3 I bob alkogolizm va giyohvandlikda bemorlar psixologiyasi
Giyohvandlikning psixik ta’siri
Download 67.23 Kb.
|
Alkogolizm va giyohvandlik
2.3. Giyohvandlikning psixik ta’siri
Giyohvandlik, narkomaniya, bangilik — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. Giyohvand organizm somatik va ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va Giyohvandni tanazzulga olib boradi. Giyohvandda oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo boʻladi, Giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib boradi. Giyohvand asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang Eyforiya), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin bora-bora bu kasallikka aylanadi. Giyohvand 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib, pirovardida Giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida Giyohvand moddalarga oʻrganishdir.11 Giyohvandka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, Giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki Giyohvand boʻlishi) hamda Giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi ham Giyohvandka sabab boʻlishi mumkin. Giyohvandka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. giyohvand eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda 2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich (haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va miqdoriga bogʻliq. Giyohvandning hamma turi ham oʻz rivojida Giyohvand moddalarga oʻrganib qolish yoʻli bilan giyohvand sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3 bosqich farqlanadi: 1) Giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). Giyohvandka mubtalo boʻlgan kishi Giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi. Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat Giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari (koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda Giyohvand moddalarga nisbatan moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga" oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi, pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar (tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar Giyohvand oʻz vaqtida narkotik moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka xos ogʻir holat — xumorlik (qarang Abstinensiya) sindromi paydo boʻladi. giyohvand opiomaniya (afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. Giyohvandning nashavandlik, kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil Giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i narkomaniya deyiladi. Giyohvandning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir kechadi. Yer yuzining turli mintaqalarida Giyohvandning ayrim turlari kuzatiladi. Giyohvandning geroinizm turi keyingi vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. giyohvand avj olishining oldini olish uchun ayrim mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan OʻzRda Giyohvandka qarshi kurash qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida Giyohvandka karshi keskin kurash olib boradi. Giyohvandka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4 oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda Giyohvand vositalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan kishilar jinoiy javobgarlikka tortiladi. XULOSA Xulosa qilib aytganda, alkogolizmda yuzaga keladigan ruhiy-hissiy buzilishlarning tasnifi bir qancha. Biroq biz tibbiy amaliyotda eng ko‘p uchraydigan ruhiy-hissiy buzilishlarning ba’zi turlarini keltirib o‘tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o ‘rin tutadi. Alkogol deliriysi turli darajada ifodalangan psixovegetativ buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Unda ko‘ruv gallutsinatsiyalari, ongning tumanlashuvi, vahimavaxavotir, giperdinamiya, alahsirashlar, betoqatlik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya, qon bosimning o‘zgarib turishlari ham namoyon boMadi. Delirioz holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda ko‘p kuzatiladi. Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrofdagilarga e ’tibor bermay q o ‘yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap so‘zlarning ma’nosini anglamaydi, ma’nosiz gaplar gapiradi va qiliqlar qiladi. Og‘ir holatlarda, tana harorati ko‘tariladi, oliguriya kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir oqibat bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi. Alkogolizmda gallutsinatsiyalar ham alohida o‘rin kasb etadi. Ularning o‘tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash, turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda eshitiladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ularda xavotir, qo‘rquv va uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon boMadi. Aksar hollarda, ularning xulq-atvori keskin o‘zgarib, xuddi ruhiy bemorlarga o‘xshab qoladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallutsinatsiyalarda bemorning ongi saqlangan bo‘ladi. Eshituv gallutsinatsiyalari ko‘p hollarda affektiv va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo‘ladi. Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo‘xshov harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta ’qib kabi affektiv buzilishlar bilan kechadi. Ensefalopatiyalar. Spirtli ichimliklarni katta miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish o‘tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. O‘tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vernike ensefalopatiyasi alohida o ‘rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o ‘tkir boshlanadi va kuchli ifodalangan delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Mutaxassislar mazkur ensefalopatiya patogenezida B, vitamini yetishmovchiligiga katta urg‘u berishadi. Nevrologik simptomlar turli-tuman bo‘lib, ular psixik buzilishlar darajasiga ham bog'liq bo‘ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tananing turli joylarida fibrillatsiyalar va fassikulatsiyalar, giperkinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo‘ladi. Ma’lumki, Giyohvandlikka ruju qo‘yish, asosan, o‘smirlik davridan boshlanadi va bunda oiladagi noto‘g‘ri tarbiya eng kuchli salbiy omillardan biridir. Ota-ona tomonidan bolalarga ko‘rsatilgan haddan tashqari g‘amxo‘rlik yoki bo'lmasa, bolaning yetarli darajada mehroqibatsiz tarbiyalanishi, o‘ta darajada qattiqqo‘llik bolaning jamiyat talablariga javob beradigan sog'lom shaxs bo‘lib rivojlanishiga to ‘sqinlik qiladi. O‘smirlar uydan bezib ko'chadan mehr izlay boshlashadi va Giyohvand moddalar tarqatuvchilar qo‘liga tushib qoladi. Ularning o‘zi ham keyinchalik Giyohvand moddalarni qabul qila boshlashadi, bu moddalarga jismoniy va ruhiy qaramlik paydo bo‘ladi. Albatta, Giyohvandlikda ruhiy moyillikdan tashqari, bosh miyada turli darajada ifodalangan metabolik buzilishlar ro‘y beradiki, bu haqida maxsus adabiyotlarda batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Giyohvandlikda xulq-atvorning o‘zgarishi va bemorlar psixologiyasi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Giyohvandlikda awalambor, bemorning irodasi so‘nib boradi, unda Giyohvand moddaga nisbatan kuchli mayl shakllanadi. Asta-sekin bu mayl kuchaya borib, bemor unga qarshi kurashishga ojiz boMib qoladi, unda ruhiy qaramlik sindromi rivojlanadi. Bemorning fikru xayoli Giyohvand moddalarni topishga va uni iste’mol qilishga qaratiladi. Ruhiy qaramlik sindromida narkotik vositalarning yo'qligi, bemorda doimo noxush kayfiyat paydo qiladi, u bo‘lar-bo‘lmasga janjal ko'taradigan boMib qoladi. Giyohvand moddani iste’mol qilgan kuni esa kayfiyati yana ko‘tariladi, ya’ni xulq-atvorida ijobiy xislatlar paydo bo‘ladi. Mutaxassislaming fikricha, ruhiy qaramlik sindromida bosh miyada maqsad va istaklar kurashi, qarama-qarshi fikrlar, miyani tark etmaydigan istak va xayollarning oqimi yuzaga keladi. Albatta, miyadagi bu jarayonlar Giyohvand moddalarni qancha miqdorda, necha yildan buyon iste’mol qilayotganligiga, ularning turiga bog‘iq boMadi. Ta’kidlash lozimki, Giyohvand moddalarni endigina qabul qila boshlagan bemor o‘zida paydo boMgan ruhiy qaramlikni darrov anglay olmaydi. U borib-borib, o‘zida yuzaga kelgan vaziyatga bog‘lanib qoladi. Giyohvandlikdan chiqib ketishning qiyinligi ham shundan iboratki, bemor ruhiy qaramlikdan tashqari, Giyohvand moddalar bilan bogMiq oldi-sotdilarga aralashib, jinoyat yoMiga kirib qoladi. Giyohvand moddalarni qabul qilib yurgan bemor uchun kundalik hayotdan qoniqmaslik, sababsiz urush-janjallar, jizzakilik, doimiy norozilik alomatlari va shuningdek, Giyohvand moddalarni topish haqida gap ochilganda, beixtiyoc jonlanishning paydo bo‘lishi xosdir. Download 67.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling