3. kadrlar tayyorlashning milliy modeli
Download 19.71 Kb.
|
Kadrlar tayyorlash milliy modeli
3.2. DAVLAT VA JAMIYAT
Davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash bо‘yicha ta’lim muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi: Fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va о‘z malakasini oshirish huquqlari rо‘yobga chiqarilishiga; Majburiy umumiy о‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yо‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishga; Davlat grantlari yoki pullik-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga; Davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; Ta’lim oluvchilarning о‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; Ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashga; Sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bо‘lgan shaxslar ta’lim olishiga kafolat beradilar. Download 19.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling