3-klass triangulyat


Kirish Oliy geodeziya haqida tushuncha


Download 1 Mb.
bet2/15
Sana13.12.2022
Hajmi1 Mb.
#1000694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
jas jan

Kirish
Oliy geodeziya haqida tushuncha
Oliy geodeziya fani Yerning rasmini, o‘lchamlarini va yer gravitatsion maydonini aniqlash, davlat geodezik tayanch to‘rlarini (tarmoq) barpo etish, geodinamik hodisalarni o‘rganish, hamda Yer ellipsoid yuzasida va fazoda geodezik masalalarni yechish bilan shug‘ullanadi. Oliy geodeziyaning vazifasi ikkiga bo‘linadi: – ilmiy vazifaga; – ilmiy-texnik vazifaga. Oliy geodeziya va unga turdosh fanlar (gravitatsiya, kosmik geodeziya va astronomiya)ning asosiy ilmiy vazifasi Yer figurasining (rasmining) parametrlarini (uning o‘lchamlarini), tashqi gravitatsiya maydonini va ularning davriy o‘zgarishini aniqlashdan iborat. Hozirgi vaqtda oliy geodeziyada Yer figurasi deganda, Yerning fizik yuzasi bilan chegaralangan figura tushuniladi, ya’ni uning quruqlikdagi qattiq qobig‘ining yuzasi va o‘zaro tutash dengiz va okeanlar suv sathining tinch holatdagi yuzasi bilan chegaralangan figurasi tushuniladi. Yerning gravitatsion maydoni deganda, Yerning sutkali aylanishi tufayli hosil bo‘lgan markazdan qochma va tortishish kuchlariga teng ta’sir etuvchi og‘irlik kuchlarining maydoni tushuniladi. Yerning gravitatsion maydonini va boshqa fizik maydonlarini o‘rganish aslida geofizikaning muammosi hisoblanadi. Lekin Yer figurasining parametrlari va Yer gravitatsiya maydoni, Yer sun’iy yo‘ldoshi orqali astronomo-geodezik, gravimetrik va boshqa o‘lchashlarni kompleks qayta ishlash natijasida aniqlanadi va birgalikda oliy geodeziyaning ko‘plab masalalarini yechishda foydalaniladi. Yer gravitatsiya maydonini o‘rganish geodeziyaning asosiy ilmiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Yer ostida va uning yuzasida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar ta’sirida, litosfera plitalari sekin siljiydi, yer qobig‘ida elastik kuchlanish sodir bo‘ladi, yer silkinishi yuzaga keladi, yer yuzasi sekin-asta deformatsiyalanadi, shunisi e’tiborliki, bu jarayonlar turli hududlarda turlicha bo‘ladi, Yer qutblarining holati, uning gravitatsiya maydoni, aylanishining burchak tezligi va h.k.lari o‘zgaradi. Bularning barchasi geodezik tarmoqlar punktlarining koordinatasini va balandligini aniqlashga va ularning vaqt o‘tishi davomida o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun eng yuqori aniqlikda geodezik o‘lchashlarni ta’minlashni talab etuvchi turli-tuman masalalarni yechishda yerni planeta kabi o‘rganish zarurati tug‘iladi. Shu munosabat bilan oliy geodeziyaning eng muhim ilmiy vazifasiga yer yuzasining deformatsiyasining sonli xarakteristikasini geodezik usulda aniqlash, yer qobig‘i ulkan bloklarining asriy ko‘tarilishini va tushishini o‘rganish hamda litosfera plitalarini siljish qonuniyatlarini, Yer qutblari harakatini aniqlash va hisobga olish va uning aylanish burchak tezligi o‘zgarishini aniqlash, seysmoaktiv hududlarda yer silkinishini oldindan bashorat qilish maqsadida yer yuzasi va dengiz, okeanlar sathiy yuzalari farqlarini va h.k.larni aniqlash va o‘rganishdan iborat. Oliy geodeziya va unga turdosh bo‘lgan fanlarning asosiy ilmiy texnik vazifasi global (umumer) va milliy (davlat miqyosida) yuqori aniqlikdagi tayanch geodezik tarmoqlarni barpo etishdan iborat. Milliy tayanch tarmoqlarini quyidagilar tashkil etadi: Davlat geodezik asosiy, ko‘pchilik holda planli tarmog‘i deb ataluvchi, davlat nivelirlash tarmog‘i (balandlik) va davlat gravimetrik tarmog‘i. Bu tarmoqlar bir-biri bilan o‘zaro juda yaqin bog‘liqlikga ega, ular biri-birini to‘ldiradi va ulardan birgalikda foydalanib bajariladigan kompleks astronomo-geodezik va gravimetrik o‘lchash ishlari punktlarning aniq koordinatalarini va balandliklarini aniqlash, hamda mamlakat hududida gravitatsiya maydoni va Yerning shaklini xarakterlovchi parametrlarini aniqlash imkonini beradi. Oliy geodeziya to‘xtamasdan rivojlanmoqda va takomillashmoqda. U Yer shakli nazariyasi, gravimetriya, geodeziya, astronomiya, kosmik geodeziya kabi ilmiy fanlar bilan birgalikda uzviy bog‘liq holda rivojlanmoqda. Oliy geodeziya kursi uchta asosiy bir-birini to‘ldiruvchi fanlardan tashkil topgan: «Asosiy geodezik ishlar», «Sferoidik geodeziya» va «Nazariy geodeziya»: «Asosiy geodezik ishlar» bo‘limida bir xilda bo‘lmagan Yer gravitatsiya maydonida tayanch geodezik tarmoqlarini barpo etish, barpo etish usullarini ishlab chiqish, tarmoqlarni loyihalash va joylarda mahkamlash turli tarkibdagi yuqori aniqlikdagi geodezik o‘lchash usullarini va asboblarini yaratish, o‘lchashdagi xatoliklar manbasini va ularni ta’sir etishni hisobga olish usullarini, Yer gravitatsiya maydonining bir xil emasligini va Yer yuzasining egriligini hisobga olgan holda o‘lchash natijalarini matematik qayta ishlash usullarini yaratish masalalari ko‘riladi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling