Rel’slar. Temir yo`llar qurilishida standart rel’slardan foydalaniladi. Rel’slarning xili ularning bir metrining massasiga qarab (kg/m) belgilanadi. Poezdlarning og`irligi, tezligi va serqatnovligi qancha katta bo`lsa, temir yo`l uchun massasi shuncha katta bo`lgan rel’slar qo`llanilishi ko`zda tutiladi. SHaxtalarda R18, R24, R33, R38, R43, R50 tipidagi rel’slar, ochiq kon ishlarida esa R38, R43, R50, R65 tipidagi rel’slar ishlatiladi. Rel’slar uzunligi esa ularni yotqizish joyigacha tashish usuliga qarab 8-25 metrgacha bo`ladi. Er osti yuk tashish lahimlarida bir metrining og`irligi 24 kg/m dan kam bo`lmagan rel’slardan foydalaniladi. Magistral yo`llarda bir metrining massasi 33,5 kg/m va undan kata bo`lgan rel’slar ishlatiladi.
Rel’slar maxsus po`latdan tayyorlanadi va termik ishlov beriladi. Rel’slar bosh qismi, bo`yin qismi va asos qismlaridan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |