3. Ishchi loyihalar turlari va ularni klassifikatsiyalash Ishchi loyihaning vazifalari va mazmuni


Download 21.07 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi21.07 Kb.
#1165318
  1   2   3
Bog'liq
26-МАЪРУЗА -МАТНИ




26-MA’RUZA
MAVZU:ISHCHI LOYIHALARNI TUZISHNING VAZIFALARI, MAZMUNI VA USULLARI



  1. Ishchi loyihaning vazifalari va mazmuni.

  2. Ishchi loyihalashning ob’ektlari va bosqichlari.

3. Ishchi loyihalar turlari va ularni klassifikatsiyalash
1.Ishchi loyihaning vazifalari va mazmuni.
Ishchi loyiha - bu o’z ichiga tashkiliy-hududiy, ekologik, ijtimoiy va texnik-iqtisodiy yechimlarni va qurilishi kapital xarajatlarni talab etadigan aniq lokal ob’ektlar bo’yicha smeta-moliya hisob-kitoblarini oladigan, yozma va chizma materiallardan iborat hujjatdir.
Yer tuzishda ishchi loyihalarning asosiy vazifalari yerlarni muhofazalashga va ularning unumdorligini oshirishga, qishloq xo’jalik yerlarining hududiy joylashishini yaxshilashga va ishlab chiqarish infratizimi elementlarini yaratishga, buning uchun zarur pul-moddiy, mehnat, mexanizatsiyalashgan resurslarni hisoblashga yo’naltirilgan to’la injenerlik, agrotexnik va texnologik aniq tadbirlar hisoblanadi. Ayniqsa belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun smeta-moliya xarajatlarini va ularning texnik-iqtisodiy samaradorliklarini aniqlash katta ahamiyatga ega.
Ishchi loyihalarni tuzish uchun asos bo’lib, oldin tuzilgan tuman yer tuzish chizmalari, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalari hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo’yicha boshqa bashoratlash-loyiha hujjatlari, aniq dala izlanishlari va qidiruvlari materiallari xizmat qiladi.
CHizmalar va xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalari bilan kuchli o’zaro aloqada bo’lib va ularning yakunlovchi davomi hisoblanib, ishchi loyihalar tarkibi va mazmuni bo’yicha judayam ahamiyatli printsipial farqlarga ega bo’lishadi: loyihalash ob’ektlarining yerdan foydalanishning ma’lum qismini egallaydigan maydoni bo’yicha nisbatan kichikligi; loyihani o’zlashtirish muddatining qisqaligi (bir-ikki yil); chuqurlashtirilgan dala izlanishlari, hududni o’rganish va yirik masshtablardagi topografik tasvirga olish; tadbirlar va loyihalash ob’ektlari turlari bo’yicha asoslangan smeta-moliya hisob-kitoblari.
Ishchi loyihalar tasdiqlangan topshiriq va loyihalash uchun texnik sharoitlar asosida, dala izlanishlari materiallari taxlilini hisobga olib va harakatdagi davlat standartlariga, qurilish me’yorlari va qoidalariga, tarmoqlarning me’yoriy hujjatlariga mos tarzda, fan va texnika yutuqlaridan maksimal foydalanib, namunaviy yechimlarni va maqsadga muvofiqligi amaliyotda tasdiqlangan loyihalardan takror foydalanishni maksimal qo’llab tuziladi.
Ishchi loyihalarni tuzishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi:
tuzilgan yer uchastkasidan hamda loyihalash ob’ekti atrofidagi yerlardan oqilona foydalanish va uni muhofazalash uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish;
ishchi loyihada ishlanayotgan yechimlarni yer tuzish chizmalarida, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki yer tuzish loyihalarida belgilangan tadbirlar bilan kelishtirish;
ishlanayotgan tadbirlarning injenerlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik asoslanganligi va ularning samaradorligi;
qishloq xo’jaligida foydalanishga yangi yerlarni ekologik jihatdan mumkin bo’lgan darajada o’zlashtirish;
qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun uchastkaning maksimal maydonidan foydalanish; noqishloq xo’jalik zaruratlariga yerlarni minimal sarflash;
ishlarni bajarishning ilg’or texnologiyalarini joriy etish.


  1. Download 21.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling