3-klass triangulyat
II BOB MURUNTOG’ KONIDA GEODEZIK O’LCHASH ISHLARI HAQIDA
Download 1 Mb.
|
jas jan
II BOB MURUNTOG’ KONIDA GEODEZIK O’LCHASH ISHLARI HAQIDA.
2.1 Muruntog’ oltin konining geodezik asoslari.Geografik o’rni. Muruntog’ koni Muruntog’ ma’danli maydonining janubiy – sharqiy qismida, Tomdi tog’ining janubiy tizmasida joylashgan, ma’muriy jihatdan Navoiy viloyati, Tomdi tumaniga qaraydi. Maydon pasttepaliklardan iborat, mutloq balandliklar +460 dan +550 m. gacha. Relef kuchsiz parchalangan, doimiy suv havzalari yo’q. Maydon yuzasi qalinligi 200 – 300 m qalinlikdagi mezokaynozey yotqiziqlari bilan qoplangan. Hudud seysmik mintaqaga kiradi. Iqlim keskin kontinental, qurg’oqchil, yillik o’rtacha yog’in miqdori 100 mm. Yoz davomli, issiq kunduzi harorat +450 +480 ni tashkil qiladi. Qish qisqa, lekin sovuq bo’ladi, ba’zi yillarda past harorat - 300 -350 gacha tushib ketadi. O’rtacha yillik harorat +60. Muruntog’ qo’rg’onini xo’jalik texnik maqsadlar uchun suv bilan ta’minlash maqsadida 20 km sharqdagi Tasquduq yer osti suv havzasidan quvurlar orqali suv keltirilgan. Zarafshon shahriga esa Amudaryodan diametri 1220 mm lik quvurlar orqali ikkita tarmoqda suv keltirgan. Zarafshon shahridan “Muruntau” kareriga va oltin boyitish kompleksiga 40 km masofada 470 mm diametrli suv quvurlari o’tkazilgan. Eng yaqin aholi maskanlari: tuman markazi. Tomdibuloq 40 km shimolda, Zarafshon shahri 40 km g’arbda va Navoiy shahri 210 km janubiy – sharqda. Elektr ta’minoti 110 kV lik Navoiy Zarafshon davlat EUT dan ta’minlanadi. Aloqa yo’llari: Navoiy – Zarafshon – Uchquduqdagi qattiq qoplamali aeroport, Tomdibuloqdagi gruntlangan aerodromlari kiradi. Zarafshon va Uchquduq aeroportlar bilan Toshkent va Navoiy shaharlari bilan avialiniyalar hamda avtobus qatnovlari yo’lga qo’yilgan. Muruntog’ konini mufassal qidirish ishlari 1969 yilda yakunlanib, konning Oltin zahiralari bo’yicha dunyodagi yirik konlar qatoriga kirishi aniqlangan. Muruntog’ konini NKMK MKB tomonidan eksplutasiya qilish davomida konning chuqur qatlamlarida Muruntau GBG tomonidan izlash va razvedka qilish ishlari olib borildi. 1970 – yilga kelib Qizilqum GQE tomonidan razvedka qilish davrida Sharqiy, Yangi va Myutenboy konlari topildi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling