3. C6H12Cl2 ni nechta asosiy zanjirda to’rtta uglerod atomi bo’lgan geminal digalogenli izomeri bor? A 2 B 3 c 5 d 4


Download 15.02 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi15.02 Kb.
#116957
Bog'liq
Variant


Variant № 1

1. Alken xlor bilan reaksiyaga kirishib 25,4g dixlorli birikma, alkenning yana shuncha miqdori bromning eritmasi bilan reaksiyaga kirishib 43,2g li dibromli birikmani hosil qildi. Alkenning formulasini toping. A) C5H10 B) C4H8 C) C3H6 D) C2H4

2. Quyidagi moddalarni qaynash temperaturasi ortib borish tartibida joylashtiring. 1) izobutilen 2) transbuten-2 3) buten-1 4) sisbuten-2 A) 1,3,2,4 B) 1,3,4,2 C) 4,2,3,1 D) 2,4,3,1

3. C6H12Cl2 ni nechta asosiy zanjirda to’rtta uglerod atomi bo’lgan geminal digalogenli izomeri bor? A) 2 B) 3 C) 5 D) 4

4. Levulin aldegidi tarkibidagi 1-uglerod atomining oksidlanish darajasini aniqlang. A) +2 B) -2 C) -3 D) +1

5. Atsetilenni 22,4 l (n.sh.) hajmi noma’lum spirt bilan reaksiyaga kirishdi(η=65%). Natijada hosil bo’lgan organik moddaning massasi dastlabki alkin massasidan 2,15 marta og’ir bo’lsa, noma’lum spirtning 0,5 moli tarkibidagi atomlar sonini aniqlang. A) 36,12•1023 B) 45,15•1023 C) 27,09•1023 D) 18,06•1023

6. Sikloparafinlarda C3H6-C4H8 ning agregat holati qanday? A) gaz B) suyuqlik C) qattiq D) biri gaz, ikkinchisi suyuqlik

7. Atsetilen oksidlanganda (η=60%) hosil bo’lgan oksalat kislota massasi dastlabki atsetilen massasidan 14 gr ga og’ir bo’lsa, hosil bo’lgan organik modda necha gr 14% li KOH eritmasini to’liq neytrallaydi? A) 120 B) 200 C) 100 D) 240

8. Butanni 600 C da Al2O3 ishtirokida qizdirilganda 20,16 l (n.sh) gazlar aralashmasi hosil bo’lsa hosil bo’lgan organik modda massasini toping A)54 B)27 C)108 D)16,2

9. 52,5 gr siklopentan brom bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo’lgan organik modda massasini aniqlang. (η=80%) A) 172,5 B) 138,0 C) 89,4 D) 111,75

10. Noma’lum sikloalkan yonishiga 13,44 l (n.sh.) O2 sarflansa, hosil bo’lgan suv massasini toping. A) 14,4 B) 10,8 C) 7,2 D) 5,4

11. Konyugirlangan dien uglevodorodlarning Br2 ta’sir ettirilganda bitta qo’shbog’ saqlanib qolinishini kim aniqlagan? A) Tile B) Lebedev C) Shorigin D) Markovnikov

12. Lebedev usuli bo’yicha etil spirtdan uglevodorod olindi. Shu reaksiyada hosil bo’lgan gazlar aralashmasini o’rtacha molekulyar massasini aniqlang. A) 30 B) 28 C) 24,67 D) 23

13. P.P. Shorigin usuli bo’yicha geksadiyen olinganda 11,5 gramm Na metali sarflangani ma’lum bo’lsa, reaksiya uchun olingan dastlabki organik moddaning massasini aniqlang A)121 B)242 C)60,5 D)48,4

14. Tabiiy kauchukning 10 moli tarkibida 24,08•1028 ta vodorod atomi bo’lsa, uning polimerlanish darajasini aniqlang. A) 5000 B) 50000 C) 40000 D) 4000

15. Atsetilendan akrilonitril olindi. Natijada hosil bo’lgan akrilonitril tarkibidagi bog’ hosil qilishda qatnashgan orbitallar soni atsetilendan 2400 taga ko’p bo’lsa, nechta atsetilen molekulasi reaksiyaga kirishganini aniqlang. A) 240 B) 300 C) 280 D) 330

16. Spirtdan suvning ajralishi kimning qoidasiga binoan boradi? A) Vagner B) Zaysev C) Sabatye D) Zelinskiy

17. Gustavson reaksiysi bo’yicha 404g 1,3 dibrompropan litiy amalgamasidan o’tkazilganda tuz massasini aniqlang.( Reaksuya unumi 80%) A) 139,2 B) 174,0 C) 348,0 D) 278,4

18. Terpenlar deb nimaga aytiladi? A) siklogeksanni kislorodli hosilalari B) siklogeksanni to’yinmagan hosilalari C) efir moyi D) siklopropanni xlorli hosilasi

19. Xloropren past temperaturada polimerlanganda nima olinadi? A) Novolak B) Rezol C) Ebonit D) Nairit

20. 256 gr 30% li KOOC-CH=CH-COOK eritmasi 3A tok kuchi bilan 48250 sekund davomida elektroliz qilinganda eritmadan ajralgan gazlar hajmlarini (l n.sh.) yig’indisini aniqlang. A) 35,84 B) 30,8 C) 47,6 D) 26,88

21. Tabiiy kauchuk qaysi daraxtdan olinadi? A) Qarag’ay B) Geran C) Geveya D) Baobab



22. C3H6 tibbiyotda nima sifatida ishlatiladi? A) narkozda B) vazelin olishda C) surgi vosita D) og’riq qoldirishda
Download 15.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling