3. Fuqaro V. turmush oʻrtogʻi bilan nikohi bekor boʻlgandan soʻng ikki yil davomida yetti yoshli qizi uchun aliment oldi. Keyin u bola uchun pul joʻnatishni toʻxtatdi va boshqa yordam bermadi


Download 25.8 Kb.
bet1/3
Sana08.01.2022
Hajmi25.8 Kb.
#238992
  1   2   3
Bog'liq
Huquqiy axborot texnologiyalari


Kazus:

3. Fuqaro V. turmush oʻrtogʻi bilan nikohi bekor boʻlgandan soʻng ikki yil davomida yetti yoshli qizi uchun aliment oldi. Keyin u bola uchun pul joʻnatishni toʻxtatdi va boshqa yordam bermadi. Qizi yigirma yoshga toʻlganida fuqaro V. Oʻqishga kirganligi tufayli universitetda qizining taʼlim uchun toʻlash kerak, barcha oʻtgan vaqt (2001-yildan buyon) uchun uning sobiq eri aliment boqimandalik tiklash uchun sudga murojaat qildi.

Savoli: Fuqaro V. qizi uchun aliment undirish, shuningdek aliment toʻlashning butun muddati davomida foiz olish huquqiga egami? Uning savoliga javob topish uchun qanday axborot texnologiyalaridan foydalangan holda manbalardan foydalanishi mumkin?

Javob:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi 1-qismida: “Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”1 deb belgilab qo’yilgan. Oila kodeksining 96-moddasi 2-3-qismlarida: “Voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrug‘iga asosan aliment undirilishi, shunindek voyaga yetmagan bolalarga aliment to‘lash haqida ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to‘lanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish to‘g‘risida sudga da’vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek o‘n to‘rt yoshga to‘lgan bola voyaga yetmagan bolaning ta’minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atishga haqlidir”. Lekin, ota qizi uchun ikki yil davomida aliment to’lab kelgan keyin esa to’lamagan, ushbu kodeksning 98-moddasiga asosan, ota-onalar o’zlarining voyaga yetmagan farzandlari uchun ta’minot berish tartibini o’zlarinig o’rtasidagi kelishuv orqali belgilashlari keltirib o’tilgan, vaziyat aniqlashtiriadigan bo’lsak bu yerda ota qizi uchun ikki yil davomida aliment to’lab ketmaganligini sabab qilib er-xotin o’rtasidagi kelishuv deb baholasak ham bo’ladi. Agarda ona tomonidan otaning o’z qizi uchun belgilangan muddatda va tartibda aliment to’lamaganligini da’vo qilib sudga murojaat qilgan taqdir sud Oila kodeksining 114-moddasida: “Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi” deb belgilangan, shuningdek ushbu kodeksining 116-moddasida ko’rsatilishicha, agarda voyaga yetmagan farzandlar uchun aliment undirish to’g’risidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo’yin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki jinoiy javobgarlikka tortish bilan jazolanishi mumkin2. Ushbu kodeksining 136-moddasida alimentni sud tartibida undirish ko’rsatilgan, uning 1-qismida belgilanilishicha: “Aliment olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan so‘ng qancha muddat o‘tganidan qat’i nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir”. Ya’ni bu yerda aytilishicha aliment olish huquqi voyaga yetmaganlarga 18 yoshga yetgunga qadar qilib belgilangan, lekin bu yerdagi vaziyat ko’ra qiz yigirma yoshga kirganligi sababli aliment olish huquqi o’tgan, lekin aynan shu moddaning 4-qismiga asosan: “Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin”3. Demak, ota o’zining voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment pulini to’lamay yurganligi uchun ona tomonidan sudga davo arizasi bilan murojaat etmaganligi, shuningdek uning oqibatida keyinchalik aliment olish huquqining o’tib ketganligi sababli, sud tomonidan alimentni foiz undirib olish imkoniyati yo’q, faqatgina yuqorida keltirib o’tilgan asosga ko’ra faqatgina uning uch yilligini undirib olishi mumkin.

Xulosa:

Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ma’lumotlarda kelib chiqib, alimentni foizi bilan undirib olish huquqi mavjud emas . Bu savolga javob topishda lex.uz , norma.uz va advice.uz kabi huquqiy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda javob topdim.




Download 25.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling