3-klass triangulyat
Download 1 Mb.
|
jas jan
Geologik tavsif
Kon maydoni murakkab geologik tuzilish, yirik burmalangan strukturalar, har xil tektonik buzilmalar, turli tarkibli daykolar keng tarqalgan hudud hisoblanadi. Stratigrafiya Ma’danli maydonning geologik tuzilishi shartli ravishda dopoleozoy, poleozoy, bo’r va to’rtlamchi yotqiziqlardan tarkib topgan. Yotqiziqlar ikkita yirik svitaga ajratilgan: Tasqazgan va Besopan. Tasqazgan svitasi. Ma’danli maydonning g’arbiy qismida joylashgan. Kon hududida svita yotqiziqlari Besopan svitasining ostida yotishi aniqlangan. Svita yotqiziqlari tarkibi mikrokvartsitlar, turli slanetslar, dolomitlar, ohaktoshlar orasida teskari linzasimon ko’rinishda uchraydi. Svitasining umumiy qalinligi 2000 – 2500 m atrofida. Besopan svitasi yotqiziqlari Tasqazgan svitasining ustida nomuvofiq burchak ostida joylashgan. O’zining terrigen tarkibi va lotostratigrafik belgilari kompleksiga ko’ra to’rtta tagsvitaga ajratilgan. Birinchi tagsvita – yotqiziqlarning quyi chegarasi kremneyli – dolomitlar, jinslarning linzasimon qatlamlari bilan chegaralanadi. Tagsvitaning litologik tarkibi mikrokristalli muskovit – albit – kvartsli va uglerod – seritsit – xlorit – albit – kvartsli slanetslar, linzali kvartsitlar va dolomitlardan iborat. Birinchi tagsvitaning qalinligi 1000 – 1500 m gacha. Ikkinchi tagsvita. Tog’ jinslari vertikal qirqimining boshlanishida 200 – 300 m gacha yirik qatlamli uglerodli – kremniyli – kvartsli qumtoshlar va alevrolitlar takrorlanadi. Bu qismda mayday donali kvartsli grovelitlarning linzasimon qatlamchalari uchraydi. Kesimning qolgan qismlarida qumtosh, alevrolit va argillit qatlamlari ritmik joylashgan. Tagsvitani qalinligi 800 m. Uchinchi tagsvita – shartli ravishda olachipor Besopan deb nomlangan (Varonkav va b. 1975). Qumtoshlar, fillatlar va alevrolitlarni notekis qatlamlaridan tuzilgan, ba’zida kremniy – kvartsli, grafiyli qumtoshlarning linzalari duch keladi, ularning qalinligi 0,5 m. Kvartsitlar ko’proq qirqimning quyi chegarasida va tepasida yaqin qatlamlarda uchraydi. Yirik qalinlikdagi va uzunlikdagi tanalar (30x1500) kesimning pastki qismida kuzatiladi. Tagsvitada tog’ jinslarining siljish amplitudasi katta. Tog’ jinslari oksidlanish zonalarida yorug’ – “Olachipor” ranglar spektri ko’rinishini beradi. Tagsvitaning qalinligi 1100 – 1200 m deb belgilangan. To’rtinchi tagsvita tog’ jinslari komor shaklida har xil kenglikka ega bo’lgan holda karbonatli tizmalar va massivlar ko’rinishida uchraydi. Tagsvitaning yuqori qatlamlari deven bilan balzotli kvarts – gravelit qatlami bilan nomuvofiq chegaralangan. To’rtinchi tagsvita yotqiziqlari tarkibi qumtoshlar, alevrolitlar va fillitli slanetslardan iborat bo’lib och kulrang va yashilsimon tovlanadi (shuning uchun “yashil besopan” deyiladi). Tagsvitaning qalinligi 900 – 1000 m. Devon yotqiziqlari – besopan to’rtinchi tagsvitasining ustida nomuvofiq holda joylashgan. Quyi qismi karbonatli jinslar va qalinligi 1 m atrofida bo’lgan kremniy – kvartsli gravelitlar, kesimning yuqori qismi ohaklashgan qumtoshlar, alevrolitlar, mergellar, ohaktoshlar va dalomitlardan tarkib topgan. Devon yotqiziqlarining umumiy qalinligi 750 – 850 m. Mezokaynozoy yotqiziqlari – Tomditov tog’ining janubiy etaklarida reng tarqalgan. U turon, quyi va yuqori senon, quyi va yuqori paleotsen, eotsen va yuqori oligotsen – quyi miotsen yotqiziqlariga ajrtilgan. Yotqiziqlar qumtoshlar, gillar, ohaktoshlardan tarkib topgan. Kaynozey yotqiziqlari guruhi – yotqiziqlar tarkibi yirik donali kuchsiz tsementlashgan kvartsli qumtoshlar, chig’anoqli toshqatmalardan iborat. Qalinligi 20 m dan 30 m gacha o’zgarib turadi. Birinchi ma’dan uyumi konning g’arbiy va shimoliy – g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, meridional va shimoliy – sharqiy razlomlar bilan chegaralangan. Bu ma’dan uyumi o’lchami bo’yicha kondagi eng katta uyum bo’lib, sanoat talabiga javob beradigan ma’danlar 1200 – 1300 m cho’zilgan, kengligi 400 – 750 m ni tashkil etadi, chuqurligi 700 m ga yetadi. Ikkinchi ma’dan uyumi konning shimoliy – janubiy qismida joylashgan bo’lib, g’arbdan meridional razlomi, janubiy – sharqdan ikkinchi shimoliy – sharqiy razlom bilan chegarangan. Uyumining qalinligi o’z yo’nalishi (800 – 1000 m) bo’yicha 15 – 25 m dan 280 m gacha o’zgarib boradi, chuqurligi bo’yicha o’zgarmaydi. Sanoat talabiga javob beradigan rudalar 750 – 1000 m chuqurlikda joylashgan. Uchinchidan ma’dan uyumi konning janubiy – sharqiy qismida joylashgan bo’lib, bir – biridan meridional va ikkinchi shimoliy – sharqiy razlomlar bilan ajratilgan. Kon uyumi 1100 – 1300 m masofada 350 m chuqurlikgacha cho’zilgan. Qalinligi 15 – 150 m ni tashkil etadi. Konning morfologik xususiyati ruda uchun o’rnatilgan konditsiyaga bog’lik. Ma’dan uyumlari ichidagi rudalaninsh bir tekis emas. Konning balans zahirasini hisoblash uchun qabul qilangan rudalanish koeffitsienti – 0,74. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling