Havola: https://uzbekcoders.uz/register
Biz axir buyuk allomalarning vorislarimiz , bizdan ham Stiv Jobs , Bill Geyts , Mark Sukerberg kabi taniqli insonlar chiqishi kerak !!!
Men o'ylaymanki, bundan keyin shunday loyihalar soni ko'payadi. Va ular O'zbekistonda IT sohasining taraqqiyotiga juda ham katta hissa qo'shadi!!!
2.O'zbekistonda IT sohasining hozirgi kundagi holati va unga bo'lgan talab haqida.
O'zbekistonda IT sohasining holati haqida yurtdoshimiz Bobur Akilhanov so'zlab berganlar.
Bobur Akilhanov.
Bobur Akilhanovning aytishicha,O'zbekistonda IT sohasidagi malakali mutaxassislar tanqisligi uchraydi
Mana sizga bitta misol : hech o'ylab ko'rganmisiz, nega google, microsoft ,facebook o'zlarining kompaniya filiallari yurtimizda tashkil etilmagan ?
Bu savolga Bobur Akilhanov sodda javob berdilar :
Google ,Microsoft ,Facebook va hokazolar O'zbekistonda o'z korporatsiyalari filialini tashkil qildilar ham deylik. Lekin bu korporatsiyalarga IT sohasidagi soni jihatidan tashkil etadigan kadrlar qani ?
Javobga e'tibor bering , bu bilan Bobur Akilhanov "Bizda bunday kadrlar yo'q" demoqchi emaslar . Faqatgina ularning soni sezilarli darajada kam demoqdalar .
Chindan ham bu korporatsiyalarda minglab ishchilar ishlashini siz yaxshi bilsangiz kerak . Bizdan talab etilayotgan narsa faqatgina , yangi malakali kadrlar !!!
Mening fikrimcha ,hozir va bundan keyin ham bunday turdagi kadrlar soni keskin ravishda ortadi.
Tez orada bizda vaziyat butkul o'zgaradi !!! Chunki:
Hozirgi kunda IT sohasidagi kadrlarga talab kundan-kunga oshmoqda !!!
Bu esa yaxshi albatta .Yurtimizning qaysi ish joylaridan bo'sh ish so'ramang , ularda albatta IT mutaxassisi yetishmovchiligi oqibatida bo'sh ish o'rinlari talayginaligini ko'rishimiz mumkin . Shaxsan men bunday e'lonlarni oxirgi paytlarda ko'p uchratmoqdaman . Asosiy talab web dasturchilarga (Full stack , Front-end , back-end) , JS dasturchilarga (ReactJS , NodeJS) va albatta yana yuqori talab android , ios dasturchilarga(developer) bo'lib kelmoqda (Bu ma'lumotlarni maxsus saytlarda berilayotgan e'lonlarga asoslanib aytdim) . Misol uchun qaysi tashkilotlarga nazar solmang , ularning rasmiy web saytlari , mobil qurilmalar uchun ilovalari borligini ko'rishimiz mumkin . Bu esa albatta web dasturchilar hamda mobil dasturchilarga bo'lgan talabni keltirib chiqaradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |