3 I bob alkogolizm va giyohvandlikda bemorlar psixologiyasi


Ishning tarkibiy tuzilishi


Download 67.23 Kb.
bet3/9
Sana05.05.2023
Hajmi67.23 Kb.
#1428319
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Alkogolizm va giyohvandlik

Ishning tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat boʻlib, ishning umumiy hajmi 44 betni tashkil etadi. Ishda 30 ta manbadan iborat adabiyotlardan foydalanilgan boʻlib, shulardan 5 tasi internet saytlaridir.
I BOB ALKOGOLIZM VA GIYOHVANDLIKDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI
1.1. Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi.
Ichkilikbozlik muammosi qadimdan ma’lumdir. Bugungi kunda esa bu muammo nafaqat tibbiy-psixologik, balki ijtimoiy muammoga ham aylangan. Chunki ichkilikbozlik nafaqat spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchining salomatligiga ziyon keltiradi, balki oilaning buzilishiga, farzandlar tarbiyasiga katta salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Surunkali alkogolizmda kuzatiladigan psixik buzilishlar turli-tuman bo‘lib, ularning qay darajada rivojlanganligi bemorning necha yildan beri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, uning miqdori, jismoniy salomatligi kabi bir qancha omillarga bog‘liq. Aksariyat mualliflar surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning yuzaga kelishini kasallikning og‘ir bosqichga o ‘tganligidan dalolat beradi, deb ta’kidlashadi. Surunkali alkogolizmda psixik buzilishlarning tez shakllanishini spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish sababli yuzaga keladigan o'tkir zaharlanishlar kuchaytiradi. Har bir o ‘tkir zaharlanish turli darajada ifodalangan o‘tkir psixozlar bilan namoyon bo‘ladi.
Klinik manzarasi. Alkogolizmda yuzaga keladigan ruhiy-hissiy buzilishlarning tasnifi bir qancha. Biroq biz tibbiy amaliyotda eng ko‘p uchraydigan ruhiy-hissiy buzilishlarning ba’zi turlarini keltirib o‘tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o ‘rin tutadi. Alkogol deliriysi turli darajada ifodalangan psixovegetativ buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Unda ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ongning tumanlashuvi, vahimavaxavotir, giperdinamiya, alahsirashlar, betoqatlik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya, qon bosimning o‘zgarib turishlari ham namoyon boMadi. Delirioz holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda ko‘p kuzatiladi.
Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrofdagilarga e ’tibor bermay q o ‘yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap so‘zlarning ma’nosini anglamaydi, ma’nosiz gaplar gapiradi va qiliqlar qiladi. Og‘ir holatlarda, tana harorati ko‘tariladi, oliguriya kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir oqibat bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi. 1
Alkogolizmda gallutsinatsiyalar ham alohida o‘rin kasb etadi. Ularning o‘tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash, turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda eshitiladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ularda xavotir, qo‘rquv va uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon boMadi. Aksar hollarda, ularning xulq-atvori keskin o‘zgarib, xuddi ruhiy bemorlarga o‘xshab qoladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallutsinatsiyalarda bemorning ongi saqlangan bo‘ladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p hollarda affektiv va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo‘ladi.
Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo‘xshov harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta ’qib kabi affektiv buzilishlar bilan kechadi.
Ensefalopatiyalar. Spirtli ichimliklarni katta miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish o‘tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vernike ensefalopatiyasi alohida o ‘rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o ‘tkir boshlanadi va kuchli ifodalangan delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar mazkur ensefalopatiya patogenezida B, vitamini yetishmovchiligiga katta urg‘u berishadi. Nevrologik simptomlar turli-tuman bo‘lib, ular psixik buzilishlar darajasiga ham bog'liq bo‘ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tananing turli joylarida fibrillatsiyalar va fassikulatsiyalar, giperkinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo‘ladi.
Surunkali alkogolizmda ruhiy-hissiy buzilishlar kuchaya borib, bosh miya tuzilmalarida chuqur organik buzilishlar paydo bo‘ladi, ya’ni toksik ensefalopatiya rivojlanadi. Toksik ensefalopatiya, ayniqsa, sifatsiz spirtli ichimliklar, ya’ni alkogol surrogatlarini doimo iste’mol qilishda ham ko‘p kuzatiladi. Toksik ensefalopatiyalar yaqqol ifodalangan nevrologik belgilar bilan namoyon bo‘ladi va ruhiyhissiy buzilishlar kuchli ifodalangan boMadi. Bular amentiv va affektiv holatlar, tez-tez va uzoq davom etuvchi deliriylar, gallutsinatsiyalar, stupor, depressiya, oneyroid sindrom va boshqa turli xil psixik avtomatizmlar.
Abstinent sindrom. Abstinent sindrom katta miqdorda va doimo alkogol ichib yuradiganlarda ro‘y beradi va turli darajada ifodalangan psixovegetativ, nevrologik va somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu buzilishlar zarur miqdorda alkogol iste’mol qilgandan keyin kamayadi yoki yo‘qoladi. Abstinent sindromni xalq orasida “alkogoldan judo bo‘lganlik” sindromi deb ham atashadi.
Abstinent sindromining klinik belgilari turlicha namoyon bo‘lishi mumkin va uning ba’zi turlarida nevrologik, ba’zilarida ruhiy-hissiy, boshqa birlarida somatik buzilishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi, biroq ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o ‘rin kasb etadi. Demak ichkilik ichib yuradigan odam aroqdan to‘ygandan keyin uni iste’mol qilmay qo‘ysa, abstinent sindrom rivojlanadi, bunda bemor juda bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o‘tira olmaydi, o‘zini xotin bola-chaqalariga nisbatan agressiv tutadi, aroq topib berishni talab qilaveradi, janjal ko‘taradi, xulq-atvori jinnisifat bo‘lib qoladi.
Abstinent sindrom ba’zi bemorlarda kuchli agressiv holat bilan namoyon bo‘lsa, ba’zi bemorlarda apatiya bilan namoyon bo‘ladi, ya’ni bemor yig‘layveradi, atrofdagilardan, ayniqsa, umr yo'ldoshidan kechirim so'rayveradi: “boshqa ichmayman, lekin hozir, albatta, aroq topib ber, boMmasa o‘lib qolaman” deb yolvoraberadi. Haqiqatan ham, yetarli miqdorda aroq ichgandan keyin tinchlanadi va uxlab qoladi.
Shuningdek, abstinent sindromda qon bosimning tushib ketishi yoki aksincha, juda yuqori ko‘tarilishi, rangining oqarib-ko‘karib ketishi, mavjud somatik kasalliklarning qo‘zg‘ashi, ayniqsa, bemor sigaret chekadigan boMsa va unda surunkali bronxit bo‘lsa, uni qattiq yo'tal tutishi mumkin. Bunday vaziyatlar ba’zan o‘lim bilan tugaydi. Shuningdek, kuchli bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya, muvozanatning buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Bemor uxlay olmaydi, yomon tushlar ko‘rib uyg‘onib ketadi, miyasiga suitsidal fikrlar keladi.
Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bemorlarda turlicha namoyon bo‘ladi, ba’zan bu belgilar uning oila va jamiyatda tutgan o‘rniga, mizojiga, somatik va ruhiy holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shunday bo‘Isa-da, o‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda hurmat va e’tiborga ega bo'lgan, biroq ichkilikni xush ko‘radigan shaxslarda abstinent sindrom rivojlansa, ular o‘ta sharmandali ahvolga tushib qolishi mumkin. Ular yaqin do‘stlarini ham qattiq haqorat qilib, uzoq yillik do‘stona munosabatlarni umrbod uzib qo‘yishlari mumkin. Shuning uchun ham alkogolizmdan oila va jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy katta ziyon yetkazilishini e’tiborga olsak, haqiqatan ham alkogolizm katta ijtimoiy muamrno ekanligining yana bir bor guvohi bo‘lamiz.2


Download 67.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling