23-modda. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot: Moliyaviy hisobot nomi va mazmunini MHXSga muvofiqlashtirish maqsadida nomi o’zgartirildi, birinchi qismi, mazkur moddadagi o’zgartirish konsolidatsiyalashgan, shuningdek Fuqarolik kodeksining 67-moddasidagi “asosiy xo’jalik jamiyati va sho’hba xo’jalik jamiyati” tushunchalar bilan muvofiqlashtirildi, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi qismlari amaldagi boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qonunning boshqa normalarida mavjud bo’lganligi sababli chiqarildi va beshinchi qismiga MHXSga muvofiq o’zgartirish kiritildi.
24-modda. Moliyaviy hisobotning hisobot davri: Birinchi qismi: 22-moddaning ikkinchi qismi bilan muvofiqlashtirildi, ikkinchi qismi oraliq moliyaviy hisobotni tuzishning amaliy zaruriyatidan kelib chiqqan holda to’ldirildi (moliyaviy hisobot yil, yarim yil, chorak, oy va hisobot davrining boshqa muddatlari uchun tuzilishi mumkin), uchinchi va to’ritinchi qismiga tahririy aniqlik kiritildi.
25-modda. Moliyaviy hisobotni taqdim etish: Birinchi qismi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati organlari to’g’risida”gi qonunga moslashtirildi, buxgalteriya hisobi va hisoboti sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ikkinchi qism kiritildi.
26-modda. Moliyaviy hisobotni e’lon qilish: Birinchi qimiga aniqlashtiruvchi tuzatish kiritildi, ikkinchi qimiga moliyaviy hisobotni ehlon qilish bo’yicha amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan norma bilan yahni “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarni himoya qilish to’g’risida”gi 102-modda, “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi 61-modda, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi 42-modda, “Jamoat fondlari to’g’risida”gi 25-modda va boshqa qonun hujjatlari (masalan, “Kredit axboroti almashinuvi to’g’risida” kredit byurosi qismi bo’yicha, “Birjalar va birja faoliyati to’g’risida” va boshqalar) bilan muvofiqlashtirildi, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi ayrim buxgalteriya hisobi subhektlari hisobotining xususiyatlaridan kelib chiqib, uchinchi qism bilan to’ldirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |