3 I bob. Yurtimiz hududidagi antik davrga oid moddiy madaniyatining o‘rganilishi


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 106.2 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi106.2 Kb.
#1528307
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'lkamizda antik davr me\'morchiligi va sanati (2) (2)

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof etilgach, tarixni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun tartibiga qo`yildi. Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi: 1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. Quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4. Kapitalizm davri. Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million yilga yaqinlasha boradi. Shu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan, tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi. O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyoga aholi eron va Shimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin qilinar edi. Quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib, so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining hayotida o`zgarish bo`lmagan, deb uqtirilar edi.
Bundan tashqari jamoat o`lkashunosligiga mustaqil ravishda tanga pullarni o`rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni o`rganuvchilar sfragistlar, tamg`a (gerb)larni o`rganuvchilar — geraldistlar, tosh, metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni o`rganadigan olimlar-epigrafistlar, eski asbob-uskunalar va qurol-aslaha hamda shu kabi narsalarni to`plovchilar ham uyushadi. Maktab o`lkashunosligi esa maktablarda tarix inson va jamiyat fani o`qituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o`lkashunosligining a`zolari V-X (XI) sinflarning eng intizomli va a`lochi o`quvchilaridan tuzilib, ular o`lka materiallarini to`rt guruhga bo`lingan holda to`playdilar.
To`plangan arxeologik, etnografik, toponimik va arxiv hujjatlari maktab o`lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi. Maktab o`lkashunosligi ta`lim-tarbiyani turmush, ishlab chiqarish, yangi jamiyat qurish tajribasi bilan uzviy bog`liq holda o`rganadi. O`qitish jarayonida o`lka materiallaridan o`rinli foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasi tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod qilishga bo`lgan qiziqishini orttiradi va kelgusi hayot yo`lini tanlab olishga yordam beradi.

Download 106.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling