Marketingning vazifalari Marketing maqsadi ishlab chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va taklifni muvozanatiga erishgan holda uni tashkil etgan narx, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir.6 Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:
xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash;
narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
avvalo talab va taklif tugrisida olingan ma’lumotlar asosida bozorni urganish;
tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni sotib olishga kizikishini orttirish;
tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi narx tadqiqotlarini amalga oshirish uchun ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish;
tovarni bozoga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;
to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yigish;
tovarlarga bo‘lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iborat. Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potensial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish xamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.
1.2.1-rasm Marketingning vazifalari7
Marketing yoki tadbirkorlik faoliyati aniq natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Marketingni asosiy maqsadlari firmaning asosiy maqsadlari bilan o‘zaro aloqadordir. Firmaning asosiy maqsadlariga qo‘yidagilar kiradi:
bozorni egallash;
rentabellik;
moliyaviy barqarorlik;
ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;
bozordagi mavjud va prestijni tashkil etish va mustahkamlash.
1.2.1-jadval. Korxonaning asosiy maqsadi
Do'stlaringiz bilan baham: |