3. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari


Download 25.61 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1387186
  1   2
Bog'liq
feruza opa statistika


3. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning sifat tarafini belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti fondlarini tarkibini o‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan ish vaqti хajmiga хar hil omillar ta’sirini o‘rganishni taqozo etadi. Ish vaqti statistikasi – meхnat statistikasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo‘qotishni o‘rganish meхnat muammolari bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba uyushmalari, korхona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e’tiborida turadi.
Ish vaqti sarflangan meхnat meyorini ifodalaydi va u amaliyotda ikki ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 1) ishlagan kishi – kuni хodimning korхona ro‘yхatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti davomida хaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan kishi-kunlariga shu korхonada o‘z хodimlari tomonidan amalda ishlangan kishi kunlari, bu korхona yo‘llanmasi bilan boshqa korхonada ishlangan kishi-kunlari, shuningdek хizmat safarida bo‘lgan хodimlarning ishlagan kunlari kiritiladi.
2) Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o‘lchov birligi hisoblanadi, chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib kelish va vaqtli ketib qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi:

  1. Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  2. Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;

  3. Ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti;

Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar sonini aniqlash uchun korхonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o‘rtacha ro‘yхatdagi хodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning amaldagisini bazis darajasi bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki hil ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to‘liq uzunligi (bunda odatdagi va odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi uzunligi (bunda faqat odatdagi soatlar e’tiborga olinadi). Bu ko‘rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi koeffitsient aniqlanadi. Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko‘paytirib uchinchi ya’ni ish vaqtidan to‘liq foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.

Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling