3 I bob. Yurtimiz hududidagi antik davrga oid moddiy madaniyatining o‘rganilishi
Kurs ishining maqsad va vazifalari
Download 106.2 Kb.
|
O\'lkamizda antik davr me\'morchiligi va sanati (2) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ob’yekti va predmeti
- I BOB. YURTIMIZ HUDUDIDAGI ANTIK DAVRGA OID MODDIY MADANIYATINING O‘RGANILISHI 1.1. Antik davr madaniyati haqida tushuncha
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishi bo‘yicha tanlagan mavzuyimiz “O‘lkamizda antik davr me’morchiligi va san’ati” bo‘lib, asosiy maqsad O‘lkamiz tarixiga oid me’morchilik va san’at nam’unalarini o‘rganish va tahlil qilishdir. Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni belgilab olamiz:
Tarixiy qo‘lyozma va manbaalarni tahlil qilish; Antik davr topilmalarini o‘rganish; To‘plangan ma’lumotlar bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarish. Kurs ishining ob’yekti va predmeti: O‘lkamizda antik davrga oid me’morchilik va san’at kurs ishining predmetini tashkil etsa, mavzuni o‘rganishga xizmat qiluvchi yozma manbalar, tadqiqotchilarning asarlari obektini tashkil qiladi. Ishning tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat boʻlib, ishning umumiy hajmi 35 betni tashkil etadi. I BOB. YURTIMIZ HUDUDIDAGI ANTIK DAVRGA OID MODDIY MADANIYATINING O‘RGANILISHI 1.1. Antik davr madaniyati haqida tushuncha Antik iborasi lotincha «antigus» so‘zidan olingan bo‘lib, u qadimgi degan ma’noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo‘lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san’atini ta’riflash uchun qo‘llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta’riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o‘chog‘i, deb qabul qilinishida ramziy ma’no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo‘lib, ularning har biri qaysidir ma’noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan. Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o‘z navbatida jahon sivilizatsiya tarixida katta o‘ringa ega. Sharq sivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg‘ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi2. Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog‘liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Aleksandr Eron podshosi Doro III qo‘shinlarini tor-mor qiladi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Makedoniyalik Aleksandr Parfiya va Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona va viloyatlari bosib oladi. Makedoniyalik Aleksandr, Salavka davlatini, Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo-antik davrni vujudga keltiradi. Mil.av. III asrning o‘rtalarida Baqtriya va Parfiya Salavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi. Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo‘shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta’sir etgan bo‘lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o‘zgarishlarga olib kelmadi. Ammo, miloddan avvalgi 329-327 yillarda Aleksandrning O‘rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi. Lekin, ko‘zga tashlanarli o‘zgarishlar Amudaryodan shimoliy viloyatlarda faqat Salavkiylar davridan boshlanadi. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalariga kelib Baqtriyada Yunon-Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me’moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o‘lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo‘lishi o‘z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari –So‘g‘d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg‘onani ham chetlab o‘tmadi. O‘sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So‘g‘dda Afrosiyob, Erqo‘rg‘on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal’a, Ayozqal’a, Tuproqqal’a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg‘onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko‘zga tashlanadi3. Yunon-Baqtriya Sharqning yirik davlati sifatida 120 yildan ortiq (mil.av.250-128 yillar) vaqt yashadi. Yunon-Baqtriya davlatining asosini Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona erlari tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy jihatdan to‘q, shaharlari ko‘p, tabiiy boyliklari mo‘l hududlar edi. Yunon-Baqtriyaning ko‘plab yodgorliklari qadimgi davrga mansub bo‘lib, ularning asosiy qismi arxeologlar tomonidan o‘rganilgan. Baqtriyada –(Afg‘oniston qismida) Bagram, Baqtra, Oyxonum, Dalvarzin kabi; (Tojikiston qismida) Qabadshoh, Qayqabod, Ko‘hnaqal’a, (O‘zbekiston qismida) Dalvarzintepa, Dunyotepa, Jondavlattepa va boshqa ko‘plab qadimgi shahar xarobalari ochib o‘rganilgan. So‘g‘diyonada Yerqo‘rg‘on, Afrosiyob, Tali Barzu yodgorliklarining shu davrga oid madaniy qatlamlari, Marg‘iyonada Govurqal’a kabi shahar qoldiqlari tadqiq etilgan. Antik davrda Yunon-Baqtriyada dehqonchilik va chorvachilikdan tashqari kulolchilik sohasi yuksak darajada taraqqiy qilgan bo‘lib, bu davrda yasalgan kulolchilik buyumlarining olamda tengi yo‘q edi. Uyjoylar, shohona saroylar, ibodatxonalar hamda mudofaa inshoatlari qurilishda bu o‘lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko‘tarilgan. Bu davrda Baqtriya va So‘g‘d yozuvlari shakllanadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at, me’morchilik, zargarlik san’atida katta yutuqlarga erishiladi. Antik davr mualliflari Baqtriyani 1000 shaharli mamlakat, deb ta’riflaganlar. Yunon-Baqtriya aholisi zardushtiylik diniy e’tiqodida bo‘lib, mahalliy diniy tasavvurlar yunon mifologiyasi obrazlari bilan chatishib ketgan. Suvga, erga, quyoshga bo‘lgan hurmat va e’tiqod, xudolarga bo‘lgan (Mitra, Naxid...) e’tiqod bilan uyg‘unlashib ketgan. Ko‘chmanchi qabilalarning Yunon-Baqtriya erlariga kirib kelishi uni inqirozga uchratadi. 110 yilda yuechji qabilalari Yunon-Baqtriya erlariga kirib kelib, o‘z hukmronligini o‘rnatdi. Guyshan qabilasi yabg‘usi Kudzula Kadfiz boshqa qabila yabg‘ularini tobe etib, o‘zini hukmdor deb e’lon qiladi. Tarix sahnasiga shu tariqa Kushonlar davlati kelib, u uzoq muddat, milodning IV asrigacha hokimiyatga egalik qildi. Uning hududiy chegarasi Amudaryo qirg‘oqlaridan janubda Hindistonning janubiy rayonlarigacha tarqaldi. Kushonlar podsholigida shahar qurilishi, me’moriy-monumental, amaliy va tasviriy san’at, haykaltaroshlik rivojlandi. Buddaviylik diniy e’tiqodi davlat dini darajasiga ko‘tarildi. Budda va uning sanamlari (badisatva) ni haykallari bilan ibldatxonalarni bezash ruhiy va ma’naviy zaruratga aylandi. Dehqonchilik, uning asosi hisoblangan irrigatsiya inshoatlari barpo etish taraqqiy etdi. Bu ishlarning davlat tasarrufiga olinishi ko‘plab moddiy boyliklar yaratilishiga imkon berdi. Kushonlar davrida ichki va tashqi savdo kuchaydi. Buyuk Ipak yo‘li g‘arb va sharq xalqlarining hayotida katta rol o‘ynadi4. Kushonlar davrining katta ahamiyatga ega bo‘lgan yodgorliklaridan biri milodiy I asr boshlariga mansub bo‘lgan «Holchayon hokimining saroyi»dir. Holchayon saroyining kutish zalini qadimgi haykallar kompazitsiyasi egallagan bo‘lib, ularda turli etnoslarning qiyofalari o‘z aksini topgan. Shuningdek, saroyda ayonlar, kurash sahnasi, og‘ir gulchambarlarni ko‘tarib turgan bolalar haykallari, muzika asboblari tutgan ayol haykallari topilgan. Antik davr yodgorliklari Xorazm hududlaridan ham topib o‘rganilgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyati haqida ma’lumot beruvchi yodgorliklardan biri -Qo’yqirilgan qal’adir. Qo’yqirilgan qal’ada 1951-1957 yillarda arxeologik qazish va qidiruv ishlari olib borilgan. Bu yodgorlik qadimgi Xorazmning miloddan avvalgi IV –milodning I asriga mansub bo‘lgan shaharlaridan biri bo‘lgan. Shahar doira shaklidagi qal’adan iborat bo‘lib, u tashqi va ichki devorlar bilan o‘rab olingan. Arxeologlar 3 qavatdan iborat bo‘lgan mudofaa devori bo‘lganligini, tashqi devorning yuqori qismida kamonchilar uchun qilingan tuynuklar, aylana shaklida burjlar o‘rnini aniqlaganlar. Qal’ada kulolchilik rivojlangan idishlar sirtiga afsonaviy qushlar rasmi chizilgan. Ko‘plab idishlarda chopar ot ustidagi sipohiylar surati solingan. Tulpor ot tasviri esa ko‘plab uchraydi. Urug‘ totemlari bilan bog‘liq xususiyatlarni aks ettiruvchi arslon, jayron, tuya singari hayvonlarning suratlari solingan buyumlar keng tarqalgan. Download 106.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling