3. ett rivojlanish bosqichlari. Elektron to’lov tizimlari rivojlanish bosqichlari
ETTning xavfsizligi deganda nimani tushunish mumkin?
Download 33.88 Kb.
|
3 savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.ETTda to’lovlarni amalga oshirish yo’llari. 4. Elektron to’lov tizimlarining xususiyatlari.
3.ETTning xavfsizligi deganda nimani tushunish mumkin?
Elektron to’lov tizimida xavfsizlik masallari. Jamiyatni axborotlashtirish hozirgi zamonnining davr talabiga aylanib bormoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari axborotni qabul qilish va o’zlashtirish jarayonlari bilan ham chambarchars bog’liqdir. Rivojlanishning zamonaviy bosqichida axborot texnologiyalari jamiyatni mo’tadil taraqqiy etishiga bevosita ta’sir etuvchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning ustivor yo’nalishlaridan hisoblanadi. Axborot texnologiyalarining strategig maqsadlari qatoriga biznesni rivojlantirish, uni samarali boshqaruvini ta’minlash hamda faoliyat jarayonlarini amalga oshirish harajatlarini maksimal tejash kiradi. Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlarida bir qator qo’shimcha xavfsizlik masallari va preferensiyalarni taqdim etish bo’yicha amalga oshirilgan aniq maqsadli chora-tadbirlar ishbilarmonlik muhitida ijobiy o’zgarishlarni ta’minladi. Yaratilgan bu imkoniyatlar natijasida 2000 yil bilan taqqoslaganda, kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 31 foizdan 54 foizgacha ko’paydi. Ushbu sohada band bo’lganlar soni shu davr ichida 2barobardan ko’proq oshdi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlarning 75,1 foizidan ko’prog’i uning ulushiga to’g’ri keladi. 3.ETTda to’lovlarni amalga oshirish yo’llari. 4. Elektron to’lov tizimlarining xususiyatlari. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy axborot tizimini rivojlantirishga oid konsepsiya hayotga izchil tatbiq etilayotir. Bunda axborot sohasida davlat siyosatini belgilaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning axborot makonidagi munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Jamiyat hayotining barcha jabhasiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy qilishda “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida”gi, “Telekommunikasiyalar to’g’risida”gi, “Aloqa to’g’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi qonunlar va boshqa hujjatlar muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilayotir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha jabhasida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo’lgan talab-ehtiyojlarini to’laqonli qondirish maqsadida axborotlashtirishning milliy tizimi shakllantirildi. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy vositalar, ma’lumotlarning axborot bazalari ishlab chiqildi, respublika, tarmoq va mahalliy axborot-kommunikasiya tizimi shakllantirildi, yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining rivojlangan infratuzilmasini joriy etmasdan turib, iqtisodiyotimizni tarkibiy jihatdan o’zgartirishga erishish mumkin emasligini alohida qayd etgandi. Darhaqiqat, axborot-kommunikasiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi va hayotga faol tatbiq qilinishi aholining turmush tarzini o’zgartirib, tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirdi. Xususan, tijorat bitimlarini tuzishning barcha bosqichida eski - qog’oz usulidan voz kechilib, yangi ilg’or yo’nalishlar paydo bo’ldi. Elektron tijorat bugungi kunda bozorning ajralmas qismiga aylanib, nafaqat dunyoda, balki yurtimizda ham izchil rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda “Uzcard”, “Websum” singari to’lov va elektron savdo tizimlari hamda “Click” mobil banking keng qo’llanilib, tobora ommalashmoqda. Hozirgi vaqtda internetda o’z mahsulot hamda xizmatlarini taqdim qilayotgan va “Websum” chakana savdo to’lovidan foydalanayotgan kompaniyalar soni 80 dan ortiqni tashkil etadi. Yuridik hamda jismoniy shaxslar ilg’or axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositasida o’zlariga qulay usulda — masofadan turib bank xizmatlaridan foydalanishayapti. Mobil va internet-banking sohasida xizmatlar ko’lami tobora kengayib bormoqda. Onlayn-karta egalari uylaridan chiqmagan holda kerakli narsani xarid qilishi, buyurtma berishi, mobil telefon orqali turli to’lovlarni amalga oshirishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarning izchil takomillashtirib borilayotgani, sohaga axborot-kommunikasiya texnologiyalari keng joriy etilayotgani elektron tijoratni yanada rivojlantirishda muhim omil bo’lmoqda. “Elektron tijorat to’g’risida”gi Qonun bilan birga, “Elektron to’lov to’g’risida”gi, “Elektron raqamli imzo to’g’risida”gi va boshqa qonunlar qabul qilindi. Ammo shuni alohida qayd etish kerakki, axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy qilish uzluksiz innovasion jarayon bo’lib, elektron tijorat subyektlari faoliyatining normativ-huquqiy mexanizmlarini muntazam takomillashtirib borishni talab etadi. Axborot texnologiyalari taraqqiyotining bugungi darajasi mamlakatimizda ham elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni yanada aniq tartibga solish hamda amaldagi qonunchilikka tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritish zaruratini kun tartibiga olib chiqdi. Download 33.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling