’rinni  

egallaydi. 

Takompyuteriliy-texnologik  jarayonlarni  boshqarish  axborot tizimlari 

-  bu    korxonadagi    texnologik    jarayonlarni      ham,  korxonani    boshqarish  

jarayonlarini  ham  e’tiborga  oluvchi, o’zida  ko’p  darajali  tizimni  ifodalovchi 

tizim.  Texnologik  jarayonlarni  boshqarish  axborot  tizimlari  -  turli  texnologik 

jarayonlarni  boshqarish  uchun  yaratiladi  (egiluvchan  ishlab  chiqarish  jarayonlari, 

metallurgiya,  energetika  va  boshqalar),  texnologik    kurilmalar,  dastgohlar, 

avtomatik  liniyalarni  boshqarishni  ta’minlovchi   “inson-mashina” tizimi 

Boshqarish  vazifalarini  yoki  ma’lumotlarga  ishlov  berishning  bir  qismi  

avtomatik,  bir  qismi  esa  inson  tomonidan  bajariladi.  Masalan,  korxona  foliyatiga 

tegishli  bo’lgan  resurslarga  taalluqli  axborotlarni  yig’ish,  ishlov  berish  va 

taqsimlash  avtomatlashtrilgan    bo’ladi,  qaror  qabul  qilish  esa  asosan  xodim 

tomonidan bajariladi. 

Boshqaruv  tizimining  qaysi  darajasida  foydalanishiga  qarab  sohaviy, 

xududiy, tarmoq axborot tizimlariga ajratiladi. Bunday axborot tizimlari bir vaqtni 

o’zida tashkiliy boshqaruvga, so’ngra boshqaruvni yuqori darajasiga xizmat qiladi.  

1. Sohaviy axborot tizimlari - sanoat, agrasanoat majmualari tarmoqlarida, 

qurilish, 

transport 

tizimlarida 

faoliyat 

yuritadi. 

Bu 


tizimlar 

tegishli 

muassasalarning boshqaruv apparatlariga xizmat ko’rsatish masalalarini hal qiladi. 

2. Xududiy  axborot  tizimlari  -  ma’muriy-xududiy  tumanlarni  boshqarish 

uchun  mo’ljallangan.  Xududiy  axborot  tizimlarining  faoliyati  regionda  boshqaruv 

funktsiyalarini sifatli amalga oshirish, hisobotlarni shakillantirish, mahalliy, davlat 

va xo’jalik idoralariga tezkor ma’lumotlarni etkazib berishga mo’ljallangan. 

3. Tarmoqlararo axborot tizimlari - milliy iqtisodiyotni boshqarish xizmat 

idoralarining  ixtisoslashtirilgan  tizimlaridir.  Bunday  xizmat  idoralariga  bank, 

moliya, ta’minot, statistika kabilarni kiritish mumkin.  



Axborot-kommunikatsiya      texnologiyalari    -  kompyuter  va  axborotlarni 

uzatish  kommunikatsiya  tarmoqlarini    qo’llash    orqali    axborot    jarayonlarida  

foydalanuvchilarni  yuqori  darajadagi  foydalanuvchi  interfeysi bilan ta’minlash, 

umum    va    muammoli    quyilgan    amaliy    dasturlar    paketlarini    keng    qo’llash,  



12 

 

foydalanuvchining    kompyuter    hisoblash    tarmoqlari    orqali    ma’lumotlar  bazasi 



va dasturlariga  kirish  imkoniyatidir. 

Texnalogik  jarayonlarda  qo’llaniladigan  axborot  tizimlar    asosan  dasturiy 

doirada  ko’riladi  va  o’z  ichiga  matnli  ishlov  berish,  elektron  jadvallar 

avtomatlashgan  MB,  grafikali  va  ovozli  axborotlarga  ishlov  berish,  multimedia 

kabi tizimlarni o’z ichiga oladi. 

Axborot tizimlarini yaratish tamoyillari 

Axborot tizimlarini yaratish tamoyillarini umumiy holda to’rt qismga bo’lish 

mumkin: 

  iqtisodiy-tashkiliy tamoyillar; 

  texnikaviy tamoyillar;  

  iqtisodiy tamoyillar;  

  ijtimoiy tamoyillar. 

Keltirilgan  qismlar  ichida  eng  muhimi  iqtisodiy-tashkiliy  tamoyil  asosiy 

o’rinni egallab, o’z navbatida bu qism tarkibiga quyidagi tamoyillar kiradi: 

 tizimli yondashish; 

 uzliksiz rivojlanish; 

 yagona rahbarlik; 

 yangi masalalarni echish tamoyili; 

 o’zaro aloqadorlik tamoyili; 

 ma’lumotlarni bir marta kiritib ko’p marta foydalanash tamoyili. 

Tizimli  yondashish  tamoyili  -  unga  ko’ra  axborot  tizimlari  tashkil 

qilinayotgan  boshqarish  sub’ektining  foaliyati  to’liq  o’rganiladi.  Bunda 

sub’ektning  aylanma  hujjatlari,  iqtisod  masalarini  echish  usullari  va  muddatlari 

o’rganil 



Uzluksiz  rivojlanish  tamoyili  -  unga  muofiq  yaratilgan  axborot  tizimlari 

doimo harakatda va rivojlanishda bo’lishi lozim. Uning rivojlanishi esa fan texnika 

taraqqiyotida yangi texnalogiyalarni ishlab chiqarishga va uni amaliyot uchun joriy 

qilishga bog’liq bo’ladi. 



Yagona  rahbarlik  tamoyiliga  ko’ra  axborot  tizimlarini  yaratish  vazifalari 

xodimlar  guruhi  o’rtasida  taqsimlanadi,  hamda  bu  ishlarning  bajarilishi    tegishli 

rahbar tomonidan nazorat qilinadi. 

Yangi  masalalarni  echish  tamoyiliga  muvofiq  axborot  tizimlari  oddiy 

hisob-kitob  masalalarini  echish  bilan  chegaralanib  qolmay,  balki  istiqbolni 

belgilash  hamda  optimallash  masalarini  ham  echishi  lozim  bo’ladi.  Bunday 

masalalarni echishda iqtisodiy-matematik usullar va modellardan foydalaniladi. 



O’zaro  aloqadorlik  tamoyillari  -  unga  ko’ra  bir  sohada  tashkil  qilingan 

axborot texnologiyasi boshqa tarmoqdagi tizimlar bilan har doim aloqada bo’ladi. 

Bunday  holda  foydalanilayotgan  ma’lumotlar  ma’lum  darajada  umumiy  bo’lib, 

boshqa tizimlarda ham qo’llaniladi. 



Ma’lumotlarni bir marta kiritib ko’p marta foydalanish tamoyili - unga 

muvofiq  doimiy  va  shartli-doimiy  bo’lgan  axborotlar  kompyuter  xotirasiga  bir 

marta  kiritiladi.  Bunday  usulda  axborotlarga  ishlov  berishning  tezligi  ortadi  va 

tegishli qarorlarni yaratish muddatlari qisqaradi. Bundan tashqari axborot tizimlari 



13 

 

kam  xarajatlar  adi,  hamda  ularni  avtomatlashtirish  to’g’risida  tegishli  xulosalar 



qabul  qilinadi.bilan  katta  natijalar  olinishiga  imkon  berishi  mumkin  va  bu 

samaradorlik  axborot  tizimining  ijtimoiy-iqtisodiy  samaradorlik  tamoyilida 

ifodalab beriladi. 

Axborot  tizimlarining  tuzilishi  va  tarkibi.  Axborot  texnologiyalari  tizim 

sifatida ikki qismdan tashkil topadi: 

a) ta’minlovchi qism; 

b) funktsional qism. 

Amaliy  jihatdan  axborot  tizimlarini  ma’lumotlarga  ishlov  berish  barcha 

tizimlari  ularni  qo’llash  sohasidan  qat’iy  nazar,  ta’minot  ko’rinishi  bilan 

nomlanuvchi  bir  xil  ta’minot  tarkibiy  qismlar  to’plamini  o’z  ichiga  oladi. 

Ta’minlovchi qism tarkibiga  kirgan   quyi    tizimlar    axborot  texnologiyalarining 

faoliyatini belgilab beradi. Bular quyidagilardan iborat: 

 tashkiliy ta’minot; 

 axborot ta’minoti; 

 matematik va dasturiy ta’minot; 

 texnologik ta’minot; 

 lingvistik ta’minot 

 ergonomik ta’minot; 

 huquqiy ta’minot; 

 texnik ta’minot; 

 mutaxassislik ta’minoti. 

1.  Takompyuteriliy  ta’minotning  asosiy  vazifasi  boshqarish  sub’ektida 

axborot  texnologiyalarini  tashkil  qilish  maqsadga  muvofiq  yoki  muvofiqmasligi 

to’g’risida qarorni ishlab chiqishga qaratilgan. 

2. Axborot ta’minoti - axborotlarni tashkil qilishva joylashtirish uchun usul 

va vositalar to’plamidir. O’z ichiga klassifikatsiyalash va kodlashtirish tizimlarini, 

mashina  ichki  axborot  bazasini  yaratish  usullarini  oladi.  Ishlab  chiqilgan  axborot 

ta’minoti  sifatiga  qabul  qilinayotgan  qarorlarning  ishonchliligi  va  sifati  ko’p 

jihatdan bog’liq bo’ladi. 

Axborot  ta’minoti  boshqarish  sub’ekti  faoliyatida  xizmat  qiluvchi  barcha 

ma’lumotlarning to’plamidan tashkil topadi. 

3.  Matematik  va  dasturiy  ta’minot  boshqarish  sub’ekti  masalalarining 

echilish yo’llarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat bo’ladi. 

4.  Texnologik  ta’minot  to’plangan  ma’lumotlarni    qayta    ishlash 

jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi. 

5.  Lingvistik  ta’minot  -  axborot  texnologiyalarini  ishlab  chiqishning 

samaradorligini  ko’tarish  uchun  MIBTni  yaratish  va  foydalanish  turli  davrlarida 

foydalaniladigan  va  inson  bilan  kompyuter  muloqotini  ta’minilovchi  til  vositalari 

to’plamini  ifoda  qiladi.  Lingvistik  ta’minot  axborotlarni  ifodalashdagi  tegishli 

belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi. 

6.  Ergonomik  ta’minotning  vazifasi  axborot  texnologiyalari  unsurlarining 

faoliyat yuritishi uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib beradi. 



14 

 

7.  Huquqiy  ta’minot  -  axborot  tizimini  yaratilishi  va  faoliyat  yuritishini 



nazorat  qilish  huquqiy  normalarini  ifoda  qiladi.  Xuquqiy  ta’minot  boshqarish 

sub’ekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va xuquqlarini belgilaydi. 

8.  Texnik  ta’minot  avtomatlarni  qayta  ishlash  jarayonlariga  mos  holda 

tegishli texnik vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi. 

9.  Mutaxassislik  ta’minoti  axborot  texnologiyalari  tizimlarini      bilan 

ta’minlanadi. 

Axborot  texnologiyalarining  funktsional  qismi  u  faoliyat  ko’rsatayotgan 

sohaning  mohiyatiga  bog’liq  bo’lib,  undagi  echilayotgan  masalalar  to’plamiga 

asosan orqali tashkil qilinadi. 

Funktsional  qismi  tarkibiga  kirgan  quyi  tizimlar  miqdoriy  jihatdan  qat’iy 

belgilanmagan va  umumiy  holda  boshqarish  funktsiyalari  asosida tashkil  qilinadi. 

Masalan, umumiy holda, savdo sohasida quyidagi funktsional tizimlar mavjud: 

  tovar aylanishini boshqarish; 

  tovar harakatini boshqarish; 

  talab va taklifni boshqarish; 

  buxgalteriya hisobi; 

  ish haqi va mehnatni boshqarish; 

  moddiy texnika ta’minotini boshqarish; 

  kapital qurilishni boshqarish; 

  mutaxassislarni boshqarish va boshqalar. 

Axborot  tizimining  funktsional  komponentalari  -  boshqaruv  bo’yicha 

vaqt va fazoda o’zaro bog’langan, korxona oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishishi 

uchun zarur ishlar to’liq majmuasi - boshqaruv tizimining vazifalari tushuniladi. 

Amaliy  jihatdan  yuqorida  ko’rib  chiqilgan  axborot  tizimlarini  barcha 

ko’rinishlari  ularni  qanday  sohalarda  qo’llanishidan  qat’iy  nazar  quyidagi  doimiy 

komponentlar to’plamini o’z ichiga oladi: 

 funktsional komponentlar; 

 ma’lumotlarga ishlov berish tizimi komponentlari;  

 tashkiliy komponentlar (7-chizma). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Ахборот тизими 



Функционал 

қуйи тизимлар 

(модуллар, 

бизнес 


иловалар) 

Маълумотларга ишлов 

бериш тизими 

компонентлари 

(МИБТ) 

Ташкилий 



компонентлар 

(ходим) 


Функционал 

комонентлар 

Ахборот таъминоти  

Дастурий таъминоти  

Фирманинг янги 

ташкилий 

тузилиши 


15 

 

 



 

 

 



 

 

 



7- chizma. Axborot tizimlarini yaratish komponentlari 

Haqiqatan  ham,  boshqaruvning  har  qanday  murakkab  vazifalari  yanada 

kichikroq  bir  qator  tarkibiy  masalalarga  ajratiladi  va  oxir  oqibat  bevosita  ijro 

etishga olib kelinadi. 

Aynan alohida xodim tomonidan u yoki bu masalalarni qanday bajarilishiga 

butunlay  firmaning  natijaviy  masalalarni  hal  qilishidagi  yutuqlari  bog’liq  bo’ladi. 

Shunday  qilib,  boshqaruv  ta’sirining  barcha  murakkab  to’plamlaridan  tortib, 

xizmat pog’onasidan qat’iy nazar, har bir aniq ijrochining oxirgi natijalari korxona 

oldida turgan umum masalalarni echishga qaratilgan bo’ladi.  

Boshqarishning  barcha  jarayonlari  korxona  yoki  uning  tuzilmaviy 

bo’linmalarini  chiziqli  rahbarlikka  (masalan,  ma’muriy)  yoki  funktsional 

rahbarlikka  (masalan,  moddiy-texnik  ta’minot,  buxgalterlik  hisobi  va  boshqalar) 

olib kelinadi. 

Shuning  uchun  funktsional  alomatlariga  qarab  axborot  tizimlarini  yaratish 

boshqarishning  funktsiyalar  tizimini  amalga  oshirishda  funktsional  quyi  tizimlar 

(funktsional  modullar,  biznes  ilova)  deb  nom  olgan  uning  alohida  qisimlarini 

ajratilishini  o’z  ichiga  oladi.  Funktsional  alomatlar  quyi  tizimning  qo’yilishini 

aniqlab  beradi,  faoliyatning  qanday  sohasiga,  ya’ni  tayinlanishni  qanday  asosiy 

maqsad,  masalalar  va  funktsiyalarni  bajarishini  aniqlab  beradi.  Funktsional  quyi 

tizimlar mohiyatan axborot tizimlarining   predmet sohalariga (qo’llash doirasiga) 

bog’liq bo’ladi. 

Malumotlarga ishlov berish  tizimi komponentlari   

Malumotlarga ishlov berish tizimining asosiy vazifasi-ma’lumotlariga ishlov 

berish na’munaviy jarayonlarni amalga oshirishdir (10- chizma) va ular: 

‒ axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish va mashina tashuvchilarga o’tkazish; 

‒ axborotlarni saqlash va ishlov berish joyiga uzatish; 

‒ axborotlarni  kompyuterga  kiritish,  kiritishni  va  kompyuter  xotirasida 

joylashtirishni nazorat qilish; 

‒ ob’ektni  boshqarishda  funktsional  masalalar  tizimini  echish  uchun  

axborotlarga  kompyuterda  ishlov  berish  (yig’ish,  saralash,  tahlil  qilish,  tanlash, 

mantiqiy va arifmetik ishlov berish); 

Функционал 

масалалар 

Моделлар ва 

алгоритмлар 

Техник таъминот    

Ҳуқуқий таъминот 

Лингвистик таъминот 

Ходимлар 

(штатлар, 

лавозимлар 

йўриқномалари) 


16 

 

‒ axborotlarni  jadval, diagramma,  texnalogik  jarayonlarni to’g’ridan-to’g’ri 



boshqarish  uchun  signallar  ko’rinishida  chiqarish,  boshqa  tizimlar  bilan  aloqa 

uchun axborotlar chiqarish; 

‒ lokal  va  global  hisoblash  tarmoqlarida  hisoblash  jarayonlarini  (hisoblash 

jarayonida  rejalashtirish,  ro’yxatga  olish,  nazorat,  tahlil  qilishni  amalga  oshirish) 

tashkil qilish va boshqarish. 

MIBT    uchta  asosiy:  paketli,  interaktiv,  real    vaqt    masshtabi    tartiblarida  

ishlashi  mumkin. 

Paketli  tartib    uchun    foydalanuvchiga    ishlov    berish  natijasini  masalalar 

paketi,  ya’ni    masalalar    ketma-ketligi    bajarilgandan  so’ngina    berilishi  

xususiyatlidir. 

Paketli tartibda  ishlovchi tizimga  misol  sifatida  solik  inspektsiyasi, kassa  

hisob-kitobi    markazlari,  banklani    statistik    hisob-kitoblar  tizimini  keltirish 

mumkin.  Bu  tartibning    kamchiligi  foydalanuvchining  axborotlarga  ishlov  berish  

jarayonlaridan chetlashtirilganligidir, bu  esa  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  

tezkorligini  tushirib  yuboradi. 



Interaktiv (muloqot) tartibda ishlashda  foydalanuvchi  va  tizim  o’rtasida  

xabar   ayriboshlash   amalga   oshiriladi.  Foydalanuvchi   so’rov  natijalarini  fikrlab  

ko’radi  va  keyingi  ishlov berishlar uchun tizimga qabul qilgan qarorini kiritadi.  

Real vaqt tartibi tez o’tib ketuvchi  jarayonlarni,  masalan SWIFT turidagi  

xalqaro    global  tarmoqlarida  bank  axborotlariga    ishlov    berish    va    uzluksiz  

texnalogik  jarayonlarni boshqarish uchun foydalaniladi.  

 

Axborot tizimlarining rivojlanish  bosqichlari.  

Aslini  olganda  axborot  tizimini  paydo  bo’lishi  kishilik  jamiyatining  paydo 

bo’lishiga borib taqaladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzumida qabilalarga boshqa bir 

dushman qabila bostirib kelishida ularni avvaldan tashkil qilingan tepaliklarga o’t 

yoqib  yoki  boshqa  biron-bir  belgilar  yordamida  o’z  qabiladoshlariga  xabar 

berganlar,  ov  qilish  jarayonida  ham  qandaydir  o’ziga  xos  belgilar  qtyish  asosida 

boshqa  qabiladoshlarini  izidan  ergashtirib  borgan.  Keyinchalik  yozuvni  paydo 

bo’lishi,  pochta,  telegraf  va  telefonlarni  yaratilishi  bu  tizimni  sekin  asta 

takomillashuviga  olib  keldi.  Ammo  aloqa  tarmog’ini  rivojlanishi,  kompyuterlar, 

kompyuterlar  tarmog’ini  yaratilishi  o’ta  darajada  takomillashgan  zamonaviy 

axborot tizimlarini tarkib topishiga olib keldi. 

Oxirgi  30  yildan  ortiq  davrdagi  axborot  tizimlarini  rivojlanish  yo’nalishi 

mayatnik  sifat  ko’rinishga  ega  bo’ldi:  o’tgan  asrning  saksoninchi  yillari 

o’rtalarigacha  ustivor  bo’lib  kelgan  va  asosida  meynfreymlar  bo’lgan 

ma’lumotlarga  ishlov  berishning  markazlashgan  modeli  qisqa  vaqt  davomida  o’z 

o’rnini kompyuterlar bir darajali lokal tarmoqlarining taqsimlangan arxitekturasiga 

bo’shatib berdi, biroq hozirgi davrda qaytadan tizim resurslarini markazlashtirishga 

qaytish  munosabatlarini  kuzatish  mumkin.  Hozirgi  kunda  o’zidan  oldingi 

avlodlarning  hamma  ustunliklarini  samarali  birlashtirgan  «mijoz-server» 

texnologiyalariga e’tibor ortib bormoqda. 



17 

 

Axborot  tizimlarini  rivojlanishida  bir  nechta  avlodlari  farqlanadi.    Axborot 



tizimlari yaratilishi  va  rivojlantirilishi  asosan  kompyuterlarni  yaratilishi  bildan  

bog’liq bo’lib, uni rivojlanishini 5 bosqichga  bo’lib  ko’rish  qabul  qilingan   



Birinchi  avlod  axborot  tizimlari.  1950  yil    oxiri  -  1960  yil    boshi  -  

mahsulotlarni  hisobga  olish,  oylik  maoshlarini  hisoblash  bo’yicha  ko’p  mehnat 

talab  qiluvchi  masalalarni  alohida  optimallashtirilgan  masalalarini  echishda 

kompyuterlarni  qo’llashning  bu    axborot  texnologiyalari  turida  ma’lumotlarga 

qisman ishlov berilgan.  

Axborot  tizimlarining  ikkinchi  avlodi.  1960  -1970  yillar.  Bitta  markaziy 

kompyuter asosida «bitta korxona-bitta ishlov berish markazi» tamoyilida qurilgan, 

funktsional  vazifalarni  (ilovalarni)  bajarilishi  standart  muhiti  sifatida  IBM 

firmasining MVS operatsion tizimi xizmat qilgan. 

Joriy  va  reja  axborotlariga  elektron  ishlov  berish,  kompyuter  xotirasida 

ma’lumot  yuritish  normativlarini  saqlash  mashina  ma’lumotlarini  qog’ozli 

tashuvchilarga  chiqarish  amalga  oshirilgan.  Axborot  texnologiyalari  turi  - 

ma’lumotlarga ishlov berish elektron tizimi - MIBET deyilgan. 

1970  yillar  korxona  va  tashkilotlar  faoliyati  boshqaruv  jarayonlarining 

barcha  bosqichlarida  axborotlarga  kompleks  ishlov  berilgan  moddiy-texnik 

ta’minot, transport tashishlardagi  mahsulotlar harakati va zahiralar nazorati, tayyor 

mahsulotlarni ishlatilish hisobi, rejalashtirish va boshqaruvni ABTga o’tish davri - 

axborot  texnologiyalarining  turi  jamoa  bo’lib  foydalanishli  hisoblash  markazlari 

sharoitida axborotlarga markazlashgan ishlov berishdan iborat bo’lgan.  



Axborot 

tizimlarining 

uchinchi 

avlodi 

1970-1980 



yillar. 

Markazlashtirilmagan 

axborot 

tizimlariga 

o’tishdagi 

birinchi 

qadamlar. 

Foydalanuvchilar 

hisoblash 

jarayonlarida 

DEC 

VAX 


turidagi 

mini 


kompyuterlardan  foydalanib  ofislar  va  kompaniya  bo’limlarining  axborot 

texnologiyalarini  ilgari  surdilar.  Parallel  ravishda  OI2  turidagi  yuqori  ishlab 

chiqarishli  MBBTni  faol  joriy  qilish  boshlandi.  Shunday  qilib,  bu  avloddagi 

axborot  tizimining  yangiligi  markazlashtirilmagan  ma’lumotlar  bazasi  va  amaliy 

paketlar asosiy fundamenti bo’lgan ma’lumotlarga ishlov berish tizimlarini tashkil 

qilishning  ikkinchi  va  uchinchi  darajali  modellari  (markaziy  kompyuter-ofis  va 

bo’linmalarning mini kompyuterlari) bo’ldi. 

Axborot  tizimlarinig  to’rtinchi  avlodi  -  1980  yillar  va  1990  yillar  boshi. 

Asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  bo’lgan  shaxsiy  kompyuterlarga  ommaviy 

ravishda  o’tish  va  tarmoqda  taqsimlangan  ishlov  berishlar  avj  oldi.  Korporativ 

biznesning  mohiyati  tarqoq  holdagi  ish  joylarini  yagona  axborot  tizimiga 

birlashtirishni  talab  qilar  edi  -  hisoblash  tarmoqlari  va  taqsimlangan  ishlov 

berishlar  paydo  bo’ldi.  Biroq  juda  tez  orada  bir  darajali  tarmoqda  ierarxik 

darajaning  birinchi  belgilari  ko’zga  tashlandi:    avval  ajratib  berilgan  serverlar, 

qog’ozga  chiqarish  telekommunikatsiya  serverlari,  so’ngra  ilovalar  (funktsional 

vazifalar) serverlari. 

Tizimdagi  hisoblash  jarayoning  qandaydir  bosqichida  ma’sul  xodimning 

korporativ  ma’lumotlar  bazasini  quvvatlab  turishi  va  u  bilan  bog’liq 

markazlashgan ilovalarni bajarish kabi jarayonlar va axborot tizimi resurslarini bir 



18 

 

joyga  to’plash  talablari  ortib  borganligidan,  bu  talablarni    IBM  DEC,  Hewlett-



Packard,  Sun  va  boshqa  kompaniyalarnining  UNIX-serverlari  yordamida 

qondirildi.  Shuning  uchun  server  bozori  kompyuter  industriyasida  vaqt  bo’yicha 

tez o’sib boruvchi sektorga aylandi. 

Axborot  tizimlarini  to’rtinchi  avlodini  rivojlanishida  bir  darajali 

taqsimlangan  ishlov  berish  g’oyasi  sezilarli  ravishda  siqib  chiqarila  boshlandi  va 

o’z o’rnini mijoz-serverning ierarxik modeliga bo’shatib berdi. 

1980  yil  -  texnologiya  jarayonlari  ABT  avtomatlashgan  loyihalashtirish 

ishlari  tizimi  (ALIT),  korxona  ABT,  tarmoq  ABT,  umumdavlat  ABT-reja  hisob 

kitoblari,  statistika,  material-texnik  ta’minot,  fan-texnika,  moliya  hisob  kitoblari, 

ko’p  foydalanuvchili  axborotlarga  markazlashtirilgan  holda  ishlov  berish, 

hisoblash texnikalaridan foydalanishda qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish. 

Axborot  texnologiyalarining  turi  -  mini  kompyuter.      Kompyuter  asosida 

texnologik  echimlarni  maxsuslashtirildi  super  kompyuterlar  asosida  axborotlarga 

ishlov  berish  usullarni  unversallashtirish  bilan  o’z  ma’lumotlar  massivlariga 

uzoqdan turib kirish yo’lga  qo’yildi. 

Axborot  tizimlarining  beshinchi  avlodi  -  rivojlanish  bosqichsidagi  avlod. 

Zamonaviy  axborot  tizimining  ajralib  turgan  xususiyati  avvalo  ierarxik  tashkil 

qilinishga  asoslangan,  unda  axborot  tizimi  resurslarini  yuqori  darajada  yagona 

rahbarlik  asosida  boshqarish  va  markazlashtirilgan  ishlov  berish  quyi  darajadagi 

taqsimlangan ishlov berishlarni e’tiborga oladi.  

Ilovalar 

keng 

ko’lami, 



tarmoqda 

axborot 


tuzilishlarini 

takompyuterellashtirish  “Inson  –  mashina”  interfeysini  joriy  qilish,  qaror  qabul 

qilish, axborot - maslahat beruvchi tizimlari. 

Axborot  texnologiyalar  turi  yangi  axborot  texnologiyalari  -  hisoblash 

texnikalari vositalarini tashkiliy va aloqa vositalarini birlashtirish.  

Beshinchi avlod axborot tizimi quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 

 stol kompyuterlari  va taqsimlangan ishlov berish muhiti imkoniyatlaridan 

to’liq foydalanadi; 

 axborot 

tizimi 


ierarxiyasi 

yuqori 


darajalarida 

ma’lumotlarni 

markazlashgan  holda  saqlash  va  ishlov  berish  hisobiga  tizim  resurslarini  iqtisod 

qiladi; 


 ierarxiyani  barcha  darajalarida  tarmoqni  faoliyat  yuritishini  va  uni 

boshqarishda  oraliq  nazoratni,  shuningdek  tizim  konfiguratsiyalarini  zaruriy 

egiluvchanligi  va  dinamikligini  ta’minlashni  amalga  oshirishga  imkon  beruvchi 

tarmoq  va  hisoblash  jarayonlarini  tashkil  qilishning  samarali  markazlashtirilgan 

vositalarining mavjudligi; 

 korxona  byudjetida  ochiq  ko’rib  chiqish  murakkab  bo’lgan  (tarmoq 

faoliyatini qo’llab turish, serverdan uzoqdagi foydalanuvchilar fayllaridan zahiraga 

nusha olish, ishchi stantsiyalarining konfiguratsiyalarini sozlash va ularni tarmoqqa 

ulash,  dasturiy  vositalar  versiyalarini  yangilab  borish  va  shunga  o’xshashlar) 

xarajatlarni o’z ichiga olgan axborot tizimlarini saqlab turish xarajatlarini tushirish. 



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling